Dumbaning katta muskuli dumg‗azadan, dum suyagidan, yonbosh
suyagining orqa yuzasidan boshlanib, sonning katta do‗ngchasiga keng fassiya
bilan birikadi. U eng baquvvat yozuvchi muskul bo‗lib, chanoq-son bo‗g‗imida
sonni yoki gavdani yozadi. Bu muskul tepalikka ko‗tarilish, chopish, sakrash
xarakatlarida muhim ahamiyatga ega.
Dumbaning o„rta muskuli dumbaning katta muskuli tagida joylashgan
bo‗lib, yonbosh suyagining tashqi yuzasidan boshlanadi va sonning katta
do‗ngchasiga birikadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |