Qora-ola zot. Bu zotning rangi qora-ola bo‘lib, nasldor buqalari 850-950 kg, sigirlari 500-550 kg tosh bosadi. Sigirlari yiliga 3500-4200 kg sut beradi. Su- tining yog‘dorlik darajasi 3,7%, oqsil - 3,15-3,40%. Bu zot sobiq sssming barcha zona va tumanlariga keng tarqalgan. Jumladan, 0 ‘zbekistonning barcha tuman va viloyatlarida boqiladi. Bu zotning nihoyatda sersut sigirlari respublikamizning «malik», «chinoz», «qizil shalola», « 0 ‘zbekiston» kabi xo‘jaliklarda boqiladi. Bu xo‘jaliklardagi ayrim sersut sigirlar yog‘dorligi 3,8- 3,9% bo‘lgan, 4500-5000 kg va hatto 8000 kg sut be- rishi aniqlangan.
Qizil cho‘l zoti. Bu zot Ukrainaning Zaporoje viloyatida yaratilgan. Rangi qizil, to‘q qizil va sariq- qizil aralash holda bo‘ladi. Sigirlarining vazni 400-
450 kg, buqalari 800-1200 kg tosh bosadi. Bu zot 0 ‘zbekistonning xorazm, qashqadaryo, surxondaryo, samarqand, jizzax, buxoro va navoiy viloyatlari hamda qoraqalpog‘iston xo‘jaliklarida keng tarqalgan.
Bushuev zoti. Bu zot 0 ‘zbekistonda yaratilgan yagona zot hisoblanadi. U o‘lka sharoitiga yaxshi moslashgan. Rangi oq, qulog‘i qora yoki jigarrang. Ba’zan ko‘z atrofi qora (ko‘zoynaksimon) tuklar bilan o‘ralgan. Ko‘pincha tanasining ayrim yerlarida parcha- parcha mallarang, qora, qizil dog‘lar ham uchrab turadi. Sigirlarining vazni 380-400 kg, buqalari 700-750 kg. Sutdorligi o‘rtacha 2400 kg. Sersut sigirlari yiliga 3500-4700 kg atrofida sut berishi aniqlangan. Sutidagi yog‘ miqdori 3,9-4,3 foiz, ba’zan bu ko‘rsatgich 5,5-5,6 foiz bo‘lishi sinab ko‘rilgan. Bu zot asosan 0 ‘zbekistonning sirdaryo viloyati xo‘jaliklarida boqi- ladi. Yuqorida ko‘rsatilgan zot qoramollardan tashqari boshqa respublikalarda ulaming xolmogor, yaroslav, jersey kabi zotlari ham boqiladi.
23
Q o‘sh mahsuldor qoramol zotlari (sersut-go‘shtdor va go ‘shtdor-sersut)
Shvits zoti. Bu zotning vatani shveytsariya bo‘lib, dunyo mamlakatlarida keng tarqalgan. Rangi qo‘ng‘ir, to‘q qo‘ng‘ir. Boshqa rangda uchramaydi. Sigirlarining vazni 450-500 kg, buqalariniki 770-800 kg. Sigirlari yiliga 3000-3800 kg, ba’zan 4000 kg atrofida sut beradi. Sutining yog‘dorlik darajasi 3,1—4,5 foiz. Go‘sht chiqimi semizligiga ko‘ra 50-60 foizni tashkil etadi. Bu zot 0 ‘zbekistonning farg‘ona vodiysi viloyatlarida, jizzax, samarqand viloyatlari xo‘jaliklarida ko‘proq boqiladi.
Olatov zoti. Bu zot qirg‘izistonda yaratilgan. Zot yaratishda shvits va kostroma zoti buqalaridan samarali foydalanilgan. Rangi qo‘ng‘ir. Sigirlarining vazni 500-550 kg, buqalariniki 800-900 kg, ayrim hollarda 1100-1200 kg tosh bosishi aniqlangan. Sigirlarining sutdorlik darajasi 3200-3800 kg, yog‘dorligi esa 3,8 foiz atrofidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |