Xullas, tinimsiz o‘zaro urushlar, qo‘zg‘olonlar natijasida
XVIII asrga kelib, Eron ham iqtisodiy, ham siyosiy inqirozga yuz
tutdi. Bu esa mamlakatga Yevropa mustamlakachilarining kirib
kelishi uchun imkoniyat yaratdi. Kuchsizlanib qolgan Eron Yevropa
davlatlari, birinchi o‘rinda Angliya va Fransiya hamda chor
Rossiyasining mustamlakachilik obyektiga aylandi. Natijada, Eron
yuqoridagi davlatlar bilan bir nechta teng bo‘lmagan shartno-
malarni imzolab, ularning iqtisodiy va siyosiy ekspansiyasiga keng
yo‘l ochib berdi.
Òiyul
– amaldorlarga xizmat vazifasini bajarish muddatiga, shoh oldidagi
alohida xizmati uchun vaqtincha yoki umrbod muddatga beriladigan yer-mulk. Lekin
bunday yerlarni meros qoldirish mumkin bo‘lmagan.
Xatoiy
http://eduportal.uz
92
1. Eronda safaviylar sulolasi qay tariqa o‘rnatildi?
2. Safaviylar markaziy hokimiyatni mustahkamlash maqsadida qanday tadbirlarni
amalga oshirganlar?
3. Nodirshoh qanday sharoitda hokimiyat tepasiga keldi va nega uning hokimiyati
uzoqqa cho‘zilmadi?
4. Eronda qojarlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi qay tariqa yuz berdi?
Do'stlaringiz bilan baham: |