Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi.
Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi.
Barcha davlat korxonalarida ishldab
chiqariladigan buyumlarning ma'lum sifatga ega bo'lishini ta'minlash maqsadida ularga davlat
tomonidan davlat standartlari belgilanadi. Buyumlarning konstruktorlik hujjatlariga ham davlat
standartlari belgilangan. U KHYT(Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi) deb ataladi.
KHYTning standartlari konstruktorlik xujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, nusxalar
ko'chirish va ularga o'zgartirishlar kiritishni o'z ichiga oladi.
KHYTning hamma standartlari 2-sinfga kiritilgan va klassifikasion guruhlarga ajratilgan (1-
jadval).
1.5.-jadval
Gruppa
shifri
STANDARTLARNING GRUPPADAGI
NOMI
Standart
raqamlari
0
Asosiy qoidalar
O’zDSt 2.001
1
Umumiy qoidalar
O’zDSt 2.100 dan O’zDSt 2.199
gacha
...
3
Chizmalarni chizish bo'yicha umumiy qoidalar
O’zDSt 2.301 dan O’zDSt 2.399 gacha
4
Mashinasozlik va asbobsozlik chizmalarini
bajarish
qoidalari
O’zDSt 2.401 dan O’zDSt 2.499 gacha
...
7
Sxemalarni bajarish
qoidalari va sxemalarda
qo’llaniladigan grafik belgilar
O’zDSt 2.701 dan O’zDSt 2.799 gacha
8
Qurilish va kemasozlik
hujjatlarini bajarish
qoidalari
O’zDSt 2.801 dan O’zDSt 2.899 gacha
Standartlar maxsus tuzilish belgisiga va nomlariga ega. Masalan, O’zDSt 2.303:97 «Chizma
chiziqlari». Unda «O’zDSt» O’zbekiston Davlat standartini, «2» KHYTga kiruvchi standartning
nomerini, «303» gruppa shifrini, undagi standartning tartib raqamini, «97» 1997 yilda ro'yxatga
olinganligini, «Chizma chiziqlari» esa standartning nomini anglatadi.
Konstruktorlik xujjatlarining turlari.
Konstruktorlik xujjatlari turiga asosan chizma va yozma
bayonli xujjatlar kiradi. Bu xujjatlar O’zDSt 2.201:97 bo'yicha detal chizmasi, yig'ida chizmasi,
umumiy ko'rinish chizmasi, nazariy chizma, gabarit chizma, o'rnatish chizmasi, chizma, tavsiflash,
tushuntirish xati, texnikaviy shartlar va boshqa xujjat turlariga bo'linadi. Detal chizmasi deb,
detalning tasviri va uni tayyorlash, nazorat qilish uchun yetarli bo'lgan ma'lumotlarni o'z ichiga
olgan xujjatlarga aytiladi.
Yig'ish chizmasi deb, yig'ma birlikning tasviri va uni yig'ish,
tekshirish haqidagi ma'lumotlarni
ko'rsatuvchi xujjatga aytiladi. Sxema deb, buyum yoki uning tarkibiy qismlarini va ular o'rtasidagi
o'zaro bog'lanishning shartli tasviri yoki belgilanishini ko'rsatuvchi xujjatga aytiladi.
1.6.-jadval
Texnikaviy shartlarda buyumni tayyorlash, kuzatish, qabul qilish yoki jo'natish kabi
ma'lumotlar ifodalanadi.
C
hizmalarni tayyorlashdagi umumiy qoidalar.
Chizmalar konstruktorlik xujjatlarining
yagona tizimiga kiruvchi formatlar, masshtablar, chiziq turlari, shriftlar, asosiy yozuvlar va boshqa
qoidalarga asosan taxt qilinadi.
Formatlar.
Chizma qog'ozidan to'g'ri va chiqindisiz foydalanish
hamda chizmalarni
saqlash qulay bo'lishi uchun O’zDSt 2.301:96 ga ko'ra chizma qog'ozlari kuyidagi tegishli
o'lchamlarda bajariladi(2-jadval).
Varaqning formati tashqi qirg'og'ining o'lchamlari bilan aniqlanadi. Ichki hoshiya chizig'i
tutash yo'g'on chiziq bilan chiziladi(1-shakl). U qog'oz chegarasidan chap tomonda 20 mm,
yuqoridan, o'ngdan va quyidan 5 mmdan qoldirib chiziladi.
