Chorva, parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash



Download 388,29 Kb.
bet24/119
Sana12.03.2022
Hajmi388,29 Kb.
#492017
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119
Bog'liq
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov) (4)

G o‘shtning kim yoviy tarkibi va oziqaviy qiymati
Go‘sht o‘zining kimyoviy tarkibiga ko‘ra nihoyatda murakkab mahsulot hisoblanadi, u organik va anorganik moddalardan tashkil topgan. Organik moddalar oqsil, yog‘ va yog‘simon moddalar, uglevodlar, azotli eruv- chi moddalar va fermentlardan iborat. Anorganik mod- dalarga: suv va barcha turdagi mineral moddalar kira- di. Go‘shtdagi barcha moddalaming o‘zaro nisbati, hayvonlaming turi, zoti, yoshi, jinsi, semizlik darajasi va boshqa turdagi barcha omillarga bog‘liq.
Oqsillar - go‘sht tarkibidagi eng to‘yimli modda
bo‘lib, ulaming ko‘p qismi inson uchun nihoyatda zarur bo‘lgan eng qimmatli aminokislotalardan tashkil topgan.
Go‘sht tarkibida o‘rtacha 15-20% oqsil bo‘lib, undan taxminan 10-16% to‘la qimmatli oqsil hisob- lanadi. Oriq hayvon go'shtida oqsilning nisbiy miqdori semiz molning go‘shtidagiga nisbatan yuqori, biroq unda to'la qimmatli bo‘lmagan oqsil ko‘p bo‘lishi aniqlangan.
Go'shtdagi to‘la qimmatli oqsilning asosiy qis- mi muskul to‘qimasiga joylashganligi sababli uning oziqaviy qiymati yuqori darajada bo‘ladi. Muskul tolalarida asosan quyidagi to‘la qimmatli oqsillar ko‘proq uchraydi: nukleoproteidlar (yadroda), miozin, aktin, aktomiozin va tropomizozin (miofibrillarda), miogen, globulin, mioalbumin va mioglobin (sarkop-
49



lazmada). Mioalbumin va globulinlar biriktiruvchi to‘qima, kemirchak, suyak va yog‘ to‘qimalarida ham uchraydi.
Yog‘ va yog‘simon moddalar go‘shtdagi barcha
to‘qimalarda, asosan, yog‘ to‘qimasida uchraydi. Mol yog‘ining xususiyatlari (ta’mi, hidi, konsistentsiyasi, hazm bo‘lishi) uning tarkibidagi yog‘ kislotalarining nisbatiga bog‘liq ekanligi aniqlangan. Mol yog‘i, asosan, to‘yingan yog‘ kislotalari stearin, palmitin, miristin va to‘yinmagan - olein va linolevaya kislota- laridan tashkil topgan. Hayvon yog‘ida to‘yingan yog‘ kislotasi miqdori uning erish harorati darajasiga bog‘liq ekan. Aniqroq qilib aytilsa, yog‘da kislota miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, uning erish nuqtasi shuncha yuqori va hazm bo‘lishi shuncha tuban bo‘lar ekan.
Qo‘y yog‘ida to‘yinmagan yog‘ kislota miqdori molnikiga ko‘ra ko‘proq bo‘lganligi sababli, uning yog‘i erish harorati 44-55 gradusga to‘g‘ri kelsa, molniki - 40-50 gradus va cho'chqa yog‘iniki - 31-48 gradusga to‘g‘ri keladi.
Yog‘ go‘shtning mazasini yaxshilaydi va uning kaloriyasini ko'paytiradi. Lekin, yog‘ juda ko‘payib ketsa, uning ta’mi yomonlashadi va hazm bo‘lish xususiyati qiynalashadi. Umuman, go‘sht tarkibida oqsil va yog‘ bir xil (15-20 foizdan) bo‘lsa, uning mazasi va oziqlik qimmati yuqori bo‘lar ekan. Go‘sht tarkibidagi uglevod asosan jigar (2,7-5%) va muskul to‘qimasida to‘planadigan glikogen (hayvon kraxmali)dan tashkil topganligi aniqlangan.
Vitaminlar go‘sht tarkibida kamroq uchrashi tajribalarda aniqlangan. Lekin, tiamin (v,), riboflavin (v2), kobalamin (v|2), nikotin kislotasi va biotin - n, xolin vitaminlari va pantogen kislotasi muskul to‘qima- sida ko‘p miqdorda bo‘lar ekan. Shuningdek, cho‘chqa yog‘ida e vitamini uchrar ekan.
50



Olib borilgan kuzatuvlarga qaraganda go‘sht tar- kibida 48-78 foiz suv bo‘lar ekan. Yog‘ to‘qimasida esa 2-2,5 foiz bo‘lishi aniqlangan. Mineral moddalar barcha turdagi mol go‘shtida 0,8-1,3 foiz atrofida bo‘lishi va ular asosan kaliy, kalsiy, natriy, fosfor, oltingugurt, te- mir kabi moddalardan iborat ekanligi ham kuzatuvlar natijasida aniqlangan.

Download 388,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish