Nafas olish gigienasi. Nafas olish gigienasi deganda, tug‗ri nafas olishni
ta‘minlash tushuniladi. Nafas jarayonida atmosfera havosi burun bo‗shlig‗iga kirib
isiydi, namlanadi, changdan tozalanadi. Burun bo‗shlig‗ida tukchalarning bo‗lishi
bunga yordam beradi. Demak burun bilan nafas olish gigienik jixatdan maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Og‗iz bilan nafas olganda kalla suyagining yuz qismi va
ko‗krak qafasi rivojlanishida kamchiliklar yuz beradi. Tez-tez shamollash xalqum
va traxeyaning shilliq qavatining yallig‗lanishiga olib keladi. Ammo gapirganda,
qo‗shiq kuylaganda og‗iz bilan nafas olishga majbur bo‗linadi. Shuning uchun
ashula darslari o‗tkaziladigan xonalar ozoda, havosi esa iliq bo‗lishi kerak.
Bolalarga tug‗ri nafas olishni o‗rgatish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |