Dekabristlar
Rossiyada ikkita maxfiy jamiyat
– «Janubiy jamiyat» va
«Shimoliy jamiyat»ni tuzganlar.
1861-yil 19-fevralda
Rossiyada «Krepostnoy huquqni bekor qilish to‘g‘-
risida»gi Qonun imzolandi.
Hukumat dehqonlarni ozod qilib, yer berishga majbur bo‘ldi.
Shunday qilinmasa xalq g‘azabga kelishi mumkin edi. Bundan tash-
qari, dehqonlarning asosiy soliq to‘lovchilar bo‘lib qolishi ham hi-
sobga olindi. Dehqonlarga berilgan yer chek yer deb ataldi. Hukumat
pomeshikning manfaatini ham hisobga oldi. Jumladan, pomeshik o‘z
ixtiyoridagi yerning 1/3, cho‘l hududlarda esa 1/2 qismini saqlab
qolish huquqiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, dehqon shu vaqtgacha
hukumat qarorida belgilanganidan ko‘proq hududdagi yerdan foyda-
lanib kelgan bo‘lsa, uning ortiqchasi pomeshikka o‘tkazilar edi.
Bunday yerlar «otrezok» deb atalgan.
Dehqon o‘ziga berilgan yerga egalik qilish uchun «vikup» to‘lashi
shart edi. Biroq dehqonda «vikup» uchun pul bo‘lmaganligi sababli
davlat tomonidan beriladigan bo‘ldi. Dehqonlar bu qarzni 49 yil da-
vomida davlatga foizi bilan to‘lab borishi shart edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |