Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I


bet94/108
Sana15.06.2022
Hajmi
#674106
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   108
Bog'liq
Oxunjon Safarov [uzsmart.uz]

7-mavzu, 2-jadval


P
e
rs
o
n
a
il
a
ri
P
e
rs
o
n
a
il
a
ri


7-mavzu, 5-jadval


8-MAVZU: 0 ‘ZBEK BOLALAR FOLKLORI
Rcja:
1. Bolalar folklorining tabiati, ijtim oiy-estetik ahamiyati.
2. Alla janri tabiati.
3. Aytim-olqishlarning janriy tabiati.
4. Erkalama va ovutmachoq janrlari.
5. Yalinchoqlar va hukmlagichlar.
6. Maishiy qo‘shiqlar-to‘rtlik va aytishuvlar.
7. Tegishmachoq va m asxaralam alar — bolalar hajviy lirikasi 
namunalari.
8. 0 ‘y in f o l'k lo r i t a b ia ti va ta r k ib i ( c h o r la m a l a r , 
cheklashmachoqlar, sanamalar, tarqalm achoqlar).
9. M a’naviy o ‘yin!ar (tez aytish, chandish, guldur-gup va yashirin 
tilning ma'naviy-axloqiy mohiyati).
0 ‘zbek folklori va folklorshunosligini bolalar og'zaki ijodisiz 
tasaw ur qilish qiyin. G archi bolalar og‘zaki ijodi um um folklorning 
tarkibiy qismi sanalsa-da, faqat o ‘zigagina xos xususiyatlarga ham
ega. Bu hoi uni alohida hodisa sifatida ajratib o ‘rganishni ehtiyojga 
aylantira bordi.
Bolalar folklori kichkintoylar olami bilan kattalar dunyosining 
uyg‘unlashuvi oqibatida yuzaga kelgan o ‘yinlar, qo‘shiqlar va muzikali 
poetik janrlaming butun bir tizimi tarzida tarkib topgan. Uni yaratishda 
kattalar ham , bolalar ham baravar hissa q o ‘shishgan.
Kattalar bolalarni erkalash poeziyasini yaratishganki, alia, aytim - 
olqish, erkalama, ovutmachoq, qiziqmachoq va qaytarmachoq singari 
erkalash motiviga limmo-lim janrlar tizim i onalik folklori tarzida 
xarakterlanadi. Bunday de-yilishining sababi shundaki, bu janrlarga 
mansub asarlarning ijodkorligi va ijrochiligida onalar bosh rolni


o ‘ynashadi. Shu xususiyatiga ko‘ra G.S.Vinogradov, N.P.Andreev, 
V .I.C hicherov va S.G .L azutinlar erkalash poeziyasini bolalar folklori 
tarkibiga kiritmaydilar. A m m o shu narsa ayonki, erkalash bolalami 
ardoqlashdan iborat m ushtarak motiv bo‘lib, uni faqat turli yoshdagi 
bolalargagina kuylash m um kin, u bolalami tarbiyalash maqsadinigina 
ko'zlaydi. Bu — erkalash poeziyasining bosh vazifasi. V.P.Anikin, 
E .V .P om eranseva, V.A.Vasilenko va M .N .M elnikovlar shunday 
v a zifad o sh lik x u su siy atig a k o ‘ra erkalash p o eziy asin i b o la lar 
folklorining tarkibiy qismi sifatida xarakterlaydilar. Bu g‘oyat to ‘g‘ri 
nuqtayi nazardir. Z otan, xuddi shu genetik asosga tayangan holda 
kattalar bolalarga m o ‘ljallab maxsus badiiy adabiyot yaratdilar. Bu 
h o d isa bolalar adabiyoti deb yuritiladi. B inobarin, kattalarning 
bolalarga atab to ‘qigan allalari, aytim-olqishlari, ovutmachoqlari, 
qiziqm achoq va qaytarm achoqlari bolalar folklori tarkibiga kiritilishi 
va tahlil qilinishi ilmiy jih atd an asosli hisoblanadi.
ALLALAR ijtim oiy-estetik qimmatiga ko‘ra ikki vazifani bajaradi: 
birinchisi-bolalam i uxlatish; L.Z. Budakov «Turk-tatar so‘zlarining 
qiyosiy lug‘atida» (1869) «alia» so‘zining chig‘atoycha ekanligini 
ta ’kidlar ekan, dastlab u «allala» shaklida bo‘iib, boshning orqasi, 
y a’ni ensani anglatishini qayd etgan. Chindan ham chalqanchasiga 
yotganda boshning orqasi yostiqda bosilib, shu holda uxlanadi. 
C haqaloq beshikka, belanchakka faqat bosh orqasi — allasi bilan 
chalqanchasiga c h o ‘zilib uxlaydi. Shu vazifasidan kelib chiqib, bola 
nutqida 
allala
so‘zi 
alia
shakliga o ‘zgargan va uyquga chorlovchilik 
m ohiyatini kasb etgan. Aslida «alia» so‘zi bolani allalab-ovutib, 
avaylab uxlatishni anglata borgan. Xffif— yoshini to ‘ldira boshlagan 
chaqaloq nutqida «uxlayman» m a’nosini anglatadi. Uyqu chaqirmoq
uxlatm oq asosiy vazifasiga aylangan qo‘shiq turini ajratuvchi m a’nosi 
bilan istilohiy mohiyat kasb etgan. Bunday qo‘shiqlarda allalab ovutish 
yoki oyutib uxlatish kuylash jarayonida amalga oshiriladi. Aliening 
ikkinchi vazifasi-tarbiyaviy-estetik mohiyati ana shundadir. Bu uning 
em otsional ta'sirchanligidan kelib chiquvchi xususiyati b o ‘lib, bolani 
kuy ogkushida hayot bilan tanishtirish, ohanglar vositasida hayot 
m a ’n o s in i a n g la sh ig a y o ‘l o ch ish , shu z ay ld a e ste tik d id in i 
shakllantirish va o ‘stirish maqsadiga qaratilganligidir. Abu Ali ibn 
Sino allaning shu xususiyatini ming yil ilgariyoq payqab, shunday 
yozgan edi: «...bolaning mijozini kuchaytirm oq uch un unga ikki 
narsani q o ‘llam oq kerak. Biri, bolani sekin-asta tebratish, ikkinchisi,


uni uxlatish uchun aytish odat b o ‘Iib qolgan musiqa va allalashdir. 
Shu ikkisini qabul qitish m iqdoriga qarab bolaning tanasi bilan 
badantarbiyaga va ruhi bilan m usiqaga b o ‘lgan is te ’dodi hosil 
qilinadi.»82
Allalar, odatda, bolalaming emizikli davrida — ular to uch yoshini 
to ‘ldirgunlarigacha aytiladi. Ularning bolalaming ana shu yoshi bilan 
bog‘lanishi qat’iy bo‘lib, beshik q o ‘shig‘i sifatida xarakterlanishiga 
yo‘l ochgan. U lam i ona suti bilan bog‘lab «sutda qorilgan va mehrga 
yo‘g‘rilgan qo'shiq» deyishlari sababi shunda. Allalar onalarning 
minglab avlodidan bir-biriga o ‘tib, sayqal topib, onalik m ehrini
arm onini uzluksiz silsilaviylikda ifodalab kelyapti. U larning bu qadar 
uzoq zam onlar yashovchanligi sababi, A.Vetuxov t a ’kidlashicha, 
a llala rd a onalik qalbining, ay o llik m a h zu n lig in in g b arq urib 
turishidadir.10 Xuddi shu xususiyati tufayli allalar nafaqat bolalarga. 
hatto kattalarga ham yoqimliligini, qolaversa, h ar bir xonadonda 
kuylanishini, xush ko‘rilishini ta ’minlagan.
A llaning qacho n paydo b o ‘lgani o ‘zbek folklorshunosligida 
hozircha aniqlangani yo‘q, am m o uning qanday m a’naviy ehtiyoj 
tufayli yuzaga kelganini A.Vetuxov shunday izohlaydi: «Ona o ‘zining 
tug‘ma sezgirligi bilan bola u ch u n faqat q o ‘shiq kerakligini 
tinchlantiruvchi, yorqin va m onoton q o ‘shiq kerakligini angladi. Shu 
zaylda alia shakli yuzaga keldi. CVsha onalik sezgilari allalarning 
qanday mazmunga ega b o iish in i aytib turdilar: unda onalik qalbida 
qanday ko‘tarinkiIik bolsa, hammasi bor».K4 M .N.M elnikov shu fikrga 
qo‘shilgani holda allalami onalar dunyosisiz, sezgilarsiz, tashvishlarisiz 
tasavvur etib b o ‘lmasligini, barchasi, A.Vetuxov ifodalaganidek, 
instinktiv tug‘ma sezgirlik tarzida em as, balki ming yillar davomida 
yashagan onalar necha-necha avlodlarining hayotiy tajribalari sifatida, 
ularning qanchadan-qancha yanglishuvlari, ajralishlari, kuyinishlaridan 
tug‘ilgan achchiq saboqlar sifatida «ijtimoiy tajribalar, ijtimoiy ong 
mahsuli»85 bo‘lib yuzaga kelganini ta'kidlaydi. A.M .Gorkiy e’tiroficha, 
allalar ona-shoira bilan ishchi-tarbiyachining bir siymoda birlashgan 
v aq tid a asl, o ‘lm as po eziya sifa tid a h am m a a d a b iy o tla rn in g
boshlang‘ichi bo‘lib vujudga kelganlar. Shu m a’noda h ar bir xalqda 
allaning tarixi o ‘sha xalq bolalar folklorining tarixi sanalishi mumkin.
Allalar faqat kuylanadi. U lam i shunchaki aytish, deklomatsiya 
qilish mumkin emas. M onoton ohang o ‘zbek allalari uchun mushtarak 
xususiyatdir. Biroq m onoton ohang onaning ijro paytidagi holati va


kayfiyati bilan chuqur bog‘liq. O na kayfiyati chog‘ kezlarda allaning 
m o noton ohangida xush yoquvchi mayin yumshoqlik mayli sezilib 
tursa, xafaligida, iztirob chekayotganida m a’yiis tortuvchi xazinlikka 
moyil b o ‘ladi. H ar ikkala holatda ham shu m onoton ohang bola 
ruhiga t a ’sir etadi, qalbiga orom bag‘ishlaydi, uni elitadi. Birinchi 
holatda bolaning serzavq b o ‘lib o ‘sishiga zamin hozirlasa, ikkinchi 
ho latd a u n in g ruhan m a ’yuslashuviga asos solinadiki, bu bola 
ulg‘ayganda xarakterida o ‘z asoratini, albatta, qoldiradi.
Bola uchun 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish