Siydik yo„li. Siydik yo‗li diametri 4-5 mm, uzunligi 30 sm bo‗lgan naydir. U
buyrak jomining davomi bo‗lib, buyrakdan siydik pufagigacha davom etadi va
orqa tomondan kelib unga tutashadi. Siydik yo‗lining devori 3 qavatdan: ichki -
shilliq, o‗rta - muskul va tashqi - seroz qavatdan tuzilgan. Muskul qavat ichkisi
uzunasiga yo‗nalgan, tashqisi xalqasimon yo‗nalgan muskul tolalaridan tuzilgan.
Muskul qavatning qisqarishi natijasida siydik buyrak jomidan siydik pufagiga
o‗tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |