Talabalarning yoshi va individual imkoniyatlarini hisobga olish -
har bir talaba o‘zining individual (jismoniy, psixik va b.) xususiyatlariga
egaki, bu uning o‘quv faoliyatiga katta ta ’sir etadi. Pedagogning bu
xususiyatlarni o‘rganishi va hisobga olishi ta’lim-tarbiya sifatini oshirish
va har bir talabaning ijobiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit
yaratadi.
Talabaning bunday xususiyatlarini o'rganish uzoq vaqt mobaynida
olib boriladi. Pedagog talabalarning mashg'ulotlardagi va ishlab chiqarish
ta ’limi vaqtida ustaxonalardagi ishini, uy vazifalarini bajarishini
kuzatadi. ularning bilimi, yozma ishlari va tayyorlagan buyumlarini
tekshiradi, darsdan tashqari vaqtlarda ular bilan suhbatlashadi.
Talabaning kuchli va ojiz tomonini bilib olishga, uning qiziqishlari,
tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, xayoliga xos bo'lgan xususiyatlarni
o‘rganishga, uning xarakteri va iroda sifatlarini yaxshi bilib olishga
harakat qiladi, hayotiy va mehnat tajribalarini, ularning o'qishga
kelishdan oldingi faoliyati xususiyatlarini o'rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |