XVI–XVIII asrlarda Yevropada Yangi davr madaniyati shakllandi. San’at va fan jadal rivojlandi. Angliya burjua inqilobi, Shi- moliy Amerikada mustaqillik uchun kurash, fransuz inqilobi jarayonlarida paydo bo‘lgan kishilarning ozodligi va tengligi haqidagi g‘oyalar yana uzoq vaqt ko‘plab xalqlar kura- shining mazmuniga aylandi. 1. Uilyam Shekspir ijodining o‘ziga xosligi nimadan iborat? 2. Leonardo da Vinchi va Rafael Santi ijodining asosini qanday g‘oyalar tashkil etadi? 3. XVI–XVIII asrlarda Yevropada astronomiya fani qanday yutuqlarga erishdi? 4. Jon Lokk g‘oyalari bugungi kun davlat boshqaruvida qanday o‘rin tutadi? Yangi davr Yevropa madaniyati vakillari faoliyatini darslik matni yordamida tahlil
qiling va shu asosda rangli klaster tayyorlang.
Internet vositasida
Yevropa Renessans madaniyati davri ga virtual ekskursiya uyush-
tiring. Òaassurotlaringizni daftaringizga jadval ko‘rinishida qayd eting.
Italiya Uyg‘onish davri vakillariga bag‘ishlangan «Meros» badiiy filmini ko‘ring va
xulosa chiqaring.