yo‘nalganligi
ostida uning tanlash xususiyati, ya‘ni,
sub‘ekt uchun ahamiyatli bo‗lgan aniq jismlar, hodisalarni atrof-muhitdan ajratib
olish yotadi. yo‗nalganlik tushunchasiga, shuningdek, ma‘lum vaqt oralig‗ida
psixik faoliyatni saqlab qolish ham kiritiladi.[1]
Diqqatning boshqa xususiyati uning faoliyatga u yoki bu darajada
chuqurlashganligini tushuntirib beruvchi
jamlanganligi
dir. vazifa qanchalik
murakkab bo‗lsa, diqqatning jadalligi va zo‗riqishi shunchalik kuchli bo‗lishi
kerak, ya‘ni, bunda faoliyatga chuqur kirib borish talab etiladi. ikkinchi tomondan,
jamlanganlik boshqa yot narsalardan chalg‗ish bilan bog‗liq. aks holda, yot
narsalardan chalg‗iy olmay qolsangiz, vazifani bajarishingiz qiyinlashadi.
Yo‗nalganlik va jamlanganlik bir-biri bilan o‗zaro uzviy bog‗liq.
diqqatingizni biror-bir narsaga yo‗naltiradigan bo‗lsangiz, bir vaqtning o‗zida
diqqatingizni unda jamlagan bo‗lasiz. va aksincha, biror-bir narsada jamlansangiz,
o‗z ruhiy faoliyatingizni unga yo‗naltirgan bo‗lasiz. diqqatning yo‗nalganligi bir
mashg‗ulotdan ikkinchisiga o‗tish bilan, jamlash esa – mashg‗ulotda chuqurlashish
bilan bog‗liq.
Diqqatning inson psixik faoliyatida tutgan o‗rnini tushunish uchun
o‗zingizni biror-bir jismlar guruhiga qarayotgandek tasavvur qiling. ko‗rish
maydoningizning markazida joylashgan ba‘zi bir jismlar aniqroq, ko‗rish
maydoningizning chetida turganlari esa aksincha idrok etiladi. shunga o‗xshash
hodisani ongimizga nisbatan ham tuzish mumkin: faoliyatimiz mohiyati
ongimizning markazini egallagan bo‗ladi; ahamiyatga molik bo‗lmaganlari esa
ongimizdan chetga surilib qoladi. lekin boshqacha ham bo‗lishi mumkin: siz
qandaydir jismga qaragan holda, umuman, boshqa narsa haqida o‗y surasiz. bunda
ongingizning «markaziy maydoni» ko‗rayotganingiz bilan emas, o‗ylayotganingiz
bilan band bo‗ladi.
Ongimizni grafik tarzda tasvirlaydigan bo‗lsak, biri ikkinchisiga joylashgan
ikki aylana ko‗rinishida chizish zarur. katta aylana aniq bo‗lmagan ong, kichik
aylana esa, – aniq ong yoki diqqat deb ataladi.[2]
Psixik bilish jarayonlarining yo‗nalganligi va tanlash xususiyati diqqat bilan
bog‗liq. diqqat bilan idrokning aniqligi va izchilligi, xotiraning mustahkamligi va
tanlash xususiyati, aqliy faoliyatning yo‗nalganligi va samaradorligi, qisqasi,
umuman bilish faolligining sifati va natijalari aniqlanadi.
Perseptiv jarayonlar uchun diqqat tasvirlar chizgilarini farqlash imkonini
beruvchi o‗ziga xos kuchaytirgich bo‗lib hisoblanadi, inson xotirasi uchun diqqat
165
Do'stlaringiz bilan baham: |