D. A. Mamatqulov bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari



Download 3,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/187
Sana29.12.2021
Hajmi3,07 Mb.
#82154
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   187
Bog'liq
Bolalar anatomiyasi

        Gipofiz bezi. Bu no‗xatsimon, massasi 0,5-0,6 g ga teng bo‗lib, bosh miyaning 
ostki  sohasida,  kalla  suyagining  turk  egatchasi  deb  atalgan  qismida  joylashgan. 
Gipofiz  oldingi,  oraliq  va  orqa  bo‗laklardan  tashkil  topgan.  Gipofizning  oldingi 
bo‗lagidan  olti  xil:  somatotrop,  adrenokortikotrop,  tireotrop,  gonodotrop,  laktotrop, 
lyutenlovchi gormonlar ajraladi. 
        Somatotrop  gormoni  bolalar  va  o‗smirlarning  o‗sishini,  rivojlanishini, 
organizmda  oqsillar  sintezlanishini  boshqaradi.  Agar  bolalar  va  o‗smirlarda  bu 
gormon  ko‗p  ishlab  chiqarilsa,  bo‗y  normadan  ortiq  o‗sib  gigantizm  rivojlanadi. 
Agar  bu  gormon  kamroq  ishlab  chiqarilsa,  bo‗yiga  o‗sish  sekinlashadi,  bu  nanizm 
yoki    gipofizar  pakana  deb  ataladi.  Ularning  bo‗yi  past  bo‗lsa  ham  aqliy  faoliyati 
normal  bo‗ladi.  Bo‗y  o‗sishi  to‗xtagan  katta  odamlarda  somatotrop  gormoni  ko‗p 
ishlab chiqarilsa, akromegaliya kasalligi sodir bo‗ladi. Bunda odamning burni, labi, 
iyagi, tili, qo‗l va oyok panjalarining xajmi kattalashadi. 
        Adrenokortikotrop  gormoni    buyrak  usti  bezining  ishini  boshqaradi,  ya‘ni 
kortikosteroid gormonlari ishlab chiqarilishini tartibga soladi.  
        Tireotrop  gormoni  qalqonsimon  bezning  ishini,  ya‘ni  undan  ajraladigan 
tiroksin gormoni ishlab chiqarilishini boshqaradi. 
        Gonadotrop  gormoni  erkaklar  va  ayollarning  jinsiy  bezlari  funksiyasini 
boshqaradi,  o‗smirlarda  esa  balog‗atga  yetish  belgilari  paydo  bo‗lishida  ishtirok 
etadi. 
        Laktotrop gormoni ayollarda sut bezlarining funksiyasini boshqaradi. 
 
32-rasm. Gipofiz bezining joylashishi.
 


120 
 
 
Lyutenlovchi  gormon  homilador  ayollarda  homilaning  normal  rivojlanishini 
boshqaradi.  Gipofizning  oraliq  bo‗lagidan  intermedin  gormoni  ajraladi.  U  terida 
pigment  hosil  bo‗lishini  boshqaradi.  Gipofizning  orqa  bo‗lagidan  oksitotsin  va 
vazopressin ajraladi. Oksitotsin gormoni homilador ayollarda bachadon muskullarining 
qisqarishini  kuchaytirib,tug‗ish  jarayonini  osonlashtiradi,  Vazopressin  gormon 
organizmda  suv  almashinuvini  boshqaradi,  ya‘ni  u  buyrakning  egri-bugri 
kalavasimon kanalchalarida birlamchi siydikning 98,5-99 % i qonga kayta so‗rilishini 
boshqaradi.  Bu  gormon  kam  hosil  bo‗lsa,  buyrak  kanalchalarida  birlamchi 
siydikning qonga so‗rilish jarayoni buziladi. 

Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish