Amaliy mashg’ulot
Modda, oddiy va murakkab moddalar
Tabiiy fanlardagi «Jismlar, moddalar va tabiat hodisalari» mauzusida jonli va jonsiz tabiatdagi narsalar jism deb atalishini, shu jismlar uch xil (qattiq, suyuq va gaz) holatda bo’lishi, ayniqsa biologiya fanlarida “Urug’ning tarkibi” mavzusida o’simlik organizmida organik va mineral moddalar, xususan, kraxmal, oqsil va yog’ moddalar bo’lishi, shuningdek fizika fanidagi “Jism, modda, materiya” mavzusida fizik jismning tarkibini tashkil etgan narsa modda deyilishi hammaga ma’lum.
Kimyo – moddalar, ularning tarkibi, tuzilishi, xossalari, o’zgarishlari va bu o’zgarishlarni boshqarish usullarini o’rganadigan fandir. Hozirgi kunda 100 mingdan ortiq anorganik va 4 mln. dan ortiq organik moddalar ma’lum.
Kimyoviy hodisa: ba’zi moddalar atom yadrolari tarkibi o’zgarmay qolib, tarkibi va xossalari jihatidan farq qiladigan boshqa xil moddalarga aylanadi.
Fizikaviy hodisa: moddalarning fizikaviy holatlari o’zgaradi (bug’lanish, suyuqlanish, elektr o’tkazuvchanlik, issliqlik va nur chiqarish va b.) yoki atomlar yadrolari o’zgargan yangi moddalar hosil bo’ladi.
Dastlab “modda” va “jism” tushunchalarini bir-biridan farqlab olish lozim. Buning uchun atrofga nazar tashlash kifoY. Masalan, turmushda har kuni foydalaniladigan pichoq, egov, o’roq, ketmon, mix, tesha, bolta, mashina, traktorlarning ko’pchilik qismlari, qurilishda va sanoatda ishlatiladigan trubalar, armatura va hokazolar nimadan qilingan deb so’rashsa, shu zahoti temirdan deb javob berish mumkin. Bu yerda nomlari tilga olingan hamma buyumlar jismlar bo’lib, ularning tarkibi temir moddasidan iborat ekanligini tushunib olish oson.
Shunday qilib jismlarning tarkibini tashkil qilgan narsalar moddalar deyiladi
Hozirgi kunda tabiatda topilgan va sun’iy tarzda olingan sof moddalarning soni 10 mln.dan ortiq. Ularning har biri boshqa moddalardan o’zining xossalari bilan farq qiladi.
Odatdagi sharoitda fizikaviy va kimyoviy xossalari o’zgarmaydigan moddalar sof (toza) moddalar deyiladi. Moddalar tabiatda sof holda juda kam uchrab, asosan aralashmalar holida uchraydi.
Aralashmalar ulardagi moddalar zarrachalarining katta-kichikligiga qarab bir jinsli va bir jinsli bo’lmagan aralashmalarga bo’linadi. Aralashmalar hamda sof (toza) moddalarning barchasi ham ikki asosiy tipga bo’linadi: oddiy va murakkab moddalar.
Oddiy va murakkab modda tushunchalari o’z-o’zidan korsatib turibdiki ular moddalar tarkibining oddiy va murakkabligi bilan farq qiladi.
Bir xil element atomlaridan tashkil topgan moddalar - oddiy moddalar deyiladi. Masalan mis metali, yoki havodagi kislorod. Bunday misollardan ko’plab keltirish mumkin.
Allotropiya – kimyoviy elementning tuzilishi va xossalari bian farlanadigan bir necha xil oddiy moddalar hosil qilish hodisasi.
Har xil elementlar atomlaridan tashkil topgan moddalar -murakkab moddalar deyiladi. Masalan oddiy iste’mol qilayatgan suvimizni olaylik. Suv tarkibi kislorod va vodorod elementlaridan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |