Nodirshohning hokimiyat tepasiga kelishi.
Bu davrda safaviylar
sulolasi hukmronligi nomiga bo‘lsa-da, hamon davom etardi. So‘nggi
hukmdor Òaxmasp II amalda hech qanday hokimiyatga ega emas edi.
Buning ustiga, unda xalqni turk va afg‘on bosqinchilariga qarshi ku-
rashga chorlay oladigan qobiliyat ham yo‘q edi. Shunday sharoitda
Eronda shijoatkor, katta lashkarboshilik qobiliyatiga ega Nodir Quli
kurash maydoniga chiqdi. U afg‘on qo‘shinini butunlay tor-mor etib,
Eronni afg‘on qaramligidan ozod etdi. Nodir Quli Safaviylar davla-
tining tarkibiga kiruvchi barcha hududlarda o‘z hokimiyatini o‘rnatib,
1736-yili barcha qabilalar asilzodalarining qurultoyida o‘zini Eron
shohi
Nodirshoh
deb e’lon qilishga erishdi. Shu tariqa safaviylar
sulolasi hukmronligi butunlay barham topdi.
Nodirshoh katta bosqinchilik urushlari natijasida ulkan imperiya
tuzdi. Biroq u
1747-yili
o‘zaro ichki nizolar natijasida o‘ldirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |