Chirchiq davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim yo‘nalishi 20/1 guruh talabasi umidullayeva umidaning musiqa o‘qitish metodikasi fanidan mustaqil ishi mavzu: Musiqa o‘qitish metodikasi. Reja



Download 70,03 Kb.
bet13/15
Sana26.10.2022
Hajmi70,03 Kb.
#856910
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Mustaqil ish

Mavzuli darsda ma'lum, asosiy bir mavzu tanlab olinadi-da, hamma musiqiy faoliyatlar bo'yicha materiallar shu mavzu atrofida olib boriladi. Bunda darsning mavzusi juda xilma-xil bo'iishi ya'ni adabiy- musiqiy, tarixiy, zamonaviy va hokazo bo'iishi kerak. Masalan, darslar Abu Ali Ibn Sinoga, Alisher Navoiyga, Abu Nasr Forobiyga, folklor qo'shiqlariga, xotin-qizlar bayramiga, xotira kuniga va boshqalarga bag'ishlangan bo'iishi mumkin. O'qituvchi bunday darslami bolalaming ishtiyoqini qo'zg'atadigan tarzda turfa xil dalillarga asoslanib va qiziqarli qilib rejalashtirishi lozim. Bolalar mavzuli darslami sevadilar, uni zo'r qiziqish va havas bilan idrok etadilar.
Yil davomida mavzuli darslami besh-olti martagacha o'tkazish mumkin. Bu xildagi darslar yuqori sinflarda ko'proq samara beradi, chunki bu sinflarda o'tkaziladigan darslarga dars mavzusi bo'yicha mustaqil tayyorlanib chiqa oladigan o'quvchilami jalb qilish hamda bu darslarda cholg'u asboblarida chalish yoki vokal asarlarini ijro etish mumkin.
Agar o'qituvchi o'z ishida musiqa darsining turli tiplaridan foydalanib ish ko'rsa, ulami o'tkazish metodikasini egallasa, darslari bir xil bo'lib, zerikarli o'tmaydi, darslaming tuzilishi va mazmuni xilma-xil bo'lganligi uchun yaxshi natijalarga erishadi.
III.XULOSA
Musiqa ta'limi ham muayyan tashkiliy shakllarda amalga oshiriladiki, biz ulami dars o'tish, ekskursiya, amaliy va labaratoriya mashg'ulotlari, leksiya, seminar, diktant, nazorat testi va boshqalar tarzida tushunamiz. Guruh usulida va yakka tartibda o'qitish tarixan tarkib topgan va rivojlanmoqda.
Har qanday holatda ham o'qituvchi o'quvchilarga bilim beradi, uning o'zlashtirilishi jarayoniga rahbarlik qiladi, o'quvchilaming harakatlarini tekshirib nazorat qilib boradi.
Ta'limning zamonaviy sharoitlarida an'anaviy metodlami takomillashtirishga va yangi metodlami izlab topishga tobora jiddiy talablar qo'yilayotir.
Maktab mashg'ulotlari o'quv jarayoniga ilg'or pedagogik texnologiyalar, dars o'tishning noan'anaviy usullari, xususan, interfaol usulni joriy etish yaxshi samara beradi.
Pedagogik texnologiya - bu ta'lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o'zaro ta'sirini inobatga olib o'qitish va bilim o'zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo'llashning tizimli metodidir.
Pedagogik texnologiya bir nechta turlarga bo'linishi mumkin:
- umumpedagogik texnologiya; xususiy predmetli texnologiya (masalan, musiqa o'qitish texnologiyasi);
mahalliy pedagogik texnologiya.
Pedagogik texnologiya — bu jarayonlar, vositalar, uslublar majmuasidan iborat bo'lib, u o'quvchilarda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirish uchun pedagogik ta'sir etishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiradi.
Musiqa darsi o'tishning zamonaviy pedagogik uslublariga doir ko'plab qo' Ilan malar mavjud. Bunday uslublami ilg'or musiqa muallimlarining o'zlari kashf qilganlar va ular yaxshi samara beradi. Xususan, “mavzu qanday bayon qilinganda uning necha foizi o'quvchi yodida saqlanadi, u tomonidan o'zlashtiriladi?” degan tabiiy savolga javob topish maqsadida o'tkazilajak tajriba yakuni “anglash piramidasi” degan nomni oladi. Unga ko'ra mavzu bayonini:

  • faqat eshitganda uning 10 - 20 foizi;

  • eshitsa va mavzuga doir ko'rgazmali matenallar bilan tanishsa, uning 30 -50 foizi;

  • eshitsa, kuylasa, chalsa, ritmik harakatlar bajarsa, mavzuni o'rtoqlariga gapirib bersa, tushuntirsa, ular bilan ashula yuzasidan muloqotda bo'Isa, bahslashsa, mavzuning 60 — 90 foizi yodda qoladi, o'zlashtiradi.

O'quvchi mavzu yuzasidan o'rtoqlari, muallim bilan o'zi muloqotga kirishishi, amaliy mashg'ulotlarini tushuntirib beta olishi kerak. Ana shunda olingan bilim mustahkam bo'ladi. Turli uslublami o'rganib, taqqoslab, hamkasblar bilan fikrlashib, har bir ustoz o'z uslubini yarata oladi. Dastur va darsliklami amaliyotga joriy etuvchi muallimlaming bilimlari sust, kasbiy mahoratlari pastroq bo'Isa, tabiiyki, darsliklar ilmiy metodik ji hat dan puxta bo'Isa ham, ular bunday o'qituvchi qo'lida “sayramaydi”, tilsiz, jonsiz qog'oz bo'lib qolaveradi va musiqa darsliklariga “asarlami o'rganishda qiyinchilik bo'lyapti” degan tamg'ani ay nan shundaylar bosadi.
Yangi pedagigik pexnologiyada quyidagi usullardan musiqa darslarida zaruriyatli joylarda va o'z o'mida foydalanish tavsiya etiladi:
Musataqil ishlash - ma lum mavzular guruhi tugagach, ularni bir tizimga solish, mustahkamlash maqsadida o'quvchilarga mustaqil amaliy ish, musiqa faoliyati bilan shug'ullanish, darslik, musiqa savodi bilan ishlash ko'nikmalarini hosil qilishdan iborat.

Download 70,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish