Mezonlar
|
Mezonlarga mos fe’llar ro’yxati
|
1.
|
Bilish
|
Aytish
Yozish
Yodga olish
Yodda tutish
Axborot berish
|
Tasvirlash
Farqlash
Tanlab olish
Aytib berish
Takrorlash
|
2.
|
Tushuntirish
|
Tushuntirish
Dalillash
Almashtirish
Belgilash
Ko’chirish
|
Izohlash
Ochib berish
Qayta ishlash
Namoyish etish
Tizimlashtirish
|
3.
|
Foydalanish
|
Tatbiq etish
Hisoblash chiqish
Namoyish qilish
Foydalanish
O’qitish
|
Aniqlash
Amalga oshirish
Hisoblash
Echish
Aniqlash
|
4.
|
Tahlil
qilish
|
Faraz qilish
Oldindan ko’rish
Keltirib chiqarish
Ajratish
Turlash
|
Saralash
Bo’lib chiqish
Tekshirib ko’rish
Guruhlashtirish
Turkumlashtirish
|
5.
|
Sintezlash
|
Rejalashtirish
Ishlab chiqish
Tuzish
Loyihalash
Umumlashtirish
|
Birlashtirish
Kashf qilish
Tizimlashtirish
Yaxlitlashtirish
Yaratish
|
6.
|
Baholash
|
Tashxislash
Nazorat qilish
Tekshirish
O’lchash
Taqqoslash
|
Solishtirish
Aniqlash
Isbotlash
Asoslash
Baholash
|
O’tgan asrning 50-60 yillarida o’quv maqsadlarini tashqaridan kuzatiladigan harakat mohiyatiga ko’ra yaxlit ifodalash texnologiyasi – bixeviorizm g’oyasi shakllandi. Bixeviorizm (ing. “behaviour” – xulq, xatti-harakat) – inson ruhiyatini faqatgina u tomondan bevosita ifodalangan va kuzatish imkoniyati bo’lgan xatti-harakat, nutq asosida tahlil qilinishi, o’rganilishini yoqlovchi ta’limot. Amerika psixologiyasining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lgan bixeviorizm bevosita amaliy xarakterga ega.
O’quv maqsadlarini bixevioristik usulda alohida qismlarga ajratish ularni tashqaridan kuzatiladigan xatti-harakatlarga aylantirish, ya’ni qat’iy nazorat qilish mumkin bo’lgan harakatlar bilan ifodalash sanaladi. M: “tanishtirish”, “qaytarish”, “yozib olish” o’rniga “bilish” va “tushunish” nisbatan aniqroq. Shu bois o’quv maqsadlarini aniqlashda “bilib olish”, “o’z uchun kashf etish”, “idrok qilish”, “sezish”, “tushunish” kabi umumiy ma’no beruvchi holatlar o’rniga “tanlash”, “nomini aytish”, “sanab berish”, “yozma tarzda ifodalash”, “ta’riflash”, “ko’rsatish” kabi fe’llarni qo’llash samarali Amaliy topshiriq: Quyidagi mavzularda O’Mni belgilang!
1. AL va KHK uchun mo’ljallangan “Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” fanidan “Razkedka” mavzusi bo’yicha. 2. AL va KHK uchun mo’ljallangan “Ma’naviyat asoslari” fanidan “Tabiatni asrash – inson ma’naviyatining muhm belgisi” mavzusi bo’yicha.
Pedagogik texnologiyani loyihalashtirish va rejalashtirish yo’llari
3.1. O’quv fani bo’yicha ta’lim texnologiyasini tuzilishi va mazmunli ko’rsatkichlari
O’quv fani bo’yicha talim texnologiyasi quyidagilardan kelib chiqib ishlab chiqiladi:
iqtisodiyot OO’Yu da ta’limni texnologiyalashtirish qoidasi;
fan bo’yicha o’quv axborot maqsadi, tuzilmasi, mazmuni va hajmi;
DTS tomonidan belgilangan, o’quv rejasida aniqlab berilgan vaqtda va berilgan sharoitda ta’lim berish maqsadiga erishishni kafolatlovchi ta’lim berish, muloqot, axborot va boshqaruvning yo’l va vositalarini tanlashning kontseptual yondashuvlari.
1. Kirish. Ta’lim texnologiyasining bu qismida iqtisodiyotning bozor tamoyillari keskinlashuvi sharoitida va jamiyatning demokratiyalashuvida ta’lim berishni texnologiyalashtirishning dolzarbligi asoslanadi, o’quv fani bo’yicha ta’lim texnologiyasining tuzilishi bayon etiladi va ma’ruza, amaliy va seminar mashg’ulotlariga loyihalangan ta’lim berish texnologiyasiga qisqa tavsiflar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |