Chirchiq davlat pedagogika instituti


O’quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga o’z so’zlari bilan javob berishi



Download 2,69 Mb.
bet136/364
Sana31.12.2021
Hajmi2,69 Mb.
#217611
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   364
Bog'liq
umk

2. O’quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga o’z so’zlari bilan javob berishi. Mashqning bu turi o’quvchilarda o’qilganlar yuzasidan muhokama yuritish ko’nikmasini o’stirishga, asarda qatnashuvchi qahramonlarni baholashga, muallif tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan asar g‘oyasi o’rtasidagi bog‘lanishni aniqlashga imkon beradi. Ishning bu turida beriladigan savollar ma’lum maqsadga yo’naltirilgan va muayyan izchillikda bo’lishi, o’quvchilarni mustaqil fikrlashga undashi lozim. Boshlang‘ich sinf o’qish darslarida savol va topshiriqlar qaysi maqsadga yo’naltirilganiga ko’ra quyidagicha tasnif qilinadi:

1. Asar mazmunini o’zlashtirish va qayta hikoyalashga doir savol- topshiriqlar.

2. Asar tilini o’rganish va o’zlashtirishga doir savol-topshiriqlar.

Sabab-natija tarzidagi savollardan ham foydalaniladi. Agar o’qituvchi asar g‘oyasini tushunishda o’quvchilarga yordam berishni ko’zda tutsa, savol sabab-natija tarzida bo’ladi. Anvar Obidjonning “Odobli bo’lish osonmi?” ertagi (4-sinf) g‘oyasi o’quvchilarni salomlashish odobi bilan tanishtirish, ularda muomala madaniyatini tarbiyalashdir. Ertakdagi asosiy fikrni aniqlash uchun o’qituvchi “Anvar Obidjon aytmoqchi bo’lgan salom berish mavridlarini o’z so’zingiz bilan aytib bering”, “Nima uchun echki sichqonga nasihat qildi?”, ”Toshbaqaning sichqoncha haqidagi fikrini gapirib bering” kabi savol-topshiriqlardan foydalanishi mumkin. Qambar O’taevning “Non qaerdan keladi?” (4-sinf) she’ri asosida esa “Non nima? Uni ta’riflang”, “Non qaerdan kelar ekan?”, “Nonni nima uchun qadrlash kerak?” kabi savol-topshiriqlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi.

Boshlang‘ich sinflarda savol-topshiriqlarga javob berishga katta o’rin berilgan. O’qituvchining vazifasi ana shu savol-topshiriqlar ustida ishlash usullarini oldindan belgilab olishdir. Ijodiy xarakterdagi savollar o’quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. 4-sinf «O’qish» kitobidan o’rin olgan «Qodir bilan Sobir» matni yuzasidan o’quvchilarni o’z fikrini aytishga undovchi «Sobir o’qishdan kechikish sababini ochiq aytib to’g‘ri qildimi?», «Uning o’rnida siz bo’lganingizda nima qilardingiz?» kabi savollar o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini, og‘zaki nutqini o’stiradi va matnni yaxshi o’zlashtirishlariga yordam beradi. Asardagi voqealar tizimiga oid savol-topshiriqlar tuzish va undan tahlil jarayonida ijodiy foydalanish ham kata ahamiyatga ega. Masalan, 4-sinf “O’qish kitobi”dagi Qudrat Hikmatning “Bahor” she’ri asosida “She’rda dastlab nimalar haqida gapiriladi?”, “She’rdagi fikr yuritilgan narsalarni ketma-ket aytib bering”, “Shoir bahorni tasvirlashda qanday tasvir usullaridan foydalangan?” kabi savol-topshiriqlardan foydalanish o’quvchilar faolligi oshiradi.

Savol-topshiriqlar ustida jamoa, juft va yakka tartibda ishlash mumkin.




Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish