2.Musiqa darslarining tuzilishi.
Musiqa darsining tuzilishi bir qancha o'ziga xos xususiyatlarga ega. Uning asosiy xususiyati shundan iboratki, bir darsning o'zida musiqa ta'limining uch mustaqil faoliyati: jamoa bo'lib qo'shiq kuylash, musiqa savodi va musiqa tinglashni birlashtirish zarurligidadir. O'qituvchi bu faoliyatlarni bir-biriga qarama-qarshi qo'yish mumkin emasligini, aksincha darsda ulami bir-biri bilan bog'lab olib borish zarurligini bilishi kerak.
Darsning asosiy faoliyati jamoa bo'lib qo'shiq kuylash hisoblanadi. Musiqa savodi va musiqa tinglash yordamchi faoliyat sifatida ahamiyatlidir. Bu ikkala faoliyat turi qo'shiqning savodli, tushinib aytilishiga, ta'sirli bo'lishiga yordam berishi lozim.
Darsning asosiy qismi qo'shiq o'rganish va vokal-xor mashqlarini ijro etishdir. Shuning uchun bunga dars soatining ko'proq qismi (15-20 daqiqa) ajratiladi. Musiqa savodini o'rganishdan asosiy maqsad-bolalaming nota yozuvini tushunishi, notaga qarab qo'shiq aytishga o'rgatishdir. Musiqa savodini o'rganish yuzaki bo'Imasligi uchun unga doir barcha ma'lumotlami jamoa bo'lib kuylash va musiqa tinglash materiallari asosida, ya'ni musiqani o'rganish yoki musiqa asarini ko'rsatish jarayonida berishga intilish kerak.
Musiqa idroki bolalarda musiqaga muhabbat uyg'otadi, ulaming musiqaga bo'lgan iste'dodini, emosiyasini o'stiradi va qo'shiqni badiiy, ta'sirli, ifodali aytishga yordam beradi. Demak, musiqa ta'limida hamma musiqiy faoliyatlaming maqsad va mazmuni dars tuzilishini belgilaydi.
Musiqa tinglash, qo'shiq kuylash va musiqa savodi mashg'ulotlari darsning mustaqil qismi emas, balki dars mavzuini ochib beruvchi musiqa faoliyati sifatida qabul etiladi. Shuningdek dars mavzuining qiziqarli bo'lishi va ta'lim samaradorligini oshirish maqsadida raqs va musiqali-ritmik harakatlar, chapak va bolalar cholg'u asboblarida musiqaga jo'r bo'lish hamda musiqa ijodkorligi kabi yangi musiqa faoliyatlari qo'llaniladi.
Darslarda qo'llaniladigan barcha musiqa faoliyatlari dars mavzusining ajralmas qismi va mantiqan uzviy bo'lagi sifatida amal qiladi.
Musiqa darsi dasturining hajmi ancha katta bo'lishiga qaramay, unga haftasiga bir soat vaqt ajratilgan, xolos. Aslida o'quv materiallarini mukammal o'rganish uchun bu vaqt yetarli emas. Shunga qaramay o'qituvchi darsni to'g'ri tashkil eta bilishi lozim. O'quvchilaming darsda oladigan bilimlari yaxshi o'zlashtirilgan va mustahkam esda qoladigan bo'lishi kerak. Chunki o'rganilgan mavzu va asarlar bir hafta ichida bolalar yodidan ko'tarilishi mumkin. Musiqa darsining o'ziga xos xususiyati o'quv materiallarini asosan sinfda o'zlashtirilishini talab etadi. Barcha bilim va malakalar yaxshi o'zlashtirilmaguncha yangisiga o'tish mumkin emas.
O'quv rejasi bo'yicha musiqa darsiga ajratilgan ozgina vaqt- darsning tuzilishiga ta'sir qiluvchi ikkinchi xususiyat bo'lib, darsning hamma faoliyatlarini bir-biriga uzviy bog'lab olib borishni talab etadi. Bulami ijobiy hal qilish o'qituvchining maxoratiga, musiqa darsini to'g'ri rejalashtira olishiga, darsning har daqiqasidan maqsadga muvofiq foydalana olishiga bog'liqdir. Musiqa darsining tuzilishi xilma-xil bo'lishi o'quvchilaming yoshiga, ulaming musiqa qobili- yatiga, musiqa darsining maqsadi va mazmuniga bog'liq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |