Imperator Aleksandr II
Vechesi oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat
organi (parlament) bo‘lishi kerak edi.
Dekabristlar o‘z maqsadlariga qo‘zg‘olon
ko‘tarish orqali erishish mumkin deb hisob-
lab, unga tayyorlana boshladilar. Qo‘zg‘olon
vafot etgan imperator Aleksandr I o‘rniga
ukasi Nikolay I ning taxtga o‘tqazilishi ma-
rosimi o‘tkaziladigan kunga belgilandi. Qo‘z-
g‘olon dekabristlarga sodiq harbiy qism to-
monidan amalga oshirilishi lozim edi. Qo‘z-
g‘olon
1825-yilning 14-dekabr
kuni bosh-
landi, biroq u muvaffaqiyatsizlikka uchradi va imperatorga sodiq
harbiy kuchlar tomonidan bostirildi.
Dekabristlar harakatining rahbarlaridan besh kishi, shu jumladan,
P. Pestel va N. Muravyov dorga osildi, qolgan ko‘pchiliklari esa Sibir-
ga surgun qilindi. Biroq dekabristlar harakati behuda ketmadi. Ular
ilgari surgan g‘oyalar Rossiya jamiyatining ilg‘or qatlamini uzoq vaqt-
gacha samoderjaviye va krepostnoylikka qarshi kurashga ilhomlantirib
keldi.
Dekabristlar qo‘zg‘oloni bostirilgach, mamlakatda reaksiya ku-
chaydi. Norozilik bildirishning, erkin fikr yuritishning har qanday
ko‘rinishi hukumat tomonidan shafqatsiz ravishda ta’qib etildi. Ay-
niqsa, rus adabiyotining ilg‘or vakillari qattiq quvg‘in ostiga olindilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |