Collegium humanum varshava menejment universiteti andijon filiali psixologiya



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/470
Sana18.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#451826
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   470
Bog'liq
PSIXOLOGIYA O`UM - 2021 Varshava

o‘zini baholash
darajasi hisoblanadi. Bolaning kattalar va boshqa odamlar, bolalar bilan o‗zaro 
munosabatlarga kirishishi natijasida unda o‗zi haqida tasavvur paydo bo‗ladi. 
Lekin o‗zini baholashning shakllanishi nizolilarsiz o‗tmaydi. Ko‗p hollarda 
atrofdagilarning baho berishi o‗zini baholash bilan mos kelmaydi. Inson ko‗pda 
atrofdagilar bahosini qabul qilish yoki o‗z fikrida qolishdan birini tanlay olmay, 
qiyin ahvolda qoladi. Murakkab «solishtirish» jarayoni sodir bo‗ladi, buni Rodjers 
«jonli baholash jarayoni» deb ataydi, chunki dastlab baholash manbai bola 
organizmida bo‗lib o‗tadi, ya‘ni, bu erda biz yana bir bora tug‗ma sifatlar 
tushunchasi bilan to‗qnashamiz. 
Psixologiyadagi umuminsoniy yo‗nalishning boshqa vakili amerikalik 
ruhshunos Abraxam Xarald Maslou bo‗ladi. Uning nuqtai nazariga ko‗ra, 
insonning asosiy ehtiyoji – bu o‗zini dolzarblashtirish, o‗zini mukammallashtirish 
va o‗zini namoyon etish. A. Maslouning yozishicha: «O‗zini dolzarblashtiruvchi 
odamlarning barchasi qandaydir faoliyat bilan mashg‗ul bo‗ladi … Ular bunga 
berilgan bo‗lib, ular uchun bu ish juda qadrli – bu o‗ziga xos layoqat»
15
. Bunday 
turga mansub odamlar yuksak qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar (ular 
ichida – yaxshilik, haqiqat, insoflilik, go‗zallik, haqqoniylik, etuklik va boshqalar), 
bunday odamlar uchun bular hayotiy muhim ehtiyoj bo‗lib xizmat qiladi. SHaxs 
tuzilishi Maslou bo‗yicha tartibli tizimdan yoki ehtiyojlar darajasidan iborat. Bu 
ehtiyojlarni tubandan yuqoriga sanab o‗tamiz: fiziologik (organik) ehtiyojlar, 
xavfsizlikka bo‗lgan ehtiyojlar, mansublilik va muhabbatga bo‗lgan ehtiyojlar, 
hurmat qilish ehtiyojlari, bilish ehtiyoji, estetik ehtiyoj va o‗zini dolzarblashtirish 
ehtiyojlari. 
YUksak taraqqiy etgan shaxs insonda mavjud bo‗lgan o‗zining barcha 
qobiliyatlarini to‗la rivojlantirish, ma‘nan o‗sish va ahloqiy yuksalishga intilish 
kabi dolzarblashtirish ehtiyojlari bildiradigan xususiyatga ega bo‗ladi. 
Inson ehtiyojlar darajasi va u yoki bu ehtiyojning shaxs tuzilishida egallagan 
o‗rnining o‗zgarishini belgilovchi quyidagi qonunlar mavjud: yuqoriroq darajadagi 
ehtiyojlar insonning quyiroq darajadagi ehtiyojlari oz darajada bo‗lsa, ham 
qondirilgan holatdagina yuzaga kelib, muhim va dolzarb ehtiyojga aylanadi; agar 
15
Маслоу В. Самоактуализация// Психология личности: тексты. М., 1982. Б.110. 


85 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   470




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish