Ko‘rgazmali usullar
deganda ta ’lim jarayonida qo‘llaniladigan
ko‘rgazmali qurollar va texnika vositalariga ko‘p darajada bog‘liq bo‘lgan
o‘quv materialini o‘zlashtirish shakllan tushuniladi.
Ta’limning ko'rgazmali vositalari bilimlarni o‘rgamsh va o‘zlashtirish
xarakterini belgilaydi. Masalan, tikuv mashinasi detallarining namunalari
ko‘rsatilganda, mexanizmlaming ishlashini virtual model orqali yoki
tikuv mashinasida bajariladigan texnologik jarayonnining videotasviri
namoyish qilinishi orqali tushuntirish mumkin.
Asosiy maqsad dars mazmuni, albatta. 0 ‘qituvchi esa qo‘shimcha
tuzatish kiritishi mumkin, xolos.
Ta’limning bunday usullaridan foydalanilganda talabalarning bilish
faoliyati ko‘rgazmali vositalar yordamida shakllanadigan yoki esga
tushiradigan hissiy obrazlarga, tasawurlarga bog‘liq bo‘ladi. Ko'igazmali
qurollar bilimlarni bir tizimga solish va boyitishda, shuningdek,
talabalarning fikr yuritish faoliyatini faollashtirishda yordam beradi.
Ta’limning ko‘rgazmali usullari talabalarning bilish faoliyatida obrazli
va mantiqiy, konkret va abstrakt, hissiy va aqliy jihatlaming nisbatini
chuqur tushunishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |