D. A. Mamatqulov bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari



Download 3,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/187
Sana29.12.2021
Hajmi3,07 Mb.
#82154
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   187
Bog'liq
Bolalar anatomiyasi

Muskullarning  ishi.  Muskullarning  qisqarishi  bilan  tanada  ma‘lum  bir 
funksiya  bajariladi.  Sklet  muskullarning  ishi  ikki  xil  bo‗lib:  statik  va  dinamik 
turlarga  ajratiladi.  Muskulning  statik  ishi  natijasida  odam  tanasi  va  uning  ayrim 
qismlari  ma‘lum  vaqt  davomida  zarur  bo‗lgan  vaziyatni  saqlagan  holda  turishi 
tushiniladi.Masalan: tik turish, qo‗lni oldinga yoki orqasiga ko‗tarib turish kabilar 
misol  bo‗ladi.  Muskul  dinamik  ish  bajarganda  esa  odam  tanasi  va  uning  ayrim 
qisimlari turlicha ish bajaradi. Masalan bularga yurish, yugurish, gapirishlar kiradi. 
Muskullarning  ishi  ergograf  asbobida  aniqlaniladi.  Muskullarning  ishi  va  kuchi 
uzunligiga  bog‗liq.  Muskul  kuchi  shu  muskul  tolalari  yig‗indisining  ko‗ndalang  
kesigi  diametriga  to‗g‗ri  proporsional  bo‗ladi,  ya‘ni    muskul  ko‗ndalang 


69 
 
kesimining  diametri  qancha  katta  bo‗lsa,  muskul  shuncha  kuchli  bo‗ladi.  Muskul 
ishi  yuk  og‗irligi  yetarli  bo‗lganda  juda  yuqori  bo‗ladi,  yuk  me‘yoridan  ortganda 
esa  muskulning  ish  qobiliyati  pasayib  ketadi.  Jismoniy  mehnat  va  sport  bilan 
shug‗ullanib  turilganda  muskul  tolalarining  yo‗g‗onligi  va  kuchi  orta  boradi.  8-9 
yoshda  muskul  kuchi  ancha  tez  ortadi,  9  yoshdan  12  yoshgacha  bir  qadar 
sekinlashadi.  O‗smirlarda  balog‗atga  yetish  davrida  muskullar kuchi  tez ortadi  va 
turlicha  rivojlanadi.  5-6  yoshda  yelka  va  bilak  muskullari,  6-7  yoshda  panja 
muskullari,  9  yoshdan  boshlab  boshqa  barcha  muskullar  kuchi  ortib  boradi. 
Muskullar  kuchining  ortib  borishi  mashq    qilishga  bog‗liq.  Qizlarda  muskullar 
kuchi  birmuncha  kam  bo‗ladi.  Mashqlar  ta‘sirida  muskullar  massasi  ham  orta 
boradi,moddalar  almashinuvi,  ayrim  organlar  faoliyati  kuchayadi,  natijada 
organizm yaxshi o‗sadi va rivojlanadi. 
Muskul harakatlarning tezligi va chidamlilik xususiyatlari. Harakat tezligida 
muskullar qisqarishining yashirin davri katta ahamiyatga ega. 7-8 yoshar bolalarda 
oddiy  harakat  refleksining  yashirin  davri  11-12  yoshar  bolalardagiga  nisbatan 
yuqori.Bola jinsiy balog‗atga, ya‘ni 14-15yoshga yetganda muskullar chidamliligi 
kamayadi,  harakat  aktivligi  esa  35%  ortadi.  Qizlar  bir  kecha-kunduzda  o‗g‗il 
bolalarga qaraganda kam harakat qiladi. 
Bahor,kuz  oylariga  qaraganda  qishda  aktivlik  30-45%  kamayadi.  Bola 
maktabga  borganda  harakat  aktivligi  ikki  marta  kamayadi.  Shuning  uchun  ham 
tashkiliy ravishda bolalarni albatta jismoniy mashiqlar bilan shug‗ullantirish zarur.  
Qo‗l panjasi muskullari oyoq muskullariga qaraganda vaqtliroq rivojlanadi. 
8  yoshda  qo‗l  panjasi  muskullari  juda  tez  harakatlarni  bajara  boshlaydi. 
Bo‗g‗imlarda muskul harakatlari tezligi 12-13 yoshdan ortadi. Muskul harakatlari 
tezligining ortib borishi nerv sistemasining labilligiga, qo‗zg‗alish va tormozlanish 
jarayonlari 
almashinishning 
o‗zaro  aloqadorligiga  va  nerv  jarayonlari 
harakatchanligiga  bog‗liq.  7-8  yoshar  bolalarda  muskullar  qisqa  muddat  ichida 
nozik  harakatlarni  chaqon  bajara  olmaydi.  Chaqqonlik  bolada  asta  sekin  hosil 
bO‗ladi  va  yosh  kattalashishi  bilan  ortib  boradi.  Aniq  uyg‗unlashgan  nozik 


70 
 
harakatlar  qilish  kO‗nikma  hosil  bo‗lishiga  bog‗liq.  Jismoniy  mashqlar  harakat 
tezligi  va  chaqqonlikni  orttiruvchi  omillardan  hisoblanadi.  20-30  yoshlarda 
muskullar  qisqarishining  yashirin  davri  qisqaradi.  30  yoshdan  so‗ng  uzayadi  va 
harakat  tezligi  kamayadi.  Bolalarda  chaqqonlik  rivojlanishining  3  bosqichi 
kuzatiladi.  Birinchi  bosqichi  harakatlarning    fazoda  aniq  bo‗lishi,  ikkinchisi  turli 
vaqtlarda  bajarilgan  harakatlarning  aniqligi  va  uchinchisi  harakat  davomida 
tasodifiy harakatlarga javob tezligi bilan ifodalanadi. 
 Yosh ulg‗aygan sayin chidamlilik ortib boradi, lekin u bir tekisda bo‗lmaydi. 
8-10  yoshar  qiz  va  o‗g‗il  bolalarning  chidamliligi  bir  xil  bo‗ladi.  12-15  yoshda 
ayniqsa  o‗g‗il  bolalarda  ortadi.  14  yoshdagi  bolalarning  chidamliligi  katta 
odamnikiga nisbatan 70%,16 yoshda 80%ni tashkil etadi. 
Shunday  qilib,  bolalarda  8  yoshdan  11-12  yoshgacha  yurish,  yugurish, 
sakrash,  uloqtirish  va  harakat  sifatlari  rivojlanishi  davom  etadi.  12  yoshdan  16 
yoshgacha  tik    turish  va  yurishni  ta‘minlovchi  skelet  muskullari  ancha  tez 
rivojlanadi.  14-16  yoshda  muskullar  bilan  birga  bo‗g‗im,  bog‗lam  apparati 
rivojlanib boradi. 

Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish