Bog'liq 5 мавзу Чов ва чов- ерғоқ чурралари. Крипторхизм, варикоцеле, мояк истисқолари.
Qisilish va strangulatsiya. Siqilgan churra churra qopining tash- kil etuvchilari (odatda o‘g‘il bolalarda - ichak, qiz bolalarda esa - tu- xumdon, fallopiyev nayi yoki ichak) qorin bo shligiga sig‘maganida rivojalanadi. Siqilish ko‘pincha (70 %) 1 yoshgacha boigan kichik bolalarda paydo boiadi. Hayotning 8 yoshida yoki ancha katta bolganda qisilishning ehtimoli juda kam boiadi. Qisilish tasviri o‘z ichiga birdaniga bezovta bolish, qorinda kuchli og‘riqlar, ba’zan oldin bez qorishmasiga ega bolmagan qusish, lekin keyinchalik qusish ancha intensiv boladigan, va quski massasida nafaqat bezning qorishmasi, balki qisilishning uzoq vaqt bolishida strangulyatsiya haqida xabat beradigan hatto ichak tarkibi hain paydo boladigan ho- latlarni o‘z ichiga oladi. Chov sohasining zararlangan tomonini ko‘rib chiqqanda faqat chov sohasida joylashadigan yoki mayokka tarqali- shi mumkin boigan yetarlicha zich hosila aniqlanadi. Odatda bolaga oldin churra tashxisi qo‘yilgan, yoki ota-onalar shifokorga murojaat qilishmagan, lekin o‘zlari chov sohasida bo‘rtishning davriy hosil bolishini kuzatishgan. Kamdan kam holatlairda qisilish churraning birinchi namoyon boiishi hisoblanadi.
Patofiziologik nuqtayi nazardan qisilish chov kanalinmg yopiq sohasida joylashadigan a’zolarning tobora hosil boladigan shishi natijasida rivojlanadi, bu venoz va limfatik oqimning buzilishiga va keyinchalik shish va ezilishning oshishiga olib keladi. Oxir-oqibat kanaldagi bosim arterial perfusion bosimdan oshishni boshlaydi va churra tarkibining nekroz va gangrenasi boshlanadi. Ko‘rsatilgan sirkulyatorli buzilishlarining rivojlanishida churrali bo‘rtishlar ancha zich va og‘riqli bo‘ladi. Giperemiya va churra bo‘rtishi ustidan teri- ning shishi paydo boladi. Bolaning umumiy holati yomonlashadi. Yuqorida aytilgan barcha o‘zgarishlar bo‘lganida «strangulyatsiya» termini qo‘llaniladi. Bu keskinlashuv darhol operativ muolajani boshlashni talab qiladi. Biroq ichakning qon aylanishidagi buzilish- lari natijasida rezeksiyasiga zaruriyat -0-1,4 % holatlarda juda kam paydo bo‘ladi.
Churraning strangulyatsiya omillarisiz shishi 80 % holatlarda operativ bolmagan yo‘l bilan yo‘qotilishi mumkin, bu suyuqlik terapiyasini o‘tkazisb, bolaning holatini yaxshilash imkonini beradi, churra qopi va tizimchasining shishi kamayishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida keyinchalik churraning kesilishini texnik jihatdan oson va ancha xavfsiz qiladi. Qon ay lanishining buzilishi yoki nekrozda ichakni to‘g‘rilashning deyarli iloji yo‘q, shuning uchun agar churrani to‘g‘rilashga erishilsa, unda bu qon aylanishining buzilishlari yo‘qligini bildiradi.
Nooperativ to‘g‘rilash quyidagi asosiy komponentlardan tashkil topgan: sedatatsiya (odatda, parenteral kiritiladigan preparatlar bilan), bolaga tananing pastki qismi ko‘tarilgan holatni berish va shishni qaytarish maqsadida churra bo‘rtgan joyiga sovuq narsaning (muz) qo‘yilishi. Chaqaloqlar va muddatidan oldin tug‘ilgan kichik bolalarda gipertoniyaning rivojlanish xavfi tufayli muzni juda ehti- yotlik bilan qoilash kerak.
Churrani to'g‘rilash uchun sedatatsiya (mushak yoki vena ichi) ko‘pchilik bolalar jarrohi tomonidan qoMlaniladi. Quyidagi pre- paratlarni shu maqsadlar uchun qo‘llashadi: meperidine (Demerol) 1-2 mg/kg m/o; pometazin (pipofen) 1 mg/kg m/o; xlorpromazin (aminazin) 0,5 mg/kg m/o; midazolam (Versed) 0,05-0,1 mg/kg m/o yoki sekin v/i; fentanyl 2-10 mg/kg m/o yoki sekin v/i va morfin 0,1 mg/kg m/o yoki sekin v/i.
Aytib o‘tilgan kuchli sedativ preparatlar bemorga faqatgina bu vosi- talaming ehtimoli bo‘lgan teskari ta’siri haqida biladigan shifokorlar tomonidan bemor e’tibor bilan kuzatilgan sharoitda kiritilishi kerak. Monitoring va pulsosksimetriyani o‘tkazish lozim. Kislorod berish, aspiratsiya va reanimatsiya qilish kerak bo‘ladigan holatlar uchun barcha uskunalar tayyor turishi kerak. Ko‘rsatilgan preparatlami, ayniqsa, muddatidan oldin tug‘ilgan bolalar, degidratatsiya omillari bo‘lgan yoki hushdan ketgan holatda bo‘lgan bemorlarda qoc Hash xavfli, chunki bunday bolalarda nafasning siqilishi yoki apnoe paydo bo‘lishi mumkin.
Agar churra manual to‘g‘ri1ashning ehtiyotkor urinishlariga qaramasdan, 1-2 soat davomida to‘g‘rilanmasa, zudlik bilan jarrohlik muolajasini o‘tkazish ko‘rsatilgan. Operatsiyaning keyinchalik chetga surilishi churra qopchasi tarkibining va ko‘pincha bolalarda tuxumdonning yashashga qodirligi uchun xavf soladi. Operatsiya prinsiplari deyarli oddiy churrani kesishga, ba’zi qo‘ shimchalar qo ‘ shilgandagidek bo‘ladi. Churrani narkoz kiritilganidan so‘ng manual to‘g‘rilashga urinmaslik kerak, chunki operatsiya vaqtida churra qopchasi tarkibini baholash muhim. Ba’zi holatlarda churra churra qopchasini ochgun- cha birdaniga to‘g‘rilanadi. Agar bunda tarkib (yiring) gemorragik va yoqimsiz hidga ega boMmasa, ichki halqaga bevosita yotadigan ichak ilmog‘i nekroz alomatlarisiz bo‘lsa, unda laparotomiyani amalga oshirish kerak emas. Agar churra tarkibi birdaniga to‘g‘rilanmasa, unda qopni ochishadi va unda joylashgan a’zolami reviziyalashadi.
Agar ichak yashovchan bo‘lsa, unda uni qorin bo‘shlig‘iga chov kanalining ichki halqasi orqali to‘g‘rilashadi, bu (to‘g‘rilashni oson- lashtirish uchun) halqaning kesilishi yoki uni ilmoqlar yordamida kengaytirilishini talab qilishi mumkin. Yashovchanligiga shub- ha bo‘lganida ichakni uni yaraga chiqargandan va charvi ezilishi yo‘qotilgandan so‘ng issiq salfetkalar bilan isitish kerak. Agar arterial pulsatsiya va peristaltika paydo bo‘lmasa, yashovchanlik esa shubha ostida bo‘lsa, yoki agar churra qopini ochilishi bilan ichakning yasha- masligi ay on ko‘rinsa, anastomoz yotqizish bilan rezeksiyani amalga oshirish kerak. Garchi ko‘pchilik jarrohlar bu operatsiyani churra kesilishi uchun o‘tkazilgan yarada amalga oshirishga urinsada, biz bu holatda yashovchan bo‘lmagan ichakni qorin bo‘shlig‘iga olib qo‘yib, qorin devorining atohida kesilishidan foydalanishni ma’qul ko‘ramiz.
Qisilgan churrada churra kesilishining tugashi shishlar, shuningdek, churra qopi tikilganda oson «yirtilishi», urug‘ tizimchasi ele- mentlari esa juda noaniq bo‘lishi bilan bogiiq qiyinchiliklar bilan kelishi mumkin. Shuning uchun ajratishdatomirlarvaurug‘ chiqarish yolini shikastlamaslik va qopni tikishda urug‘ tizimchasi element- lariga «suqib olishlardan» qochish uchun juda ehtiyot bo‘lish kerak.
Qisilish yoki strangulatsiyada churra tarkibining ezilishi tuxum qon aylanishining buzilishiga juda tez olib kelishi mumkin, buning ustiga agar bu ezish davomiy boisa, unda natijada ba’zan tuxum atrofiyasi rivojlanadi. Bu keskinlashuvning chastotasi 2,6 dan 5 % orasida boiadi. Biroq qisilgan churra bo‘yicha operatsiya vaqtida tuxum, ko‘pincha sianotik ko‘rinishda boiadi (29 %gacha), lekin, yaxshiyamki, qisilishning qaytarilishi va ezilishto‘xtatilgandan so‘ng tuxum qon aylanishi, odatda, tiklanadi. Tuxumning yashovchanligi shubha ostida bolganida uni olib tashlamaslik kerak. Bunday holatlarda tuxumni moyakka tushurib, operatsiyani yakunlashadi.