10-Mavzu: Xorazmshohlar davlati.
Reja.
1. Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi.
2. Davlat boshqaruvi va siyosiy tizim. Harbiy boshqaruv.
3. Ijtimoiy va iqtisodiy hayot.
Tayanch so‘zlar
Mahalliy zodagonlarning kuchayuvi, mustahkam hokimiyat, dargoh, devonlar, harbiy-
ma’muriy amaldorlar, Sayf ud-davla, qiniq urug‘i, G‘o‘z qabilalari, Xorazmshoh – Anushteginlar.
Mavzu bo‘yicha savol va topshiriqlar.
1.Xorazmshohlar davlati haqida umumiy ma’lumot bering.
2.Xorazmshohlar davlati inqirozining sabablari nimada deb o‘ylaysiz?
Mavzu bo‘yicha foydalangan adabiyotlar ro‘yxati.
1.Abulg‘oziy Bahodirxon. SHajarai turk. – Toshkent: CHo‘lpon, 1990.
2.Azamat Ziyo. O‘zbek xalqi davlatchiligi tarixi. – Toshkent: Sharq, 2001.
3.Buniyodov Z. Anushtagin – Xorazmshohlar davlati (1097-1231). A. Ahmad va M.
Mahmud tarjimasi. – Toshkent, 1998.
4.Sagdullaev A.S. va boshq. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. – Toshkent:
Akademiya, 2000.
5.O‘zbekiston tarixi. R. Murtazaeva tahriri ostida. – Toshkent: YAngi asr avlodi, 2003.
1. Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi.
Xorazm Somoniylar davrida ularga tobe
viloyat hisoblanardi. X asr oxiri – XI asrning boshlariga kelib Xorazm hukmdori Ma’mun I va
uning o‘g‘li Ali ibn Ma’mun Somoniylar davlati qo‘laganidan so‘ng mustaqil davlat tuzishga
harakat qilib ko‘rdilar. Xususan, 996 yilda SHimoliy Xorazm hukmdori Ma’mun ibn Muhammad
ikki qismga bo‘linib ketgan davlatni birlashtirib
xorazmshoh unvoni
oladi va Urganchni o‘z
poytaxtiga aylantiradi. Ammo, Movarounnahrdagi Qoraxoniylar va Xurosondagi G‘aznaviylar
davlati oldida Xorazm davlati juda kuchsiz bo‘lib, ko‘p hollarda Mahmud G‘aznaviy va uning
o‘g‘li Ma’sudga qaram edi. Xorazmning mustaqil davlat sifatida shakllanishi va rivojlanishi
Anushteginiy-Xorazmshohlar sulolasi davriga to‘g‘ri keladi.
Ushbu sulolaning asoschisi yoki birinchi vakili Anushtegin kelib chiqishi jihatidan o‘g‘o‘z
turklaridan bo‘lib, yoshligida Garjiston (Gurjiston) da yashagan va yollanma jangchi (mamluk)
bo‘lgan. Saljuq sultoni Malikshoh I davrida Anushtegin tashtdorlik mansabiga (sulton hovo‘zlari
va hammomlari ashyolari xazinachisi) ko‘tarilgan edi. Manbalarning ma’lumot berishicha,
tashtdorlik mansabiga sulton o‘zining ishonchli odamlarini tayinlar edi va ko‘p o‘tmay Anushtegin
sultonning yaqinlaridan biriga aylanadi. Natijada 1076 yilda Sulton Malikshoh Anushteginni
Xorazm hokimi etib tayinlaydi. Anushtegin Saljuqiylarga tobe bo‘lib hokimiyatni boshqaradi va
1097 yilda vafot etadi. O‘sha yili uning o‘g‘li Qutbiddin Muhammad (1097-1128) Xorazm voliysi
qilib tayinlanadi.
Qutbiddin Muhammad otasi davrida o‘z davrining yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Marvda
ilm olgan, xususan, din ilmlarini yaxshi o‘rgangan edi. U Xorazm voliysi bo‘lgach qobiliyatli
hukmdor sifatida ulamolarga va din arboblariga homiylik qiladi. Qutbiddin Muhammad Xorazmda
o‘z mavqeini mustahkamlash uchun anchagina kuch-g‘ayrat sarflagan bo‘lsada, rasman
Saljuqiylarga tobe bo‘lgani bois, Sulton Sanjarga sadoqat bilan xizmat qildi. U Saljuqiylarning
oliy hokimiyat uchun o‘zaro kurashlarida ham faol ishtirok etganligi ma’lum. Tarixiy manbalarda
Xorazmshohning unvoni
Do'stlaringiz bilan baham: |