Birinchi bosqichda:
mansabga nomzod bo‘lgan shaxslar haqida ma’lumot to‘plash;
mutaxasislarni o‘z ishini bajara olishini tekshirish;
mansabga har xil nomzodlarni qo‘yib, solishtirish tahlilini o‘tkazish va tanlash;
mansabga tayyorlash;
tekshirish uchun sinov o‘tkazish muddatini aniqlash.
Ikkinchi bosqich - ishchilarni yollash - huquqiy ishga olish. Kichik korxona bilan ishlovchilari o‘rtasidagi munosabatni Mehnat qonunlari boshqaradi.
Bunday huquqiy xujjatlarga:
mehnat va jamoa shartnomalari;
ish vaqtini va dam olish vaqtini renglamentlash (ishlab chiqish);
kafolat va mehnat axloqi; mehnatni muxofaza qilish;
kasaba uyushmalari; mehnat nizomlari; ish haqi haqidagi ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oluvchi mehnat qonunlari to‘g‘risidagi kodeks kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |