«Dekabristlar harakati» nomi bilan kirgan. Dekabristlar zodagonlarning
farzandlari edilar. Ularning bir guruhi Ros-
siyada Respublika o‘rnatish tarafdorlari bo‘lsa,
ikkinchisi konstitutsiyaviy monarxiya o‘rnatish
istagida edi.
Dekabristlar ikkita maxfiy jamiyat tuzdilar.
Ulardan biri
«Janubiy jamiyat» , ikkinchisi
«Shimoliy jamiyat» deb ataldi. Har ikki jamiyat
ham Rossiya Konstitutsiyasining loyihasini
yaratdi. «Janubiy jamiyat»ning ko‘zga ko‘ringan
arbobi Vatan urushi qatnashchisi
Pavel Pestel edi.
U yaratgan konstitutsiya loyihasi «Rus haqiqati» deb ataldi. Loyi-
hada samoderjaviye, krepostnoylik huquqini yo‘q qilish va Rossiyada
Respublika idora usulini joriy etish ko‘zda tutildi. Hamma fuqarolar
uchun teng saylov huquqi asosida saylanadigan «Xalq vechesi»
Rossiya parlamenti bo‘lishi belgilandi.
«Shimoliy jamiyat»da
Nikita Muravyov tayyorlagan konstitutsiya
loyihasi Rossiyani konstitutsiyaviy monarxiya deb e’lon qilishni
ko‘zda tutardi. Mulk senzi asosida saylanadigan ikki palatali Xalq
Pavel Pestel http://eduportal.uz