Iqtisodiy tanazzulning boshlanishi. XVIII asr dan boshlab Safaviylar
davlatida iqtisodiy inqiroz boshlandi. Bunga yer egaligining tiyul
shakli miqdorining ko‘payib borganligi oqibatida davlatga qarashli
yer hajmining va davlat xazinasiga tushadigan daromadning ka-
mayishi sabab bo‘ldi.
Buning oldini olish uchun keyingi hukmdorlar dehqonlar to‘-
laydigan soliq miqdorini oshirdilar. Natijada, dehqon xo‘jaliklari xo-
navayron bo‘ldi, savdogar va hunarmandlarning ahvoli yomonlashdi,
jon solig‘i (jizya) miqdori ham oshirildi.
Pirovardida, dehqonlar uchun yerni ijaraga olib tirikchilik qi-
lishdan manfaat qolmadi. Dehqonlarning tirikchilik ilinjida boshqa
joylarga ketishdan o‘zga ilojlari yo‘q edi. Biroq shoh Sulton Husayn
bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun 1710-yili dehqonlarning yerni tashlab
ketishlarini taqiqlovchi farmon chiqardi.
Dehqon xo‘jaligining xonavayron bo‘lishi ichki savdoning keskin
kamayishiga olib keldi.
XV asr oxirida Eron ...
1502-yili ...
1710-yili ...
Abbos I davri ...
Shoh Abbos I http://eduportal.uz