Format
belgisi
Format
tomonlarining
o'lchami,mm hisobida
A
0
841x1189
A
1
594x841
A
2
420x594
A
3
297x420
A
4
210x297
1-shakl
Asosiy yozuvlar.
Har bir konstruktorlik xujjatidagi formatning pastki o'ng burchagiga asosiy
yozuv joylashtiriladi. Unda buyum nomi, materiali, masshtabi, varaq tartib raqami, o'quv yurti
nomi, guruh belgisi, xujjatni tayyorlagan va tekshirgan shaxslarning familiyalari kabi ma'lumotlar
bo'ladi.
Masshtablar.
Buyumning katta-kichikligiga qarab uning chizmasi kattalashtirilib,
kichiklashtirilib yoki o'zining haqiqiy o'lchamida bajarilishi mumkin. Masshtablar O’zDSt
2.302:97 ga ko'ra uch turga bo'linadi:
Haqiqiy masshtab: 1:1;
Kichraytirish masshtabi: 1:2; 1:2,5; 1:4; 1:5; ... ;
Kattalashtirish masshtabi: 2:1; 2,5 :1; 4:1; 5 : 1; ... .
Chiziq turlari.
Buyum chizmalarini aniq va yaqqol ko'rsatish uchun O’zDSt 2.303:97 ga ko'ra
har xil turdagi chiziqlar ishlatiladi:
1.2-shakl
1.3-shakl
1.
Asosiy tutash chiziq (yo'g'onligi S 0,5 ... 1,4 mm).
2.
Ingichka tutash chiziq (yo'g'onligi asosiy tutash chiziqdan 2-3 marta ingichka).
3.
Tutash to'lqin chiziq (yo'g'onligi asosiy tutash chiziqdan 2-3 marta ingichka).
4.
Shtrix chiziq (yo'g'onligi asosiy tutash chiziqdan 2-3 marta ingichka).
Ingichka
shtrix-punktir
chiziq
(yo'g'onligi
asosiy
tutash
chiziqdan
2-3
marta
ingichka).Chizmadagi chiziqlarning yo'g'onligi asosiy chiziq yo'g'onligiga qarab belgilanadi.
Qiyalik va konuslik.
Texnikada ishlatiladigan juda ko'p mashina detallarida qiyalik va
konusliklar mavjud. Qiyalik nisbatda yoki foizlarda ifodalanadi hamda oldiga belgi qo'yiladi. AOB
uchburchak gipotenuzasining qiyaligini 2-shaklda ko
rsatilgan.
Konuslik deb, konus asosi diametrini uning balandligiga bo'lgan nisbatiga aytiladi.
Konuslik ham nisbatda yoki foizlarda ifodalanadi (3-shakl).
Shriftlar.
Chizmalardagi va boshqa texnikaviy xujjatlardagi hamma yozuvlar, raqamlar
O’zDSt 2.304:97 ga muvofiq yoziladi. Ularning o'lchamlari quyidagicha: 2,5; 3,5; 5; 7; 10; 14; ...
Shriftning o'lchami bosh harflarning balandligi ning mm dagi o'lchamlari bilan belgilanadi.
Standartga asosan shriftlar A va B turlarga bo'linadi. Mashinasozlik chamachiligida
asosan
qiyaligi 75° li B turdagi shriftlardan foydalaniladi
O'lchamlarni qo'yish qoidalari.
Buyumlar
ularning o'lchamlari asosida yasaladi. Shu sababli chizmalarning o'lchamlari to'g'ri, aniq va to'liq
qo'yilishi kerak O’zDSt 2.307:96 da ifodalangan.
.
O'lchamlar chiziqli va burchakli o'lchamlarga bo’linadi. Chiziqli o'lchamlar chizmada mm
larda ko'rsatiladi. Burchakli o'lchamlar bo'lsa graduslarda ko'rsatiladi. O'lcham qo'yishda avval
detal elementlariniig parametr va holat o'lchamlari,
so'ngra gabarit o'lchamlar qo'yiladi. O'lchamlar
takroran qo'yilmaydi. Detaldagi bir nechta bir xil
elementning o'lchamlari faqat bittasiga qo'yiladi(4-
shakl).
Shartli belgilar va ularning yozilishi. Radius
o'lchami soni oldiga bosma «R» harfi, diametr o'lcham
soni oldiga «
» belgisi, kvadrat o'lchami soni oldiga
«
» belgisi qo'yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: