Mustamlakalarning Angliyadan ajralib chiqishi va "Mustaqillik deklarasiyasi".
Iqtisodiy taraqqiyotning umumiy xususiyatlari.
Qulchilik , unga qarshi kurash va abolitsion harakat
www.umid.zn.uz
Mustaqillik urushining sabablari
Mustaqillik urushining sabablari
XV11I asrning so`nggi choragida ko`pchilik mustamlakalar Angliya qirolining boshqaruvi ostida edi. Konnektikut va Rod Aylend mustamlakalari qirol tomonidan tasdiqlanuvchi saylangan gubernatorlar tomonidan boshqarilar edi. Pensilvaniya, Delaver va Merilend alohida kishilarga tegishli edi. Barcha mustamlakalarda maslahat organiga ega bo`lgan saylangan vakillarning palatalari mavjud edi. Mustamlakalarda din katta rol o`ynar edi. Amerikada ko`plab diniy sektalar mavjud bo`lib, ularning ichida puritanlik cherkovi ustun mavqeiga ega edi.
www.umid.zn.uz
Inqilob arafasida mustamlakalarda 8 la kollej (oliy maktablar) mavjud bo`lib, ularning asosiy maqsadi puhoniylarni tayyorlash edi. XVIII asrning oxirlarida dunyoviy bilimga ega bo`lgan malumotli kishilar Amerikada ko`pchitikni tashkil qila boshladi. Shunday kishilardan biri Benjamin Franklin (1706-1790) edi. Franklin Amerika jamiyatining hayotida katta tashabbuskorlik faoliyatini ko`rsatdi. u tipografiya, jamoat kutubxonasi, kasalxona va akademiyaga asos soldi. Mustamlakalarning ajralib chiqishi uchun kurashining muhim sabablaridan biri mustamlakalar va metropoliya o`rtasidagi savdo va sanoat sohasidagi raqobat edi.
Mustamlakalarda XVIII asr boshidanoq sanoat tez taraqqiy topdi. Mustamlakachi dehqonlar bir vaqtning o`zida temirchi-chilangar va to`quvchi edilar. Shishasozlik, charmgarlik, kemasozlik, temirchilik kabi yirik manufakturalar XVIII asr o`rtalaridan boshlab keng taraqqiy etdi.
XVIII asr ingliz hukumatining hujjatlarida mustamlakalarda manufakturalar qurishni taqiqlovchi ko`plab hujjatlarni topish mumkin. Mustamlakalarda savdo cheklab qo`yildi yoki umuman taqiqlandi. Navigasion aktlar mustamlakalarni Angliyadan tashqari har qanday davlat bilan savdo va sanoatini bo`g`ib qo`yishga qaratilgan edi.
Metropoliyaning g`arbiy hududlarga aholining ko`chib kelishmi taqiqlash siyosati janubiy quldor plantatorlarning manfaatiga jiddiy salbiv ta`sir ko`rsatdi. Chunki virtqich plantatsion xo`jalikka yangi-yangi unumdor hududlar zarur edi. 1763 yilgi aktdan keyin Birginiya aholosi Amerika mustamlakalaridagi xalqlarni ingliz qiroli o`zining fuqarolari deb sanashga haqli emasligi to`g`risidagi shiorlar bilan chiqdi.