Chizma geometriyasi va muxandislaik grafikasi



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/106
Sana01.01.2022
Hajmi4,1 Mb.
#293375
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
chizma geometriyasi va muxandislaik grafikasi (1)



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
Andijon davlat universiteti 
“PEDAGOGIKA” fakulteti 
“Mehnat ta’limi” kafedrasi 
 

 CHIZMA GEOMETRIYASI VA MUXANDISLAIK GRAFIKASI
” 
fanidan ma’ruzalar matnlari to’plami 
tuzuvchi; t.f.n.  S.Toshpo’latova 
Andijon -2016 
 
 


 
 
I.  MA’RUZALAR MAT NI
 
 
1.1. CHIZMA GEOMETRI YA HAQIDA UMUMIY MA`LUMOTLAR. 
PROYEKSIYALASH USULLARI
 
    
Reja:
 
1. Chizma geometriya haqida umumiy ma`lumotlar. 
2. CHizmachilikka oid standartlar 
3. Markaziy proeksiyalash usuli 
4. Parallel proyeksiyalash usuli 
1.1. Chizma geometriya haqida umumiy ma`lumotlar. 
Chizma geometriya umumiy geometriyaning bir shoxobchasi bo'lib, narsalarni tasvirlash 
usullari yordamida ularning shakllari, o'Ichamlari va o'zaro joylashishlariga tegishli pozitsion va 
metrik masalalarni yechishni o'rganadi. Chizma geometriya matematika fanlari bilan uzviy bog'liq 
bo'lib,  umumtexnika  fanlaridan  hisoblanadi.  Chizma  geometriya  boshqa  geometriyalardan 
o'zining  asosiy  usuli,  ya'ni  tasvirlash  usuli  bilan  farq  qiladi.  U  tasvirlash  usullari  yordamida 
o'quvchining fazoviy tasavvurini kengaytiradi, tasvirlarni yasash va oldindan yasalgan tasvirlarni 
o'qiy bilish hamda amaliyotdagi turli muhandislik masalalarini yechishga yordam beradi. Chizma 
geometriya qonunqoidalari bilan nafaqat mavjud narsalarni, balki tasawur qilinadigan narsalarni 
ham tasvirlash mumkin. Fazodagi shakllarning tekislikdagi chizmalari chizma geometriya usullari 
bilan  ma'lum  qonun-qoidalar  asosida  hosil  qilinadi.  Bu  chizmalar  orqali  buyumning  fazoviy 
shaklini  chizish  va  o'lchamlarini  aniqlash  mumkin.  Chizmalar  yordamida  geometrik  shakllarga 
tegishli stereometrik masalalar yechiladi. Chizmalarsiz fan va texnika taraqqiyotini tasawur qilib 
bo'lmaydi. Arxitektor va muhandislar ijodiy fikrlarini faqat chizmalar yordamida to'liq bayon eta 
oladilar. Chizmalar asosida barcha muhandislik inshootlari quriladi, mashinalar, mashina qismlari, 
meditsina  asboblari  va  hokazolar  ishlab  chiqariiadi.  Shakllarning  bizga  ma'lum  bo'lgan  barcha 
geometrik  xossalarini  ularning  chizmalaridan  olingan  ma'lumotlardan  ham  aniqlasa  bo'ladi. 
Shuning  uchun  ham  buyumlarning  chizmalarini  ularning  geometrik  xususiyatlarini  o'zida  aks 
ettiruvchi  tekis  geometrik  modellar  deb  atash  mumkin.  Chizma  geometriya  fani  quyidagilarni 
o'rganadi:  
• fazoviy shakllarning tekislikdagi tasvirlari, ya'ni tekis modellari (chizmalari)ni yasash;  
• tekis chizmada geometrik masalalarni grafik yo'l bilan yechish;  
• shakllarning berilgan tekis chizmalari bo'yicha ularning fazoviy urinishi va 12 vaziyatini tasavvur 
qilish hamda yaqqol tasvirlarini yasash;  


• geometrik shakllarning chizmalarini bajarish va o'qish orqali o'quvchining fazoviy tasavvurini 
rivojlantirish.     
   Ma'lumki,  geometrik  shaklning  xossalarini  analitik  va  grafik  usullarda  fekshirish  mumkin. 
Shakllarning grafik modeliga nsosan ularning analitik usulda berilishini va aksincha, shakllarning 
analitik  ko'rinishidan  ularning  chizmalarini  yasash  usullarini  chizma  geometriyada  ham  ko'rish 
mumkin.  Loyihalanadigan  buyumlarni  faqatgina  grafik  usulda  tasvirlash  hozirgi  zamon  ishlab 
chiqarish talablarini qanoatlantirmaydi. Shuning uchun chizmalarni hajarishda grafik usullar bilan 
birga  analitik  usullardan  ham  foydalaniladi.  Keyingi  yillarda  buyumlarning  chizmalarini 
kompyuter  grafikasi  vositalari  yordamida  tayyorlashda  avtomatlashtirilgan  loyihalash 
sistemalarining  kirib  kelishi  chizma  geometriya  fanining  rivojlanishida  yangicha  mazmun  kasb 
etmoqda.

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish