Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.9.
 
Umid Sizdan! (1918) 
Muxtoriyat e’lon etildi! 
Uning to‘g‘risida do‘stlardan ham, dushmanlardan ham ko‘b gaplar eshitdik. 
Do‘stlarimiz: «Muborak bo‘lsun, xayrlik natijalarini ko‘ringiz!» – dedilar. Ba’zi 
do‘stlarimiz yopilib-yopilmasdan: «Muxtoriyatingizga «Yashasun!»dan boshqa so‘zimiz 
yo‘q. Ammo, ammo… hozirlanmag‘an, tayyorlanmag‘an, o‘qumag‘an vaqtingizda 
bo‘lg‘an Muxtoriyat ilgarigi xonliklarni keltirmasa edi…» – deb qo‘yurlar. 
Endi bolsheviklarga kelsak, ularning nazarlari juda ochiq va qat’iy: «Bizning so‘zga 
unasang unading, unamasang – shop»! Boshlaringda qizil gvardiyaning nemisni urib, 
Berlinni olib, Angliya va Avstriyadagi mazlum millatlarni qutqazub, frantsuzlarning 
Tunsin* yerlilariga olib bergan qutlik qilichi kapalakday pirillar… Xulosa: «Xo‘b»mi? 
«Xo‘b» bo‘lmasa, Allohu akbar!» Balki, ba’zi muxbir kishilar bolsheviklarni bu darajada 
ochub ko‘rsatishimizga rozi bo‘lmasalar-da, mendan xafalanadirlar. Ham: «Dalilsiz 
da’voning qozisi – da’vogarning o‘zi!» – degan gapni takrorlar. Men ularga mavlud kuni 
Toshkentda to‘kulgan qonlar ila Buxoroda va Xivadagi bolshevik hukumati bo‘lg‘andan 
keyin(gi) hollarni ko‘rsatsam. «Nasha gazeta»* betlarindagi uzun maqola va xabarlarni 
o‘qub ko‘ngillari ul tarafga moyil bo‘lg‘anlikdan qanoat etmaslar. Ammo bu kunlarda 
Andijonda bo‘lg‘an bir voqeani aytsam, ehtimolki, bir oz yumsharlar: 
Andijonda bolsheviklar Soldat va ishchilar sho‘rosi* vositasi bilan sobiq milisiya 
nachalnigi Samoyluf ismli bir kishini qo‘ymoqchi bo‘ldilar. Duma a’zolari ila 
aksariyat(ni) tashkil etgan musulmonlar boshqa kishini ko‘rsatdilar, ularning 
(bolsheviklarning) javoblari yana haligi: «Unamasangiz, qon to‘kiladi!»… Shuning bilan 
hozir Andijonimiz ko‘ngilsiz voqealar oldinda turadi!.. 
O‘ylamoq kerak: hozir Nikolay vaqti bilan zamonamizning farqi yo‘q! Nikolay 
vaqtida gubernaturlar biror kishini hokimlik va boshqa ishlarga o‘zlari tayinlab qo‘yarlar 
edi. Musulmonlar e’timodsizlik bildursalar, ba’zan boshqani ham qo‘yarlar edi. Bir 
hokim uchun qon to‘kilganini men eshitganim yo‘q… Shuning uchun hurriyat, adolat va 


297 
musovot kabi shu’lalar yorqiragan bir zamonda bo‘lg‘an shunday voqelar yana bizning 
Nikolay asrinda yashadigimizni ko‘rsatadir! 
Mana shunday hollarni o‘ylaganda ko‘ngullar umidsizlik daryosiga botub, 
ko‘ngilsizlik to‘fonlarinda g‘arq etiladir. Qalamlar ilgari rahmsiz senzurlardan 
qo‘rqqanday bo‘lub qog‘ozning yo‘llariga yuz qo‘yishga unamaydirlar… Ana shunday 
vaqtlarda pastda aytiladirgan voqealar ko‘z oldig‘a kelub, nochor-noiloj yuraklarning 
favqulodda shodlik ila ko‘tarilishlarindan paydo bo‘lgan ovozni tilini g‘uldiratub aytishga 
majbur bo‘lasan: «Yashasun Turkiston Muxtoriyati! Bor bo‘lsun haqiqiy va to‘g‘ri 
yo‘ldagi fuqaholar!* Gullab ko‘karsunlar umid yulduzlari bo‘lg‘an yoshlar!» – deb… 
1. Toshkentda «Fuqaho jamiyati»* bolsheviklarning eng zo‘r suyanchlari bo‘lgan 
qo‘l kesish va qasosga doir ochiq va yaxshi yo‘l topdi! 
2. 1-2 million qahramon turk-tatar askariga tayangan Harbiy sho‘ro bo‘lg‘an holda 
kallalanub, ochilub, yashnab kelmakda bo‘lg‘an Ishchilar va dehqonlar sho‘rolarining 
Muxtoriyat bayrog‘i ostida Muxtoriyatga jon va qon fido etishga hozir bo‘lub turishlari; 
Muxtoriyat (bayrog‘i) ostida qonun va shariat yo‘llari ila o‘zlarig‘a yoruq kun istashlari, 
ularning ul talablarina millat xodimlarimizning ham yaxshi yuz ko‘rsatishlari. 
3. Andijonda «Jamiyatlar jamiyati» tashabbusi bilan bo‘lg‘an shahar va atrof 
syezdiga hamma jamiyatdan 2 kishidan vakil kiritilg‘ani holda «Sho‘roi islomiya» raisi 
janoblarining tashabbusi va g‘ayrati ila majlisning jamiyatindan 20 vakil qabul etishi, har 
ishga ishchilarni yaxshi nazar bilan kirgiza boshlashi. 
4. Shu syezdda uloq, to‘y, ma’raka kabi bid’atlarning* isroflari tamom bitirilub, 
sarflari kuch bilan bo‘lsa ham olinub, ochlik bilan azoblang‘anlarga yordam berilishi 
g‘oyat jiddiy tadbirlarga kirishishga qaror chiqarilish va ul qarorlarning samaralari 
ko‘rinmakka boshlash. Yana shu syezdda Turkistondagi ortiq yerlarni sug‘orib, 
ishchilarga topshirub, Turkistondagi musulmon ishchilarni yer bilan ta’min etishga yo‘l 
ochilishi. 
5. Muxtoriyat foydasi uchun Andijonda bo‘lg‘an tiyotrlarda Turkistonning o‘z turk 
bolasi, gimnaziya shogirdi, 16 yoshlik Sanjar Fozilbek o‘g‘lining* Muxtoriyat bayrog‘i 
ila uning ostiga qilgan ajoyib bir manzaralik rasmining Amriqo usulida auksion 
(mazoida) 1200 so‘mlarga sotilishi, qahramon xodimi Qo‘chqorboy afandining buyuk 
hamiyat bilan ul rasmni olishi, boshqalarning ham bu ishka yaxshi ahamiyat berishlari… 


298 
Bular hammasi, hammasi qorong‘u kechalarda yaltirag‘an yulduzlardir… 
Bulardan umid, bulardan imon, bulardan ruh ko‘rinadir. 
Bular bizning istiqbolimizning, keladurg‘an yo‘limizning chaqiriqlari, alomatlari, 
belgilaridir. 
Turklar, turk urug‘lari, turk ellari inqirozga, yo‘q bo‘lishga mahkum emaslar. Bular 
o‘zlarining eski beshiklari bo‘lg‘an Turkistonda yana ilgarigi shavkat va saltanatlarini 
tirgizarlar. To‘g‘rilik, kenglik, qardoshlik asosiga qurulg‘an taxtlarini (Millat majlislari 
demakdir) obod qilurlar. 
Xususan, bizning Turkiston hech vaqtda ham porloq va oydin ertalardan quruq 
emas ham quruq bo‘lmas! Chunki turk qaynag‘an yerning ismi Turkiston: «Sen 
qayerliksan?» – deb so‘rama, «Men turkistonlikman!» – der va uning yuragi 
Turkistondadir. Turkiston nomi bor vaqtda Turkiston ulug‘dur, zo‘rdur, ul 100 milliondan 
ortiq kuchga tayanub uning ko‘ksiga qilich tiqqani kelganlarga qachon-da bo‘lsa: 
– Ket, mahv bo‘lursan! Yaqinlama, qul bo‘lursan! – deya va deya olur. 
Aytingiz onangiz Turkistonga: 
«Yov so‘qqali kelgach, qilichini yuragingga tut(ish) oldida: «Ol ko‘ksumi, 
qalqonmi kerakdir?» – deb… 
«El bayrog‘i» gazetasining 1918 yil 26 yanvar sonida «Teshaboy» taxallusi ostida 
e’lon qilingan. Adabiyotshunos B.Do‘stqorayev tomonidan 1997 yil 21 noyabrda 
«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida qayta nashr etilgan. 
Tunsin (Tunis) – Afrikadagi davlat, XX asrning o‘rtalariga qadar Frantsiyaning 
mustamlakasi. 
«Nasha gazeta» – 1917 yili Farg‘onada chiqa boshlagan va qisqa umr ko‘rgan 
gazeta. 
Soldat va ishchilar sho‘rosi – 1917 yil fevral inqilobidan keyin bolsheviklar 
tomonidan tuzilgan tashkilotlardan biri. 
Fuqaho – diniy huquq va yo‘l-yo‘riqlarni biluvchi kishilar. 


299 
«Fuqaholar jamiyati» – 1918 yilda Abduvohid Qoriyev tashabbusi bilan 
Toshkentda tuzilgan jamiyat. 
Uloq, to‘y, ma’raka kabi bid’atlar – Cho‘lpon vakili bo‘lgan jadidlar oqimi 
Turkistonda ochlik, iqtisodiy va madaniy qoloqlik avj olgan yillarda boylarning 
kambag‘allarga yordam ko‘rsatmay, bolalarning dunyoviy bilim olishlariga e’tibor 
bermay, to‘yu-ma’rakalarga ortiq darajada sarf-xarajat qilishlari, uloq o‘yinlarini tashkil 
etib, qanchadan-qancha kishilarning mayib bo‘lishlari va ishdan qoldirishlarini bid’at deb 
bilgan. 
Sanjar Fozilbek o‘g‘li – XIX asr oxiri – XX asr boshlarida dunyoga kelgan 
andijonlik talantli yoshlardan biri. «Tarjimon» gazetasiga yuborgan va shu gazetada 
bosilgan she’ri bilan I.Gasprinskiyning nazariga tushgan. Uning keyingi taqdiri haqida 
biror ma’lumot uchramaydi. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish