Vaqti: 4 soat
|
Talabalar soni: 30 ta
|
Mashg‘ulot shakli
|
Amaliy mashg‘ulot
|
Amaliy mashg‘ulot rejasi
|
1.Ma’ruza da o‘rganilgan nazariy bilimlarni takrorlash
2.Dars ishlanmasi muhokamasi
3. O‘qishdan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etish darsi ishlanmasi tuzish va o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar
4.Xulosa
|
O‘quv mashg‘ulotning maqsadi
|
Talabalarning o‘qishdan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etish yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
|
O‘qituvchining vazifasi:
1.Talabalarning o‘qishdan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etish yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
A) O‘qishdan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etish darsi ishlanmasi tayyorlashni o‘rgatish.
B) Dars ishlanmasi yuzasidan fikr-muloxaza bildirishga o‘rgatish.
3.Talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishlari va faolliklarini oshirish.
|
O‘quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
1. O‘qishdan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etish darsi ishlanmasini tuza olish.
2.Eshitilgan dars ishlanmasi yuzasidan o‘z fikr-muloxazasini bildirish.
3. “O‘qish” darsligida berilgan o‘quv materiallarini tahlil qilish.
4. Mashg‘ulotda faol qatnashish
|
Ta’lim metodi va texnikasi
|
Kuzatish,izlanish, savol-javob, klaster.
|
Ta’lim vositasi
|
Darslik, metodik qo’llanma, proyektor
|
Ta’lim shakli
|
Yakka tartibdagi savol-javob, kichik guruhlarda ishlash
|
Ta’lim sharti
|
Auditoriya.
|
Texnologik xarita
|
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Dars bosqichlari va vaqti
|
O‘qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich
Kirish
(5 daqiqa)
|
1.Amaliy mashg‘ulot mavzusini
(Ma’lum bir mavzuda o‘tkaziladigan umumlashtiruvchi dars ishlanmasini tuzish.)
2. Amaliy mashg‘ulot maqsadini
3. Amaliy mashg‘ulot rejasini
e’lon qilish.
|
Eshitadi, yozadi, javob beradi.
|
2-bosqich
Bilimlarni faollashtirish (15 daqiqa)
|
Metod. Savol-javob uyushtiriladi. Guruh a’zolari o‘zaro maslahatlashib, o‘qish metodikasi yuzasidan ikkitadan savol topadilar. Har bir guruh savollarini yozib, O‘qituvchiga beradi. O‘qituvchi savollarni talabalarga berib, javobi eshitiladi. Eng to‘g’ri tuzilgan savol aniqlanadi.
Talabalarning nazariy bilimlari baholanadi..
|
Muhokama uchun savol-topshiriqlarga talabalarning javobi
|
3-bosqich
Umumlashtirish
(55 daqiqa)
|
Amaliy ish: 1.Boshlang‘ich sinflar o‘quv dasturi bilan ishlash.6 guruhga ajratilgan talabalarga dasturni o‘rganish va umumlashtiruvchi o‘qish darslarini o‘tkazish rejasini tuzish topshiriladi. Qaysi guruh topshiriqni to‘g’ri va tez bajarsa o‘sha g’olib hisoblanadi.
|