Çolpan’in köŞe yazilari (İnceleme-metiN)



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/229
Sana13.07.2022
Hajmi4,95 Mb.
#791179
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   229
Bog'liq
yokAcikBilim 10166144

3.2.5.
 
Vatanimiz Turkistonda Ziroat va Dehqonchilik (1914) 

Muhtaram muharrir afandi! 
Ushbu maktubimni «Sadoi Farg‘ona» gazetangizni bir go‘shasida darj qilub* 
dehqon qardoshlarimizni suyundirsangiz edi. 


286 
Butun Rusiyada manbatlik* jihatdan Vatanimiz Turkistonning ilgarida ekanligi 
hammag‘a ma’lumdur. Va hatto butun dunyoda manbatlikning birinchisi Amriqo bo‘lsa, 
bizning Turkiston ham ikkinchi sanaladur. Vatanimizning tufrog‘i shuncha manbat bo‘lsa 
ham, o‘zimiz har vaqt umrimizni banka eshiklari ostida sudralub o‘tkazamiz. Har kuni 
gazetalarda faloniy sindi, falonini vekseli protsent bo‘ldi, do‘koni pechatlandi degang‘a 
o‘xshash qo‘rqinchlik xabarlarni o‘qub eshitmoqda va ko‘rub bilmoqda bo‘lsak ham, 
ammo ibratlanmaymiz, sababini hech tekshirmaymiz. Yolg‘uz «bozor kasod» deb o‘ta 
beramiz. Ammo bozorni kasodligig‘a nima sabab ekanligini tekshirmaymiz. 
Mundog‘ taassuflik xabarlarni eshitgan amriqoliklar taajjub qilsalar kerakkim, 
shundog‘ manbat tufrog‘lik xalqi nimaga mundog‘ deb, ammo ul amriqoliklar ekin 
asboblari ishlatub biz 10 kishi 10 kunda qilg‘an ishimizni onlar 2 kishi bilan 10 soatda 
qilmoqdadurlar. Onlarda o‘rish, chochish, chopish, terish, ekish hammasi oson. Olat 
(mashina) bilan tez tayyor bo‘ladur. Onlar o‘shal mashina bilan vaqtinda tez yig‘ushturub 
oladurlar. Biz bo‘lsak yerimizni to‘plab tashiguncha yomg‘ir, qor yog‘ub qolsa, dalada 
tamom qoldiramiz. Shul oson asboblar Rusiyani butun dehqonlarida bordur. Bizlar ham 
shul ekin asboblaridan olib ishlatsak, og‘ir mehnatlarimiz yengillanur edi. 
Bul to‘g‘rida «Oyna», «Sadoi Farg‘ona»larimiz, mumkin bo‘lsa, qishloq tilida 
ko‘broq yozib onglatsalar, bor-yo‘qdan iborat yoshlarimiz ham bo‘sh vaqtlarida 
qishloqlarg‘a chiqqanlarida og‘izlariga popirus solub, onglamag‘an xalqg‘a safsata 
sotmay, shundog‘ foydalik narsalardan bildursalar va tushundursalar, xalq turmushini 
yengillik tarafig‘a necha odum otlang‘an bo‘lur erdilar. 
II 
O‘tgan maqolamda dehqon qarindoshlarimizdan hech birlarining ziroat mashinalari 
ishlatmaganliklarini yozgan edim. Maqolani yozgandan so‘ngra qishloqlarda yurub, 
o‘zum ko‘b dehqonlar bilan ko‘rushib fikr oldim. Endi alarni fikrlarini o‘ylagan 
millatparvar kishi ko‘zlaridan qonlik yoshlarini oquzmay mumkin emas. Alar 
aytadurlarki: 
«Durust ziroat mashinalari qandaylik ekan, ammo pul kerak. Bizning qo‘limizda 
bo‘lsa naqd tayyor pul yo‘qdur». 
Men aytdim: «Ekin vaqtida pul bo‘lur yoki pul o‘rniga ekkan ekinlardan olub borub 
bersangiz ham mumkin-ku…» 


287 
Ular shu taassuflik yomon javobni beradurlar: «Paxta eksak g‘o‘zapoyasig‘acha, 
bug‘doy eksak somonig‘acha qarzimiz badalig‘a xo‘jayinlarimiz boylarg‘a olub borub 
beramiz. Yana ikkinchi ekinga beradurg‘an bo‘lub boylardan pul olub, qish ichi bola-
chaqalarimiz ila ming mashaqqat va ming qiyinlik ila ovqat o‘tkaramiz. Qish chiqqanidan 
keyin bola-chaqalarimiz ila ishga tushamiz. Bolalarimiz o‘qushdan qoladurlar. Mardikor 
olsak, yana sarf ziyoda bo‘ladur, pul yo‘q. Noiloj bolalarimizning maktabdan qolishiga 
rizo bo‘lub bo‘lsa ham bolalarimizni dalaga olub chiqub, qo‘sh haydash, g‘o‘za chopish, 
chigit ekish – shunga o‘xshash qiyin ishlarga qo‘yamiz. Chigitga pul deb borsak, 
xo‘jayinlar so‘kub, har turlu haqoratlar ila yig‘in-terin vaqtida 100 so‘m qilub berishga 
40 – 50 so‘m pul beradurlar. Ikkinchi oni olub chiqub, bir kun ham qishloqda hovlimizda 
soqolni olmaymiz. Yana bu ahvolimizni ustiga biror to‘y-mo‘y bo‘lub qolsa, tamom och-
yalang‘och, yer-suvlarimiz boylar qo‘lida, ko‘chalarda tilanchi-gado bo‘lub qolamiz, 
«Qani munga chora?» – deydilar. 
Bularni o‘ylaganda ko‘zlardan tamom qonlik yoshlar to‘kmoqg‘a to‘g‘ri keladur. 
Ey taraqqiyparvar yoshlar! Siz ham yozsangizlar har vaqt bechora mazlum dehqonlarni 
puldorlardan, qullik, asirlikdan qutuldurmoq choralari to‘g‘risida yozinglar. Hammadan 
yo‘l kerak. (Yana bo‘lur.) 
III 
Vatanimiz Turkistonga taraqqiy davri kirgandan beri tatar gazetalarida bo‘lsun va 
o‘z gazetamizda bo‘lsun bor quvvatimiz, bor ovozimiz bilan: «Ilm kerak», «O‘qumoq 
kerak», – deb qichqurub kelduk. Mana shul qichqirmoqliklar mevasi bo‘lsa kerakdurki, 
qishloqlarda hozirda bo‘lmasa ham, hamma shaharlarimizda oz bo‘lsa ham «yangi usul» 
maktablar ochildi. Qisqachagina aytganda, o‘qumoq va o‘qutmoq ishlarimiz, 
alhamdulilloh, sekin bo‘lsa ham olding‘a qadam bosadur. Mana, ko‘nglimizda necha 
yillardan beri yashurunub yotgan millatni taraqqiy qildurmoq yo‘llari, planlarini ochmoq 
uchun qo‘sh «Sado»miz*, bir dona bo‘lsa-da hamma Turkistonning yaxshi emasligini 
ko‘rsatub turadurg‘an «Oynak»* (Oyna)imiz bo‘ldi. 40 – 45 yillardan beri davom etub 
kelgan Turkistonimiz bo‘lsa ham kifoyat qilmas edi. Endi kelayluk muddaog‘a, 
muddaomiz shulki: ziroat ishlari. Mana bu ziroat ishlari to‘g‘risida yozg‘uchi ham yo‘q, 
o‘qug‘uchi ham yo‘q. Hayhot, ziroat ishlarimiz tamom xarob! Xarob! 
Xarob!.. 


288 
Olding‘a bir odum otilgani hech ko‘rulgani yo‘q. Bir tanob yer qishloqlarda 1000 
so‘mlarga chiqdi. Ammo yer dehqonda emas, millatg‘a, xalqg‘a yana bermay tek saqlab 
yotadurg‘an boylarda; «oh», shul bizni tamom kuyduradur. Mundan 10 – 15 yil avvalgi 
maktablarning holini va ziroat ahvolini chaqishdirub ko‘rayluk qani… 
Maktab: 
Maktab esa avvalgi vaqtlarda bir otxonadan iborat edi. Bir xalfa o‘zidan katta tayoq 
ushlab, boshi, oyog‘i yo‘q kitoblarni o‘qutub, bekor umrlarini o‘tkazur edilar. Hozirda 
esa o‘shal maktablar kundan-kun yo‘qolub, o‘rniga muntazam usuli savtiya maktablari 
ochilmoqda va xalq xiyla rag‘bat etmoqdadur. 
Ya’ni maktab ishlari avvalda xarob bo‘lsa-da, hozirda yaxshi yo‘lga kirub 
bormoqdadur. 
Ziroat: 
Avvallari qandog‘ yaxshi bo‘lsa, so‘ng kunlarda va so‘ng yillarda kundan-kun 
orqag‘a qarab qadam qo‘ymoqdadur. Masalan: mundan 10 – 15 yil avval bir dehqonni 
o‘ziga yarasha yeri bo‘lub, bola-chaqasi bilan ishlab chiqg‘an. Mahsulni bozorg‘a kerak 
vaqtida olub tushub, oz-ozdan sotub, bola-chaqalari bilan qish ichi rohat umr o‘tkarur edi. 
Ul vaqtlarda bundog‘ behuda isroflik to‘ylar ham bo‘lmas edi. Hozirda esa dehqonlar 
hammasi yoz-qish tinmay ishlab-ishlab, boylarg‘a olub borub beradurlar. Boylar 
dehqonlarni qo‘llarig‘a 5 – 6 pul berub: «Bor, yo‘qol! Qishloqqa chiqub ishingni qil!» – 
deb so‘kub yuborurlar, dehqonning peshona terini oquzub ishlagan paxtasining pulini 
qandog‘ joylarg‘a sarf bo‘lishini keyin-da yozarman. Hozirda yoshlarning va yosh qalam 
sohiblarining ziroat to‘g‘risida yozmoqlarini o‘tunub qolaman. Yozayluk, qarindoshlar, 
ziroatdan! Yozayluk, qarindoshlar, iqtisoddan! Alar bo‘lsa, maktab ham bo‘lur, ilm ham 
bo‘lur. Dehqonlar boylar qo‘lidan qullik, asirlikdan qutulsa, hammasi bo‘lur. 
Yozayluk, qarindoshlar!.. 
___________________________ 
Ilk bor «Sadoi Farg‘ona» gazetasining 1914 yil 10-, 13-, 23-sonlarida «Cho‘lpon» 
imzosi bilan e’lon qilingan. Keyin 2000 yili «Turkiston matbuot tarixi (1870 – 1917)» 
kitobida qayta nashr etilgan. 
«Sadoi Farg‘ona» gazetasi asosida nashrga tayyorlandi. 


289 
Ziroat – ekin ekish, dehqonchilik. 
Darj qilub – qayd etib. 
Manbatlik – unumdorlik. 
«Sado»miz – «Sadoi Farg‘ona» gazetasi nazarda tutilmoqda. 1914 – 1915 yillarda 
Qo‘qonda ma’rifatparvar tadbirkor Obidjon Mahmudov noshirligi va muharrirligida 
nashr etilgan. 
«Oynak»imiz – M.Behbudiyning «Oyna» jurnali nazarda tutilmoqda. 1913 – 1915 
yillarda chiqarilgan. 

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish