D. A. Mamatqulov bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari


Bola  qad-qomati  normal  shakllanishi  uchun  quyidagi  gigiena



Download 3,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/187
Sana29.12.2021
Hajmi3,07 Mb.
#82154
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   187
Bog'liq
Bolalar anatomiyasi

Bola  qad-qomati  normal  shakllanishi  uchun  quyidagi  gigiena 
qoidalariga  amal qilish kerak. 
Bolani yoshligidan tekis va bir oz qattiqroq o‗rindiqda uxlatish kerak. Bolani 
6  oylik  bo‗lgunicha  o‗tqazmaslik,  10  oylik  bo‗lguncha    oyog‗ida  uzoq  vaqt  tik 
turg‗azmaslik  kerak,  chunki  bu  yoshdagi  bolalarning  umurtqa  pog‗onasi,  oyoq 
suyaklari  egiluvchan  bo‗lganligi  sababli,  tana  massasini  ko‗tara  olmasdan, 
egrilanib qolishi mumkin.
 
4-5 yoshgacha bo‗lgan bolalarni katta odamlar uzoq vaqt 
qo‗lidan  yetaklab  yurmasligi  kerak,  chunki  bolaning  bir  tomoni  yuqoriga 
ko‗tarilishi tufayli umurtqa pog‗onasi egrilanib qolishi mumkin. 
Kichik  yoshdagi  bolalar,  boshlang‗ich  sinf  o‗quvchilari  uzoq  vaqt  bir  joyda 
o‗tirmasligi,  tik  turmasligi,  uzoq  masofaga  yurmasligi,  og‗ir  buyumlarni 
ko‗tarmasligi,  doim  faqat  birqo‗lida  ish  bajarmasligi  kerak.  Bularning  barchasi 


73 
 
bolaning  umurtqa  pog‗onasi  va  oyoq  suyaklari  egrilanib  qolishiga,  qad-qomati 
buzilishiga sabab bo‗ladi. 
Bolalar  va  o‗quvchilar  bo‗ylariga  mos  parta,  stol-stulda  o‗tirishlari  kerak. 
O‗quvchilar parta, stol-stulda o‗tirganlarida gavdasi tik, yelkalari bir tekisda, beli 
stul suyanchig‗iga suyangan holda, oyoqlari tizza bo‗g‗imida to‗g‗ri burchak hosil 
qilib  bukilgan,  oyoq  kaftining  hamma  yuzasi  polga  baravar  tegib  turgan,  ko‗krak 
bilan parta qirrasi orasidagi masofa 10 smga yaqin bo‗lishi kerak.  
O‗quvchilarni  partaga  o‗tqazishda  bo‗yni  parta  raqamiga  moslash  zarur. 
Bo‗yi eng past bola 110sm, novchasi 179-180sm bo‗ladi. Barcha o‗quvchilar 5 ta 
bo‗y  guruhiga bo‗linadi.  Parta    raqamlari  ham  6  dan 12  gacha  bo‗ladi.  O‗quvchi 
partada  to‗g‗ri  o‗tirganda  qorin  va  ko‗krak  bo‗shlig‗idagi  organlari  qisilmaydi,  u 
bemalol nafas oladi, suyak-muskul apparatiga yuk kam tushadi, ko‗zi zo‗riqmaydi. 
Bolalarda  sinf  taxtasiga    qaraganda  boshni  faqat  bir  tomonga  engashtirish  odati 
borligi  tufayli  har  bir  o‗quv  choragida  o‗quvchilarni  partalarning  bir  qatoridan 
ikkinchisiga ko‗chirish tavsiya qilinadi. 
Yassioyoqlik.  Odam  tovon  kaftining  pastki  qismi  tayanch-harakat 
sistemasining ressori vazifasini bajaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, og‗ir yuk 
ko‗targanda,  tor  poyafzal  kiyganda  oyoq  panjasi  gumbazi  yassilanadi,  natijada 
yassioyoqlik  kelib  chiqadi.  Yassioyoqlik  natijasida  oyog‗ining  tovon-  panja  va 
boldir  muskullarida  og‗riq  bo‗ladi.  Yassioyoqlik  tug‗ma  va  hayotda  orttirilgan 
bo‗ladi.  Yassioyoqlikning  tug‗ilgandan  keyin  yuzaga  kelishi  sabablari 
quyidagilardan iborat: bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurg‗izish, 
uzoq  vaqt  tik  turg‗izish,  yosh  bolaga  poshnasi  yumshoq  poyabzal  kiygizish, 
o‗quvchilarning  kun  bo‗yi  poshnasiz  sport  poyabzalida  yurishi,  poshnasi  baland, 
uchi  tor  poyabzallarni  kiyish,  og‗ir  yuk  kutarish.  Shularni  hisobga  olib, 
yassioyoqlikni oldini olishga e‘tibor berish kerak.  

Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish