75
o‗rganiladi. Bunda ushbu konsepsiyalar nuqtai nazaridan inson organizmiga psixik
faoliyatning qandaydir «sig‗imi» sifatida o‗rin ajratiladi. Bunday fikrlarni bizlar
ko‗proq psixik hodisalarning diniy kelib chiqishini e‘tirof etuvchi mualliflar
ishlarida uchratamiz.
Biologik konsepsiyalarda psixik nisbat organizm taraqqiyotidan keyin sodir
bo‗ladigan hodisaning chiziqli funksiyasi sifatida o‗rganiladi. Bu konsepsiyalarga
asosan, inson xossalari va holatlari, psixik jarayonlarning
barcha xususiyatlari
biologik tuzilishning xususiyatlari bilan belgilanadi, ularning taraqqiyoti esa
biologik qonunlarga bo‗ysunadi. Ko‗p hollarda bu konsepsiyalarda psixik
taraqqiyotni tushuntirib berishda asosiy biogenetik qonun – rekapitulyasiya qonuni
qo‗llaniladi, bu qonunga ko‗ra, individ taraqqiyoti o‗zi tegishli bo‗lgan tur
evolyusiyasining asosiy ko‗rinishlarida amalga oshiriladi. Ushbu e‘tirofning
ifodalanishi ruhiyatning tabiatda mustaqil hodisa sifatida mavjud bo‗lmasligi,
barcha ruhiy hodisalarni biologik (fiziologik) tushunchalar yordamida ta‘riflash
yoki tushuntirish mumkinligi haqidagi fikr hisoblanadi. Bunday nuqtai nazarning
fiziologlar o‗rtasida juda keng tarqalganligini alohida ta‘kidlab o‗tish zarur.
Masalan, I.P. Pavlov ushbu nuqtai nazarning tarafdori edi.
Bir qator ijtimoiy konsepsiyalar mavjud bo‗lib, ular ham rekapitulyasiya
g‗oyasidan kelib chiqadi, lekin bunda u o‗zgacha tarzda namoyon bo‗ladi. Ushbu
konsepsiyalarda individning konspektiv shaklda psixik rivojlanishi jamiyat tarixiy
rivojlanishi, avvalambor, ma‘naviy hayot, madaniyatning taraqqiyoti jarayonining
asosiy bosqichlarini amalga oshirishi o‗z tasdig‗ini topgan.
SHunga o‗xshash konsepsiyalarning mohiyatini V.
SHtern yanada yorqin
tarzda ifodalagan. U taklif etgan ta‘limotda rekapitulyasiya tamoyili ham
hayvonlar psixikasi evolyusiyasini, ham jamiyat ma‘naviyatining taraqqiyoti
tarixini qamrab oladi. Uning yozishicha: «Inson individi go‗daklik davrining
birinchi oylarida tuban hissiyotlarning ustunligi holatidagi anglanmagan refleksli
va impulsli mavjudligi bilan sut
emizuvchi bosqichini egallaydi; ikkinchi yarim
yillikda tutish va har tomonlama taqlid qilish faoliyatini rivojlantirib, yuqori sut
emizuvchi – maymun darajasiga etadi, va ikki yoshda gavdani tik tutib yurish va
nutqni egallagandan so‗ng oddiy insoniy holatga erishadi. O‗yin
va ertaklarning
birinchi besh yilligida u ibtidoiy halqlar bosqichida turadi. So‗ngra maktabga
o‗qishga kirish, ijtimoiy bir butunlikka ma‘lum majburiyatlar bilan shiddatli tarzda
kirib boradi, - bu insonning davlat va iqtisodiy tashkilotlarga ega bo‗lgan
madaniyatga a‘zo bo‗lishining ontogenetik taqqoslanishidir. Maktab davrining
birinchi yillarida ko‗hna va qadimgi olamning oddiy mazmuni bola ruhiga o‗ta
mutanosibdir, o‗rta maktab yillarida diniy madaniyatga berilish qirralari kuzatiladi,
faqat etuklik davrida YAngi davr madaniyati holatiga mos keluvchi ma‘naviy
76
darajalarga erishiladi»
14
.
Lekin, fikrimizcha, bunday o‗xshashliklar keltirilganida,
har bir jamiyatda
tarixiy rivojlanib, har bir ijtimoiy-tarixiy tuzilmada o‗ziga xos bo‗lgan ta‘lim va
tarbiya tizimini hisobga olish zarur. Bunda odamlarning har bir avlodi jamiyatning
ma‘lum bir rivojlanish bosqichiga to‗g‗ri kelib, o‗sha bosqichda tarkib topgan
ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. SHuning uchun insonga o‗z taraqqiyotida bosib
o‗tilgan tarixiy bosqichlarni qisqartirilgan ko‗rinishda takrorlab o‗tirish shart emas.
Odamning ma‘lum biologik tur vakili sifatida dunyoga kelishini hech kim
tomonidan inkor etilmaydi. SHu bilan birga, inson ma‘lum ijtimoiy muhitda
tug‗ilgani uchun faqat biologik ob‘ekt sifatida emas, balki, ma‘lum jamiyat vakili
sifatida ham rivojlanadi. Bu kabi ikki qarash doimiy ravishda o‗zaro ta‘sirda
bo‗lganliklaridan psixologiya uchun o‗zaro aloqalarining
xususiyatini aniqlash
muhimdir.
Odamning psixik taraqqiyoti qonuniyatlari ustida olib borilgan ko‗p sonli
tadqiqotlar individ psixik taraqqiyotining boshlang‗ich sharti uning biologik
rivojlanishi, deb hisoblash imkonini beradi. Individ ruhiy taraqqiyotining asosi
bo‗lgan ma‘lum biologik xossalar va fiziologik mexanizmlar to‗plami bilan
dunyoga keladi. Lekin bu shartlar odam insonlar jamiyati sharoitida mavjud
bo‗lgandagina amalga oshishi mumkin.
Inson ruhiy taraqqiyotidagi biologik va ijtimoiy nisbatning o‗zaro faoliyati va
o‗zaro ta‘siri muammosini ko‗rib chiqib, odam tuzilishining uch darajasini ajratish
mumkin, bular:
biologik daraja, ijtimoiy daraja va ruhiy darajalardir. SHunday
qilib, shuni ko‗zda tutish lozimki, gap uchlikdagi: «biologik – ruhiy – ijtimoiy»
o‗zaro ta‘sirlashuv haqida ketadi. Boshqacha aytganda, shaxs tuzilishidagi
biologik – ruhiy – ijtimoiylik uzluksiz birlikni tashkil etadi.
Mashhur rossiyalik ruhshunos B.F. Lomov, shaxs shakllanishi muammosini
tadqiq qilib, shaxsdagi biologik va ijtimoiy nisbatning barcha murakkabligi va turli
mohiyatliligini ochib berishga harakat qildi. Uning
bu muammoga qarashlari
quyidagi asosiy fikrlarga borib taqaladi. Birinchidan, individ taraqqiyotini tadqiqi
etib, alohida ruhiy vazifalar va holatlar tahlili bilan chegaralanib bo‗lmaydi.
Barcha ruhiy vazifalar shaxs shakllanishi va taraqqiyoti ma‘nosida ko‗rib chiqilishi
lozim. SHu munosabat bilan biologik va ijtimoiy nisbat muammosi organizm va
shaxs nisbati muammomi sifatida namoyon bo‗ladi. Ikkinchidan, shuni nazarda
tutish lozimki, bu tushunchalardan biri biologik fanlar doirasida,
ikkinchisi esa
ijtimoiy fanlar doirasida shakllangan. Lekin ikkovi ham odamga ham Homo
sapiens turining vakili sifatida, ham jamiyat a‘zosi sifatida munosabatda bo‗ladi.
SHu bilan birga, bu tushunchalarning har birida inson xususiyatlarining turli
14
Штерн В. Основы генетики человека. М., 1965. Б.113.