D. A. Mamatqulov bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari


Siydik ayirish organlarining yoshga bog„liq xususiyatlari



Download 3,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/187
Sana29.12.2021
Hajmi3,07 Mb.
#82154
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   187
Bog'liq
Bolalar anatomiyasi

  
Siydik ayirish organlarining yoshga bog„liq xususiyatlari. 
Yangi  tug‗ilgan  chaqaloqda  buyraklarning  o‗rtacha  og‗irligi  12  gr  ni  tashkil 
qiladi.  Buyraklar  og‗irligi  150  gr  bo‗lguncha,  30  yoshgacha  massasi  ortishda 
davom  etadi.  Buyraklar  o‗sish  jadalligi  turli  yosh  davrlarida  turlicha  bo‗ladi. 
O‗sish  tezligi  boshlang‗ich  hayotning  3  yilida,  o‗smirlik  davrida  hamda  20-30 
yoshda  yuqori  bo‗ladi.  Yangi  tug‗ilgan  chaqaloqda  buyraklar  g‗adir-budur 
tuzilishda  bo‗ladi,  bir  yil  davomida  siydik  kanallari  eniga  va  bo‗yiga  o‗sishi 
hisobiga  ular tekislanadi.  Ushbu  buyraklar  g‗adir-budurligi ko‗pchilik bolalarning 
5  yoshligida  yo‗qoladi.  Ba‘zida  g‗adir-budurlik  butun  umr  oxirigacha  saqlanib 
qolishi  mumkin.  Buyrakning  po‗stloq  va  miya  qavati  nisbati  yosh  bilan  sezilarli 
darajada o‗zgaradi. Katta yoshli odamda po‗stloq qavati-8 mm, miya qavati esa-16 
mm  ni  tashkil  qiladi,  yangi  tug‗ilgan  chaqaloqda  esa  2  mm  va  8  mm  ga  teng. 
Shunday  qilib,  po‗stloq  va  miya  qavati  qalinligi  kattalarda  1:2,  bolalarda  1:4 
nisbatga  teng.  Buyrakning  po‗stloq  qavati  hayotning  birinchi  yilida  jadal  o‗sadi. 
Yangi  tug‗ilgan  chaqaloqda  buyraklarning  po‗stloq  moddasida  bir-biriga  zich 
yopishib  turadigan  mayda  malpigi  naychalari  joylashgan.  Ularni  buyrakda  hajm 
birligi  50  o‗ramga  teng  (kattalarda-4-6;  8-10  oyli  bolalarda  esa  -18-20  ga  teng  ). 
Yosh ortgan sari siydik kanallarining o‗lchami kattalashadi. 
Birinchi  chaqaloqning  20  kunlik  hayotida  yangi  malpigi  kanallari  taraqqiy 
etishi  mumkin.shu  bilan  birga  buyraklar  bolaning  birinchi  yilida  nefronlardan 
iborat  bo‗ladi.  Yosh  bilan  birga  ularning  miqdori  ortib  boradi.  7  yoshdan  50 
yoshgacha  nefronlarning  teskari  rivojlanishi  kam  uchraydi.  Ushbu  hodisa  barcha 
nefronlarda ro‗y bermaydi, nefronlar embrional davrda to‗liq yetiladi, ularning bir 


116 
 
qismida  teskari  rivojlanish  ro‗y  beradi,  ya‘ni  halok  bo‗ladi.  Ushbu  jarayonning 
sababi buyraklar nefron bilan to‗lgach, nerv tolasi ular ichiga o‗sib kiradi, shunda 
nerv shoxchasidan bir qanchasi yetib bora olmasligidadir. 
Yangi  tug‗ilgan  chaqaloqlarda  buyrak  nefronlari  hali  yetilmaganligi, 
kapsulaning  hujayra  tuzilishida  namoyon  bo‗ladi.  Kapsula  ichida  epiteliy 
to‗qimasining slindrik va kubsimon turlari uchraydi. Yosh bilan hujayra balandligi 
kamayadi:  slindrik  epiteliy  avval  kubsimon  holatga,  so‗ngra  tekkis  bo‗lib  qoladi. 
Chunki  ichki  kapsula  varog‗i  tomirlar  o‗rami  ichiga  kirib  boradi,  ularni  bir  xil 
qoplaydi. Yangi tug‗ilgan chaqaloqda o‗ramning diametri juda qisqa, shunga ko‗ra 
filtratsiya sirti jamlanmasi katta odamga nisbatan oz bo‗ladi. Siydik kanallari ham 
yangi tug‗ilganlarda juda qisqa va  ingichka bo‗ladi.  Siydik kanallarining diametri 
30  yoshgacha  ortib  boradi.  Yangi  tug‗ilganlarda  kanal  diametri  18-23  mkm, 
kattalarda 40-60mkm ga teng.  
Buyrak  jomi  yangi  tug‗ilgan  va  emizikli  bolalarda  buyrak  parenximasida 
joylashadi. 
Yosh bilan buyrakning tomirlar to‗ri o‗zgaradi. Buyrakning arterial sistemasi 
yoshga bog‗liq o‗zgarishi  arteriyaning  tashqi  va  ichki devorlari  yo‗g‗onlashishida 
hamda  o‗rta  qavat  devori  qalinligi  qisqarishida  o‗z  aksini  topadi.  Faqatgina  14 
yoshda arterial tomir devorlarining qalinligi kattalardagidek bo‗ladi. 
Buyrakning vena o‗ramlarini yangi tug‗ilgan bolada alohida stvollarga bo‗lib 
bo‗lmaydi.  2  -4  yoshda  buyrak  vena  tuzilish  sxemasi  kattalardan  farq  qilmaydi. 
Bolalarda buyrak jomining limfa sistemasi ichakning limfa sistemasiga kattalardan 
ko‗ra  ko‗proq  bog‗langan  bo‗ladi.  Ushbu  bog‗liqlik  balki  ichakdagi  ichak 
bakteriyalari buyrak jomida yallig‗lanish jarayonini olib kelishiga asoslanadi. 
Yangi tug‗ilgan chaqaloqlarda buyraklar kattalarnikidan ko‗ra biroz teparoqda 
joylashadi. Buyrakning uchki qismi 11-ko‗krak umurtqasi ostida joylashadi, faqat 
2 yildan so‗ng buyraklar kattalarnikidek joylashib oladi. 

Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish