PASTKI KAMAR MUSKULLARI
Pastki kamar muskullari, asosan, 2 gururga: chanoq kamari va oyoq
muskullariga bo‗lib o‗rganiladi.
Chanoq kamari muskullari chanoqni ichki, tashqi tomondan o‗rab olgan
bo‗lib, son suyagining yuqori uchiga birikadi. Bu muskullar kuchli paylar
yordamida umurtqa pog‗onasiga birikkan bo‗lishi bilan yelka kamari
muskullaridan farq qiladi. Bular chanoq-son bo‗g‗imini har tomondan o‗rab olib,
shu bo‗g‗im harakatida faol ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |