Sonning orqa tomonidagi muskullar. Sonning ikki boshli muskuli chekka
tomonda joylashgan. Uzun boshi o‗tirg‗ich do‗ngchasidan, kalta boshi son
suyagining g‗adir- budurligidan boshlanib, ikkala boshi birlashib turadi va pastda
kichik boldir suyagining boshidagi cho‗qqiga birikadi. Bu muskul qisqarganda,
chanoq-son bo‗g‗imini yozishda, tizza bo‗g‗imini bukishda ishtirok etadi.
Yarim parda muskul keng payi bilan o‗tirg‗ich do‗ngchasidan, son
suyagining orqa tomonidan boshlanib, katta boldir suyagining orqa tomoniga va
tizza bo‗g‗imi xaltachasiga birikadi. Bu muskul qisqarganda chanoq-son
bo‗g‗imini yozishda, tizza bo‗g‗imini bukishda ishtirok etadi. Sonning ikki boshli
muskuli tizza bukilgan holatda oyoqni tashqi tomonga, yarim pay va yarim parda
muskullar ichki tomonga buradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |