Ctzbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. O u m o V, O. Abduqudusov, L. Uzoqova, M. Ahmedjonov, D. Jalolova


O'quv-tarbiya jarayonini boshqarishda pedagogik mahorat



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/98
Sana15.02.2022
Hajmi3,09 Mb.
#449386
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   98
Bog'liq
kasb talimi uslubiyati

4.2. O'quv-tarbiya jarayonini boshqarishda pedagogik mahorat
Jam iyatning kundan kunga o'zgarishi har bir pedagogdan 
tashabbuskorlik, faoliyat, mustaqil fikrlash, samarali pedagogik 
texnologiyalami joriy etishni talab etadi.
Kollejda o'tiladigan dars - bu pedagogik faoliyatning asosiy negizi 
hisoblanadi. Darsda o'qituvchi talabaga ma’lum bilimni yetkazadi, beradi 
va o'qitadi. Ularga bilim berishda o'qituvchi tobora faoliyatini kengaytirib 
boradi, bilimlarini oshiradi. Hozirgi paytda doimiy qo'llaniladigan uslubiy 
ishlarda ham kamchiliklar bor. Dars o'tish jarayonlarida hali sxolastik 
elementlar mavjud. Ba’zi o'qituvchilar iqtisodiy - ijtimoiy, siyosiy 
hayotdagi o'zganshlarni tahlil qilmaydilar. Ular talabalarni mustaqil 
fikrlashga, turli xil munozaralar, savol - javoblar qilishga va o'quv 
matenalini mustaqil o'rganishga yo'naltirishlari lozim. 
H ar 
bir 
yangi g'oya va o'zgarishlar. texnika va texnologjyalaming so'nggi yutuqlarini 
o'quv jarayoniga tatbiq qilib borish kerak. Talabalarni o'quv mehnat 
faoliyatiga qaratishda ularda xursandchilik, yutuq, omad tuyg'ularini 
tug'dirish yoki shakllantirish, oldinga harakatlantirish va rivojlantirish 
lozim. Bugungi pedagogik hamkorlik talabalarni o'qishga jalb qila olishga 
tayanch bo'lishi kerak. Pedagogik hamkorlikning yana bir asosiy tamoyili 
talabalardagi tortin ch o q lik , hadiksirash, hayajonni y o 'q o tib , 
bamaylixotir, erkin, o'z kuchiga ishonadigan qilib tarbiyalashdan iboratdir. 
O'qituvchilar dars jarayonida shunday usullami qo'llashlari kerakki. 
bunda har bir talaba o'ziru shaxs deb hisoblashi va o'qituvchining shaxsan 
unga e’tibor qaratayotganini his qilishi lozim. Hozirgi zamonaviy kasb- 
hunar ta’limi sharoitida talabalarni o'qitish, tarbiyalash, ularni ijodiy 
qobiliyatlarini rivojlantinshda pedagog va talabalarning o'zaro hamkorlikda 
faoliyat ko'rsatishlari talab etiladi.


1. Shuning uchun ham, kasb-hunar kollejlarining maxsus fan 
o'qituvchilari pedagogik mahoratga ega bo'lishi va o‘z sohasining yetuk 
mutaxassisi bo'lishi kerak. Kollejda darsni yaxshi o‘tishi uchun 
o‘qituvchidan birinchi navbatda g'oyaviy, amaliy va kasbiy tayyorgarlik 
talab etiladi. Darsga tayyorlanish uchun o'qituvchi doimo shu fanning 
pedagogik, psixologik va metodik xarakterda bo‘lgan yangiliklan bilan 
tanishib borishi kerak. Shu bilan birga, u yana ilmiy-uslubiy jumallar 
va
gazetalami ham o'qib borishi kerak.
Darsning mazmuni, tizimi va o'qitish usullarining tanlashda kasb- 
hunar kollej talabalarining yosh xususiyatlari ham e’tiborga olinadi. 
0 ‘qituvchilami xilma-xil faoliyat turlariga jalb etish, ko'rgazmalikdan 
keng foydalanish, o'yin elementlarini kiritish, yangi materialni o'rganish 
va o'tilganlarni mustahkamlash uchun maqbul me’yorni aniqlash 
kabilaming mazmun va tuzilishga o'z ta ’sirini ko'rsatadi.
O'qituvchining vazifalaridan biri o'quv jarayonini boshqarish hamda 
darsda ta’lim-tarbiyaning samaradorligini oshirishga yordam beradigan 
qulay muhitni yaratishdir. Barcha didaktik talablar to'liq darajada yaxshi 
natijalar beradi. Kasb-hunar kollejlarida didaktik vazifasi va tuzilmasiga 
ko'ra darslar quyidagi turlarga bo'linadi:
1. Aralash darslar
2. Yangi materialni o'rganish darslari
3. Bilim, ko'nikma, malakalarni mustahkamlash darslari
4. Mashqlar va amaliy ishlar darsi
5. Umumlashtiruvchi takrorlash darslari
6. Laboratoriya darslari
7. Talabalar bilimini nazorat qilish, tekshirish va baholash darslari 
va boshqalar
Hozirgi davrda kasb-hunar kollcu o'qituvchilari dan texnika va 
texnologiyalaming kun sayin o'zgaruyotganligi, ish sharoitlarining 
ham o'zgarayotganligi, yangi adabiyotning paydo bo'layotganligi, 
o'quv rejalari dasturlariga tuzatishlar kiritilayotganligi, o'qitishning 
shakl va usullarini takomillashtirishni talab qiladi. Ammo o'qituvchining 
har bir alohida darsga tayyorlanishi uning o'quv ishiga tayyorlanish 
faoliyatining bir qismi xolos. Bu:

O'qituvchining o'z predmeti bo'yicha butun kurs yuzasidan 
tayyorlanishi;


- O'quv dasturining har bir mavzusiga tayyorlanishi;
- Har bir darsga tayyorlanishni o'z ichiga oladi;
Butun kurs yuzasidan tayyorgarlik yangi ilmiy ishlar, yangi uslubiy 
materiallar bilan tanishishni. dastur va darsliklami o'rgamshni va 
boshqa ishchi hujjatlar tuzishni nazarda tutadi. Har bir mavzuga 
tayyorlanish o'qituvchini yana dasturga, mavzu yuzasidan qo'shimcha 
materiallarga, har bir mavzuning asosiy masalalarini aniqlashga, 
o'qitish usullarini tanlashga va kerakli uslubiy vositalami, ko'rgazmali 
qurollar, jihozlar, uskuna. asboblar va hokazolarni tayyorlashga 
majbur etadi.
Bunday didaktik maqsadlar izchilligini aniqlash, mazmundagi 
yetakchi g 'o y a la rn i, fao liy atin in g asosiy tu rla rin i ajratish
predmetlararo aloqalarni ajratib olish, natijalami tahlil qilish imkonini 
beradi. Har bir alohida darsga tayyorlanishda o'qituvchi quyidagi ishlami 
amalga oshiradi; mavzuni aniqlaydi va dars vazifalarini konkretlashtiradi; 
o‘quv materialining mazmunini ajratadi va uni didaktik jihatdan ishlab 
chiqadi. Yetakchi g‘oya, tushuncha, qonuniyat, amaliy ma’lumotlarni 
ajratadi; ilgari o'rganilgan mavzu bilan bog‘lanishni, mazmunan 
joylashtirishni, mantiqan nazarda tutadi; talabalarning o'quv — bilish 
faoliyatlari, xarakterini aniqlaydi, ya’ni qanday ko'nikma va malakalar 
shakllanishi, izlanish faoliyatini, mustaqil ish va o'qituvchining roli 
o ‘rtasidagi nisbat qanday bo‘lishini o‘ylab ko'radi. Shu shakllami ishlab 
chiqadi, dars qismlarini ajratadi; o'qitish usullari: masala, mashq, 
muammoli savollar, topshiriq, dasturlashtirish elementlarini tanlaydi 
va aniqlaydi. 0 ‘qitishning texnik vositalarini tanlaydi va tekshiradi; butun 
dars jarayonini rejalashtiradi. Dars rejasida, odatda sana va dars raqami, 
uning mavzusi. vazifalari mazmunining asosiy masalalari. o ‘qituvchi 
va talabaning faoliyat turlari, o‘qitish usullari va vositalari, so‘raladigan 
talabaning familiyasi, individual topshiriqlar, uyga vazifa ko‘rsatiladi. 
Ammo dars rejalarining tuzilmasi va hajmi o'qituvchining malakasi 
hamda tajribasidan kelib chiqib, tuzilishi kerak. Yaxshi tayyorlangan 
darsni yana uyushgan holda aniq va samarali o‘tkaza bilish ham kerak. 
Bunda quyidagi qonunlarga amal qilishi lozim:
1) Darsni aniq va uyushgan holda boshlash; buning uchun esa 
darsga hamma narsa oldindan tayyorlangan bo‘lishi kerak.
2) Talabalar e ’tibonni dars mazmuniga qarata bilish va uni butun 
dars davomida talabalarning bilish faoliyatlanni faollashtirib, saqlay


bilish, darsga qiziqishni qo'llab-quwatlash, talabalar oldida muammoli 
savollar qo'yish, ularni doimo javob berishga tayyor holda saqlash, 
darsdagi ishlami xilma-xillash, hammani ko'rib, hamma narsani so‘rab 
turish;
3) Darsda vaqtdan oqilona foydalanish: o'quv jihozlarini oldindan 
tayyorlash, ularni to ‘g‘ri joylashtirish, topshiriqlarni bajarilishiga 
erishish, talabalar e ’tiborini chalg‘ituvchi sabablarga yo'l qo'ymaslik;
4) O'z xatti-harakatini kuzatish: g'oyaviy e’tiqod, yuksak axloqiylik 
va madaniyat, gapirish va talab qilish, rag'batlantirish. talabalarga 
murojaat qilish uslubi — bularning barchasi o'qituvchi faoliyatining 
uslubini belgilaydi hamda talabalarning zo'r berib ishlashi yoki his- 
tuyg'ularini qo'zg'aluvchanligini istisno qiladi.
5) Darsda tadbirkorlikni namoyish qilish, yuzaga kelgan sharoitni 
yoki darsni o'tkazish sharoitlaridagi o'zgarishlarni hisobga olish kerak.
Zamonaviy dars talabalar faoliyatini faollashtirish, ajratiladigan 
vaqtni qisqartirish, bilimlarni nazorat qilish va mustahkamlash 
funksiyalanni birlashtirish. m ustaqil ish. ijodiy xarakterdagi 
topshiriqlar hajmini oshirish, muammoli izlanish usullaridan, 
o'qitishning texnik vositalari va dasturlashtinsh elementlaridan oqilona 
foydalanish yo'lidan takomillashib bormoqda. Hozirgi payt dars o'quv 
jarayonini tashkil qilishning asosiy shakli bo'lsa-da. kasb-hunar 
kollejida laboratoriya mashg'ulotlari, seminarlar, uy vazifalari, 
qo'shimcha mashg'ulotlar. mehnat va ishlab chiqarish ta ’limining 
samarali usullaridan foydalanishni hamda ularni rivojlantirishni talab 
etadi.

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish