e’tiborga olishi kerak Bu esa tarbiyashunoslik va maxsus soha bo'yicha
tayyorgarlikni talab etadi. Demak, ishlab chiqarish ta ’limi
ustasi
xushmuomala, shuningdek, m a’lum shaxsiy
ijtimoiy-psixologik
xususiyatlarga ega bo'lishi kerak. Ishlab chiqarish ta’limi ustasi kasbining
o'ziga xosligi uning ijtimoiy, jamoaviy va ijodiy tavsifidan iboratdir.
Kasb-hunar kollejlarida ishlab chiqarish ta’limi ustalan ishining tahlili
shuni ko'rsatdiki, bugun u Davlat ta ’lim
standartida beigilangan
tayyorgarlik bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalar bilan bir qatorda
tarbiyaviy, tashkiliy, boshqaruvchanlik, o'quv-uslubiy ishlami bajarish
kabi mahoratga ham ega bo'lishi kerak.
Bo'lajak ishlab chiqarish ta’limi ustasining tarbiyaviy ish bo'yicha
ko'nikma
va mahorati, kasb-hunar kollejidagi faoliyati jarayonida
shakllanishi kerak. Aynan usta o'quvchilaming kasb madaniyati bo'yicha
dunyoqarashini, odob-axloqining shakllanishini nazorat qiladi. Bu
funksiyalami bajarish uchun ustaning o'zi kasbiy tayyorgarlikka ega
bo'lishi kerak.
Ta’kidlab o'tganimizdek, ishlab chiqarish ta ’limi ustasining kasb
faoliyati talabalar bilan bog'liqdir. Bu o'zaro harakat, ya’ni “ Pedagog-
o'quvchi” tarbiyaviy munosabatlari doirasida amalga oshiriladi.
Shuning uchun ham, ishlab chiqarish ta’limi
ustasi va talabalar
o'rtasidagi o'zaro munosabatga ikki taraflama yondashish kerak.
Birinchidan, kasb ta’limi mazmuni bo'yicha usta u yoki bu maxsus
sohada ma’lum bilim, ko'nikma va mahoratlamingtashuvchisi hisoblanadi,
biroq shu vaqtning o'zida talabalar bilan o'zaro faoliyat yuritadi.
“Usta-talaba” tizimidagi o'zaro munosabatlar muhim pedagogik
shartlardan biri bo'lib, bo'lajak kichik mutaxassislami tarbiyalashning
asosi hisoblanadi. Ishlab chiqarish ta’limi ustasining tarbiyaviy ishlar
sohasidagi bilim va mahotat darajasi faqat ularning pedagogika, psixologiya,
ishlab chiqarish ta’lirru uslubi bo'yicha savollargabergan javobi bo'yicha
baholanadi. Ko'rinib turibdiki, bu yerda ishlab chiqarish ta’limi ustasi
faoliyatida tarbiyaviy yo'nalish inobatga olinmagan va o'quv rejasida ham
bunday fan yo'q.
Nazariy jihatdan u yoki bu faoliyat tayyorgarligini baholash asosida
amalga oshiriladi. Bular motivatsiyali yo'naltiruvchi ijtimoiy-psixologik
vajarayonli komponentlar.
Ishlab chiqarish ta’limi ustasining motivatsiyali komponenti tarbiyaviy
ishga ijobiy munosabatni tarkib topshirish, rivojlantirish va boshqalami
o'z ichiga oladi. “Tarbiyaviy ishda motivatsiya” deganda tarbiyaviy faoliyat
mazmunini, yo'nal ishini va tavsifini aniqlovchi motivatsiyalar, to'plami
tushuniladi.
Tarbiyaviy faoliyatning tashqi motivatsiyalari mavjud bo'lib, ularga
ta’lim muassasasidagi ishning ustuvorligi, pedagog sifatida shaxsiy va kasbiy
o'sish imkoniyati, tarbiyaviy motivatsiyalarga ishlab chiqarish ta’limi
ustasi faoliyatining ta’sm va natijasini kiritish mumkin. Shuningdek,
motivatsiya sifatida va boshqaruv motivatsiya ham mavjud bo'lib, bular
ishlab chiqarish ta’limi ustasi va talaba o’rtasidagi o'zaro hamkorlikdagi
harakatda yuzaga chiqadi.
Ustanmg yetakchi
tarbiyaviy motivatsiyasi deb, talabaning bo'lajak
malakali kichik mutaxassis sifatida shakllanishiga g'amxo’riik qilishiga aytiladi.
Tarbiyaviy ishga tayyorgarlikmng yo’naltiruvchi komponenti ishlab
chiqansh ta’limi ustasining kasb faoliyati xususiyatlari va sharoitlari
to'g'risidagi bilim va tasavvurlarini o 'z ichiga oladi va qiziqish,
yondashuvchanlik, dunyoqarash,
ishonch hosil qilish, ko’zlangan
maqsad orqali kasbiy yo'naltirilganligini ifodalaydi.
Bir kasbga qiziqishi, asosan, yo'naltirilganlikning birinchi shakli
hisoblanib, o'rta maktabdan shakUana boshlaydi. Shuningdek. tarbiyaviy
ishga qiziqish ham yoshlikdan boshlamb, bir qancha talablarga ega va
odamning o'zaro ta’siri bilan bog'liq. Maktabda olingan
bilim tarbiyaviy
ishga bo'lgan qiziqishga asos bo'lishi mumkin.
Qiziqish mehnat faoliyati sifatida talabalarni ma’lum yo'nalishda
harakatlanishlanga sabab bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: