166
qo‗zg‗alish u bilan bir vaqtda sodir bo‗lgan kuchsiz qo‗zg‗alishni siqib chiqaradi
va psixik faoliyatning muvofiq yo‗nalishda kechishini belgilaydi. lekin bir
vaqtning o‗zida ta‘sir ko‗rsatib, bir-birini kuchaytiruvchi bir yoki ikki
seskantiruvchilarning qo‗shilish ehtimoli ham mavjud.[2]
Diqqatning fiziologik asoslari haqida gap yuritilganida,
yana ikki muhim
hodisa: nerv jarayonlarining irradiatsiyasi va dominantlik haqida aytib o‗tish joiz.
ch.sherrington tomonidan belgilangan va akademik i.p. pavlov tomonidan keng
qo‗llanilgan nerv jarayonlarining induksiyasi qonuniga binoan, bosh miya
po‗stlog‗ining biror sohasida yuzaga keladigan qo‗zg‗alish boshqa sohalarining
tormozlanishiga sabab bo‗ladi (baravar induksiya)
yoki miya ushbu sohasining
tormozlanishi bilan almashinadi (ketma-ket induksiya). irradiatsiya hodisasi sodir
bo‗ladigan bosh miya po‗stlog‗i sohasida qo‗zg‗alish uchun qulay sharoitlar
yaratilgani uchun darajalar oson ishlab chiqariladi, yangi shartli aloqalar samarali
tarzda o‗rnatiladi. bu fiziologik jarayonlar diqqatni ta‘minlaydi.
23
A.A.Uxtomskiy tomonidan oldinga surilgan dominantlik tamoyiliga ko‗ra,
miyada doimo ma‘lum vaqt ichida nerv markazlari faoliyatini belgilab beruvchi va
shu bilan inson hulq-atvoriga ma‘lum yo‗nalganlik bag‗ishlovchi qo‗zg‗alishning
vaqtincha hukmron o‗chog‗i mavjud bo‗ladi.
dominantlik xususiyatlariga
asoslangan holda nerv tizimiga keluvchi impulslar to‗planadi va jamlanadi, shu
vaqtning o‗zida boshqa markazlar faolligi susayadi, buning hisobiga qo‗zg‗alish
kuchaytiriladi. bu xossalarga binoan, dominantlik qo‗zg‗alishning barqaror
o‗chog‗i hisoblanadi, bu esa o‗z navbatida diqqat jadalligini mustahkamlovchi nerv
mexanizmini tushuntirishga imkon yaratadi.[1]
Shunday bo‗lsada, nerv
jarayonlari induksiyasi qonuni, na dominantlik
ta‘limoti diqqatning, ayniqsa, ixtiyoriy diqqatning mexanizmlarini to‗laligicha
ochib bera olmaydi. shuning uchun, hozirgi zamon fanining taraqqiyoti diqqatning
fizilogik mexanizmlarini tushuntirib berishga urinayotgan qator konsepsiyalarning
paydo bo‗lishiga olib keldi. hozirgi zamon tadqiqotchilari neyrofiziologik
jarayonlarga ko‗proq e‘tibor ajratadilar. sog‗lom odamlarda diqqatning zo‗riqishi
sharoitlarida miyaning istalgan sohasida biolektrik faollikning o‗zgarishlari yuzaga
kelishi aniqlandi. bu faollikni peshona sohasida joylashgan neyronlarning alohida
turi faoliyati bilan bog‗laydilar. neyronlarning birinchi turi – «yangilik
detektorlari» yangi rag‗batlar ta‘sirida faollashadilar va ularga o‗rganib
qolish
darajasiga ko‗ra faollikni kamaytiradilar. ulardan farqli ravishda «kutish»
neyronlari organizm dolzarb ehtiyojni qondirish qobiliyatiga ega bo‗lgan ob‘ekt
bilan uchrashganidagina qo‗zg‗aladilar.
23
Г.Югай. Н.Мираширова ―Умумий психология‖ Тошкент 134б
167
Shunday qilib, diqqat bir-biri bilan o‗zaro bog‗langan miya tuzilmalarining
yaxlit tizimi faolligi bilan ta‘minlanadi. diqqat fiziologik mexanizmlarining o‗ta
murakkab tuzilishi va uning tabiatiga nisbatan qarama-qarshi nuqtai nazarlar
diqqatning bir qator psixologik nazariyalarining paydo bo‗lishiga olib keldi.
Diqqatning nazariyalari orasida T.Ribo nazariyasi keng ommalashgan
nazariya hisoblanadi,
uning fikricha, diqqat har doim hissiyotlar bilan bog‗liq
bo‗lib, ular yordamida yuzaga keladi. uning fikriga ko‗ra, ixtiyoriy diqqatning
jadalligi va davomiyligi diqqat ob‘ekti assotsiatsiyalangan emotsional holatning
jadalligi va davomiyligi bilan ta‘minlaganligi sababli, t. ribo hissiyotlar va
ixtiyoriy diqqat o‗rtasidagi alohida uzviy bog‗liqlikni ko‗ra oldi [2].
Bundan tashqari, T.Ribo diqqat doimo organizmning jismoniy va fiziologik
holatlarining o‗zgarishlari bilan birgalikda kechishini uqtiradi. bunda diqqat
tabiatini tushuntirishda ribo harakatlarga alohida o‗rin ajratadi. uning fikricha,
diqqatning jamlanganlik holati organik reaksiyalar bilan birga diqqatni ma‘lum
darajada tutib turishning zaruriy sharti sifatida namoyon bo‗ladigan tana, yuz,
gavda, oyoq-qo‗llar qismlarining harakatlari bilan birgalikda kechadi.
biror-bir
ob‘ektda diqqatni jamlash va ushlab qolishga ketkaziladigan urinish har doim
fiziologik asosga ega bo‗ladi. bu holatga, riboning fikri bo‗yicha, mushak
zo‗riqishi mos keladi, diqqatning chalg‗ishi esa, mushak charchog‗i bilan bog‗liq
bo‗ladi. bundan kelib chiqadiki,
ixtiyoriy diqqat siri, ribo nuqtai nazariga ko‗ra,
harakatlarni boshqarish qobiliyatidan iborat. shuning uchun ushbu nazariya
Do'stlaringiz bilan baham: