O‘zini anglash, o‘zini baholash va
shaxsiy da’vogarlik darajasi.
insonda yangi ehtiyoj yuzaga kelib, dolzarblashganida, uning yaxlit ehtiyojlar
darajasi ham qaytadan tuziladi.
Maslou fikricha, o‗zini dolzarblashtirish — bu doimiy taraqqiyot va o‗z
imkoniyatlarini amaliyotga joriy etish jarayoni. Maslou o‗zini dolzarblashtirish –
tug‗ma hodisa bo‗lib, inson tabiatiga kiradi deb hisoblaydi. Inson yaxshilik,
ahloqiylik, samimiylikka bo‗lgan ehtiyojlar bilan tug‗iladi. Ular insonning asosini
tashkil etadi, va odam bu ehtiyojlarni joriy qilishni bilishi kerak bo‗ladi.
Rossiya psixologiyasida shaxs sohasida ma‘lum bo‗lgan tadqiqotlar L.S.
Vigotskiy maktabi vakillarining nazariy ishlari bilan bog‗liq. SHaxs muammosini
hal etishga A.N. Leontev va L.I. Bojovich katta hissa qo‗shganlar.
L.S. Vigotskiy, L.I. Bojovich tomonidan kiritilgan etakchi faoliyat va
taraqqiyotning ijtimoiy vaziyati tushunchalariga tayanib ish ko‗rish bola
hayotining turli davrlarida faoliyatning o‗zaro ta‘siri va shaxslararo muloqotning
murakkab dinamikasida ichki nuqtai nazar deb ataladigan dunyoga ma‘lum nigoh
bilan qarash shakllanishini ko‗rsatdi. Bu nuqtai nazar shaxsning muhim
xususiyatlaridan biri, faoliyat etakchi motivlari yig‗indisi sifatida tushuniladigan
taraqqiyotning sharti bo‗lib hisoblanadi.
A.N. Leontev o‗zining markaziy o‗rinni faoliyat tushunchasi egallagan shaxs
tuzilishi va taraqqiyoti konsepsiyasini taklif etdi. L.I. Bojovichning konsepsiyasiga
o‗xshash, bu konsepsiyada ham, shaxsning asosiy ichki xususiyati shaxsning
motivatsiya sohasi bo‗lib hisoblanadi. Uning nazariyasidagi muhim tushuncha
inson faoliyati maqsadlarining uning motivlariga, ya‘ni, ayni damda bevosita
qo‗zg‗atuvchiga yo‗nalganlikka bo‗lgan munosabatini ifodalovchi shaxsiy
mohiyatdir. SHaxsga tegishli bo‗lgan faoliyat turlari qanchalik keng, turli-tuman
bo‗lsa, ular shunchalik taraqqiy etgan va tartibli, shaxsning o‗zi esa shunchalik
ma‘nan boy bo‗ladi.
Xulosa o‗rnida, shaxs bo‗yicha tadqiqotlar hozirda ham faollik bilan olib
borilayotganini ta‘kidlab o‗tish joiz. Hozirgi zamon tadqiqotlarining muhim
xususiyati nazariy qarashlar eksperimental tadqiqotlar asosida shakllanishidan
iborat.
Ijtimoiy
munosabatlar
tizimida
odamlar
bilan
o‗zaro
muloqotga
kirishgandan so‗ng inson o‗zini atrofdagi
muhitdan ajratadi, o‗zidagi jismoniy va
ruhiy holatlar, harakatlar va jarayonlarning sub‘ekti sifatida his etadi, shaxsan o‗zi
uchun «boshqalar» qarshisida turgan, shu bilan birga, ularga bevosita bog‗liq
bo‗lgan «Men» sifatida namoyon bo‗ladi. SHaxsan «Men» mavjudligining
sub‘ektiv kechinmasi, avvalambor, insonning hozirgi, o‗tgan zamon va kelajakda
86
shaxsan o‗ziga nisbatan o‗zining
Do'stlaringiz bilan baham: |