Chirchiq davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim yo‘nalishi 20/1 guruh talabasi umidullayeva umidaning musiqa o‘qitish metodikasi fanidan mustaqil ishi mavzu: Musiqa o‘qitish metodikasi. Reja


Yangi materiallar ustida ishlash darsida



Download 70,03 Kb.
bet12/15
Sana26.10.2022
Hajmi70,03 Kb.
#856910
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Mustaqil ish

Yangi materiallar ustida ishlash darsida o'qituvchi hamma faoliyatlar bo'yicha yangi mavzu va asarlar ustida ish olib boradi.
Bunday darslami o'tkazishda o'qituvchining bolalarga beradigan yangi tushunchalarining hajmi haddan ziyod ko'p bo'lmasligi kerak. Darsda uchala faoliyatning bo'lishi bolalami zo'riqmasdan osoyishta o'qishiga imkon tug'diradi. Bunday vaqtda darsdan kuzatilgan ma'lum maqsad bo'lishi juda yaxshidir, bu esa darsning hamma faoliyatlarini bir-biri bilan uzviy bog'lab borishga imkoniyat yaratib beradi. Masalan, birinchi sinfdagi ilk darslardan bin musiqadagi registrlami o'rganishga bag'ishlanadi. Bir oz qo'shiq kuylagandan so'ng o'qituvchi bolalarga tovushlar baland-pastligi jihatidan har xil baland, past, o'rtacha bo'lishini tushintiradi. Musiqa tinglashdan olingan yorqin kontrast misollar asosida bolalarda tovush balandligi haqidagi tushuncha mustahkamlanadi va aniqlanadi. So'ngra, o'qituvchi yangi asami o'rgatish jarayonida uning kuyini turli registrda chaladi va bolalarga bu qo'shiqni qushcha, fillardan, agar ular qo'shiq aytishni bilishsa, qanday tovushlar chiqishini hayollaringdan o'tkazib, fikran tasavvur qilib ko'ringlar, deydi. Demak, bunda dars tuzilishini tahlil qilib, uning uch qismdan iborat ekanligini ko'rish mumkin. Darsning uchala qismi bir- biri bilan mustahkam bog'langanligi va ulaming bir maqsadga qaratilganligi (registrar) sababli bunday dars yangi meteriallar bilan to'lgan bo'lsa ham bolalarga og'irlik qilmaydi.
O'tilgan mavzu va asarlarni qaytarish darsi ham uchala musiqiy faoliyatni o'z ichiga oladi. U to'liq holda o'tilgan o'quv materiallarini qaytarish va mustahkamlashga bag'ishlanadi. Odatda, qaytarish darsi chorak oxirida va o'quv yilining oxirida bir necha marta o'tkaziladi.
Agar qaytarish darslari chorak oxirida o'tkazilsa, unda ular hamma bo'lim materialini: jamoa bo'Iib qo'shiq aytish, musiqa savodi va musiqa tinglashni o'z ichiga oladi.
O'quv yilining oxiridagi qaytarish darslari ikki yoki xatto, bir qismdan iborat bo'iishi mumkin. Masalan, darslardan birini faqat jamoa bo'Iib qo'shiq kuylashga, ikkinchisini musiqa savodi va musiqa tinglashga bag'ishlash mumkin, yoki birinchi dars o'z ichiga jamoa bo'lib qo'shiq aytishni va musiqa savodini, ikkinchi dars esa jamoa bo'lib qo'shiq aytish va musiqa tinglashni olishi mumkin. Darsni tashkil etishda materiallami shunday o'ylab tanlash kerakki, o'tilgan mavzulaming eng asosiylari va zarurlari qaytarilmay qolmasin. Yana qaytarish vaqtida bolalarga yangi faktlar va ma'lumotlami berish bilan ularning bilimlarini chuqurlashtirishga va kengaytirishga harakat qilish kerak. Shunday qilinsagina qaytarish darslari jonli va qiziqarli bo'ladi. Qaytarish darslarini va aralash tipdagi darslaming rejasini tuzishda o'qituvchi darsning hamma musiqaviy faoliyatlarini birlashtirib, yagona maqsadga qaratishi, bolalaming yoshi va musiqa qobiliyatlarini hisobga olishi shart. Nazorat ishlari ham qaytarish darslari tarkibiga kiradi. Bunda bir darsni boshlanishidan oxirigacha nazorat darsi qilish shart emas. Dars rejasi odatdagicha tuziladi, faqat darsning 10-15 daqiqasi musiqa savodidan nazorat ishini bajarishga ajratish mumkin. Shuningdek, har chorak yakunida va yil yakunida to'liq bir darsni nazorat ishlari darsiga ajratiladi. Nazorat ishi og'zaki va yozma tarzda, yozma tarzdagisi ritmik yoki o'quv yozma ishi, nota misolidagi o'lchamni aniqlash, misoldagi takt chizig'ini joylashtirish, bir tovushdan intervallar tuzish kabilar bo'iishi mumkin. Hamma faoliyat turlari bo'yicha test nazorati o'tkazsa ham bo'ladi. Bunda javoblar variantini uchtalik yoki to'rttalik qilib tuzish kerak. Savollar soni esa boshlanishida o'ntalik, o'n ikkitalik, o'n oltitalik, keyinchalik yigirma va o'ttiztalik qilib tuzish mumkin. Tuzilgan savollar o'quv dasturiga asosan sodda va xiyla murakkab, bolalaming yoshiga va sinfning musiqaviy bilimi darajasiga mos kelishi lozim.

Download 70,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish