Inkor etish.
Inson unga og‗riq beruvchi voqelikka e‘tiborsizlik bilan,
o‗zini xuddi muammo mavjud emasdek tutadi.
2.
Ko‘chirish
– hissiyot ob‘ektini xavfsizrog‗iga almashtirish. Aslida
hissiyotlarning paydo bo‗lishiga umuman boshqa odam sabab bo‗lsada, inson
muhabbat, nafrat, raqobatchilik haqida mulohaza yuritadi.
3.
Sublimatsiya
– jinsiy mayllar bilan bog‗liq harakatlarni yuksak
maqsadlarga, masalan, ijodkorlikka safarbar qilish.
4.
Proeksiya
– inson o‗zining shaxsiy ong uchun maqbul bo‗lmagan ichki
sezgi va istaklarini boshqa odamlarga o‗tkazishidan iborat bo‗lgan himoya
mexanizmi. Boshqalarni, aynan, shuning uchun ayblaydi.
5.
Do'stlaringiz bilan baham: |