1-guruh uchun 1-2-sinflarda o‘tkaziladigan umumlashtiruvchi darslarning mavzularini aniqlang.
2-guruh uchun 3-sinfda o‘tkaziladigan umumlashtiruvchi darslarning mavzularini aniqlang.
3- guruh uchun 4-sinfda o‘tkaziladigan umumlashtiruvchi darslarning mavzularini aniqlang.
Vaqti: 4 soat
|
Talabalar soni: 30 ta
|
Mashg‘ulot shakli
|
Amaliy mashg‘ulot
|
Amaliy mashg‘ulot rejasi
|
1.Ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarni takrorlash
2.Dars ishlanmasi muhokamasi
3. STO‘ darslarini tashkil etish darsi ishlanmasi tuzish va o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar
4.Xulosa
|
O‘quv mashg‘ulotning maqsadi
|
Talabalarning Sinfdan tashqari o‘qish darslarining tayyorlov bosqichi darslarni tashkil etish yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
|
O‘qituvchining vazifasi:
1.Talabalarning STO‘ darslarini tashkil etish yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
2. STO‘ darslarini tashkil etish darsi ishlanmasi tayyorlashni o‘rgatish.
3.Dars ishlanmasi yuzasidan fikr-muloxaza bildirishga o‘rgatish.
4.Talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishlari va faolliklarini oshirish.
|
O‘quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
1. STO‘ darslarini tashkil etish darsi ishlanmasini tuza olish.
2.Eshitilgan dars ishlanmasi yuzasidan o‘z fikr-muloxazasini bildirish.
3. STO‘ uchun berilgan o‘quv materiallarini tahlil qilish.
4.Mashg‘ulotda faol qatnashish
|
Ta’lim metodi va texnikasi
|
Kuzatish,izlanish, savol-javob, klaster.
|
Ta’lim vositasi
|
Darslik, metodik qo’llanma, proyektor
|
Ta’lim shakli
|
Yakka tartibdagi savol-javob, kichik guruhlarda ishlash
|
Ta’lim sharti
|
Auditoriya.
|
Texnologik xarita
|
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Dars bosqichlari va vaqti
|
O‘qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich
Kirish
(5 daqiqa)
|
1.Amaliy mashg‘ulot mavzusini
(Sinfdan tashqari o‘qish darslarining tayyorlov bosqichi dars ishlanmasini tuzish)
2. Amaliy mashg‘ulot maqsadini
3. Amaliy mashg‘ulot rejasini
e’lon qilish.
|
Eshitadi, yozadi, javob beradi.
|
2-bosqich
Bilimlarni faollashtirish (15 daqiqa)
|
Metod. Savol-javob uyushtiriladi.
STO‘ uchun kitob tanlashda qanday tamoyillarga asoslanadi?
STO‘ tizimida STO‘ darslarining o‘rni va rolini ayting.
STO‘ni o‘qish darsiga qiyoslang, ularni xususiyatlarini ayting.
STO‘ga qo‘yilgan asosiy talablarni aytib bering.
Tayyorgarlik, Boshlang‘ich va asosiy bosqichlardagi STO‘ darslarida o‘quvchilarning mustaqil faoliyati qanday shakllanishini izohlang.
STO‘ darslari rejasini ishlab chiqing. Bunda mavzu, bosqich va dars turini o‘zingiz mustaqil tanlang.
|
Muhokama uchun savol-topshiriqlarga talabalarning javobi
|
3-bosqich
Umumlashtirish
(55 daqiqa)
|
Amaliy ish: 1. Jadval asosida STO‘ darslarining sinflararo izchilligini izohlash so‘raladi.
Talabalar diqqatiga quyidagi «soqov jadval» havola qilinib,uni sinfdan tashqari o‘qish dasturi materiallari bilan to‘ldirish so‘raladi.
3.Talabalar Ven texnologiyasi bo‘yicha ishlaydilar:
1-doiraga sinfda o‘qish metodikasi,2-doiraga STO‘ metodikasining o‘ziga xos tomonlarini,doiralalar tutashgan joyga har ikkala darsga xos bo‘lgan metodik jihatlarni yozadilar.Ish natijasi o‘qilib eshittiriladi.
4. Talabalarning Boshlang‘ich bosqich STO‘ darslari rejalari muhokama qilinadi va quyidagi jadval tavsiya qilinadi.(4-ilova.)
5. «Klaster» metodi.Sinfdan tashqari o‘qish yuzasidan «Klaster» hosil qilish topshiriq qilib beriladi.
6. Mustaqil ish. Talabalar STO‘ning asosiy bosqich uchun tanlab kelgan badiiy asarlari yuzasidan kichik maqola tayyorlaydilar.
7. Ven diagrammasiga quyidagi topshiriqni bajarish aytiladi.
1-doiraga yangi mavzu o‘rganiladigan dars qurilishi, 2-doiraga umumlashtiruvchi darsning qurilishi, doiralar tutashgan joyga har ikkala darsdagi umumiy metodik ishlar yoziladi.
8. Minidars uyushtirish. Har bir guruh talabalari tayyorlab kelgan dars ishlanmalarini o‘zaro muhokama qilib, bir darsni ko‘rsatib beradilar. Bunda guruhdagi har bir a’zo ishtirok etishi shart. Eshitilgan dars boshqa guruh a’zolari tomonidan tahlil qilinadi. O‘qituvchi talabalarning fikrlarini umumlashtiradi, xulosalaydi.
|
|
4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)
|
Talabalarning ishlari yig’ib olinadi. Mashg‘ulotda qatnashgan talabalarga reyting ballari qo‘yilib, mashg‘ulot yakunlanadi.
|
|