4.3.1. Diqqatning mohiyati
xususiyatlari bilan tanishadilar. Navbatdagi, psixik rivojlanishning yuqori
darajalarida bolalar oz fursatda va ortiqcha harakatlarsiz idrok ob‘ektlarining
ma‘lum xossalarini tanib olish, shu xossalar asosida ularni bir-biridan farqlash
layoqatiga ega bo‗ladilar.
Idrok rivojlanishining muhim sharti
mehnat
dir, u bolalarda ijtimoiy foydali
mehnat shaklida, masalan, uydagi vazifalarini bajarish bo‗yicha, shuningdek,
chizish, yasash, musiqa, o‗qish va boshqalar bilan shug‗ullanishda namoyon
bo‗ladi. Bola uchun o‗yinda qatnashish ham ahamiyatlidir.
Katta odam bilan solishtirganda, yosh bola idrokining xususiyatlari qanday va
ular nimada namoyon bo‗ladi? Avvalambor, bola jismlarning fazoviy xossalarini
baholashda juda ko‗p xatoliklarga yo‗l qo‗yadi. Bolalarda, hatto, ko‗z bilan chiziqli
chamalsh kattalarnikiga qaraganda yaxshi rivojlanmagan. Masalan, chiziq
uzunligini idrok qilishda bolaning xatolari, katta odamnikiga qaraganda, taxminan
besh marta ko‗p bo‗lishi mumkin. Vaqt idroki yana ham ko‗proq qiyinchilik
tug‗diradi. Bola «ertaga», «kecha», «oldin» va «kechroq» kabi tushunchalarni juda
qiyinchilik bilan egallaydi. Bolalar jismlar tasvirini idrok qilishda ham
qiyinchiliklarga duch keladi. SHunday qilib, bola idrokining o‗ziga xos
xususiyatlari bola bilimining etishmasligi va unchalik katta bo‗lmagan amaliy
tajriba bilan belgilanadi. Vaqt o‗tishi bilan bu muammolar bartaraf etiladi va katta
maktab yoshiga kelib, bolalar idroki katta odam idrokidan sira farq qilmay qoladi.
Diqqat psixologik noyob hodisa bo‗lib,
hozirgacha ruhshunoslar u haqda yagona
fikrga ega emaslar. ba‘zi bir mualliflarning
fikriga ko‗ra, diqqat istalgan psixik jarayonda u yoki bu darajada ishtirok etganligi
sababli, mustaqil hodisa sifatida o‗rganilishi mumkin emas. boshqalar esa
diqqatning psixik jarayon sifatida mustaqilligini yoqlaydilar.
Bundan tashqari, diqqatning psixik hodisalarning qaysi sinfiga tegishliligi
haqida ham turli fikrlar mavjud. ba‘zilarning ta‘kidlashiga ko‗ra, diqqat – bu psixik
bilish jarayoni. boshqalar diqqat har bir faoliyatning zarur sharti ekanligiga,
diqqatning o‗zi esa ma‘lum iroda kuchlarining ifodalanishini talab etishiga
asoslangan holda, diqqatni iroda va insonning faoliyati bilan bog‗laydilar.[1]
Diqqat hodisasini tushuntirishning murakkabligi, uning «toza» ko‗rinishda
uchramasligidan iborat. diqqat o‗zining bilish mazmuniga ega emas, u faqat
boshqa bilish jarayonlari faoliyatiga xizmat ko‗rsatadi. shuning uchun diqqatni
bilish jarayonlarining o‗sish xususiyatlarini xarakterlovchi holat, psixofiziologik
jarayon sifatida o‗rganish zarur. diqqat o‗zi nima?
Diqqat
– bu psixik faoliyatning biror-bir ma‘lum narsaga yo‗nalganligi va
jamlanganligi. bu hayvonlar, shuningdek, inson diqqatlarining umumiy ta‘rifi.
164
insonga nisbatan
diqqat
ni ma‘lum ob‘ektlarga inson diqqatining, bir vaqtning
o‗zida boshqa ob‘ektlardan chalg‗igan holda, yo‗nalganligi va jamlanganligi
sifatida o‗rganish mumkin. bu ta‘rifdan diqqatning ahamiyatga molik belgilari
uning yo‗nalganligi va jamlanganligidan iborat ekanligi kelib chiqadi.
Psixik faoliyatning
Do'stlaringiz bilan baham: |