Chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 29,42 Mb.
bet3/138
Sana30.12.2021
Hajmi29,42 Mb.
#94235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Bog'liq
geologiya-maruza-matni

Geologiya fani tarixidan

Geologiya fan sifatida bundan 200 yil ilgari vujudga kelgan. Lekin Yer, geologiyaga oid hodisalar, foydali qazilmalar haqidagi tajribaga asoslangan ma’lumotlar kishilik jamiyatining boshlang‘ich davri — ibtidoiy jamoa tuzumidan boshlanadi. Tajribaga, aniq ma’lumotga asoslangan birinchi geologiyaga oid tushunchalar uzoq o‘tmishdagi kishilar ongida ularning tabiiy boyliklarga bo‘lgan ehtiyojidan va ularni ishlatish jarayonida vujudga kelgan. Haqiqatan ham uzoq o‘tmishdagi odamlar tog‘ jinslari va minerallardan avvalo tosh asrida sodda qurollar, buyumlar yasab foydalanganliklari bizga ma’lum. Keyinroq bronza va temir asrlarida kishilar mis, qalayi, qo‘rg‘oshin, oltin, kumush va temir rudalarini jamiyat taraqqiyotining talablariga muvofiq ishlata boshlaganlar.

Kishilarning ongini turli geologiyaga oid jarayonlar, masalan, daxshatli zilzila va vulqon otilishi jarayonlari o‘ziga jalb etib kelgan. Bular haqidagi qadimiy odamlarning afsonaviy fikrlari, hikoyalarda va ba’zi rivoyatlarda uchraydi.

Geograflar, geodezistlar va geomorfologlar yer ustki qismining shaklini, relefini o‘rganadilar. Biologlar esa, yerdagi hayotniyerning hayvon va o‘simliklar rivojlanadigan qismini biosferani o‘rganadilar. Tuproqshunoslar yerning tirik organizmlar rivojlanadigan ustki tuproq qatlamini tekshiradi.

qurilish ishlaridagi mutaxassislar Yerni qurilish asosi va materiali, ya’ni uni qurilish manbai deb qisoblaydilar. Yuqorida qayd etilgan fan sohalari yerning faqat ustki qatlamlarida sodir bo‘layotgan voqea hodisalarning rivojlanishi o‘zgarishinigina tekshiradilar.

Geologiya fani esa, yerning ustki qismini o‘rganishi bilan bir qatorda uning ichki qismini va undagi mavjud hodisalarining rivojlanish qonuniyatlarini ham o‘rganadi. Geologlar yerga turli mineral va tog‘ jinslaridan tarkib topgan va doimo o‘zgarib tuzuvchi sharsimon fizik jism deb qaraydilar.

Yer po‘sti neorganik qismining paydo bo‘lishi va rivojlanishi hayvon va o‘simliklarning hayoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ularni o‘rganishda yer qatlamlari orasida saqlanib qolgan tamg‘alargina yordam beradi.

Shunday qilib, geologiya fani yer haqidagi maxsus fan bo‘lib, u yer qatlamlari tarkibining tuzilishini va rivojlanish tarixini tekshiradi. Bu masalalarning o‘rganiladigan hajmi va miqdori juda katta bo‘lganligi uchun geologiya fani bir necha maxsus fanlarga bo‘linib ularning har biri geologiyaning o‘ziga hos sohalari bilan shug‘ullanadi.

Yerning kimyoviy tarkibini mineralogiya (minerallar haqidagi fan) va kristallaografiya (kristallar haqidagi fan), petrografiya (tog‘ jinslari haqidagi fan) geoximiya ( yer kimyosini o‘rganuvchi fan), paleontologiya (qadimgi organizmlarning tosh qotgan qoldiqlari haqidagi fan), tuproqshunoslik (tuproq haqidagi fan) foydali qazilmalar geologiyasi

(mineral hom ashyolarni o‘rganuvchi fan), gidrogeologiya (er osti suvlari qaqidagi fan) va boshqa fanlar o‘rganadi. Yer yuzasining shakllari ularning paydo bo‘lishi rivojlanishi va taraqqiyotini geomorfologiya fani o‘rgatadi. Bu fan geologiya bilan geografiyani bir-biriga bog‘laydi. Yer sharining ustki shaklini geografiyaning bir qismi bo‘lgan geodeziya tekshirsa , uning fizik xususiyatlarini geofizika, yerning yoshi va qatlamlar munosabatini stratigrafiya, yerning ichki va tog‘ hosil qiluvchi harakatlarini geotektonika va strukturali geologiya o‘rganadi.

Umumiy geologiya kursida yerning moddiy tarkibi va tuzilishi haqidagi yuqorida ko‘rsatilgan fanlar odatda fizik geologiya degan sohaga birlashtirilgan. Dinamik geologiya yer po‘stini o‘zgartiruvchi va tog‘ jinslarini hosil qiluvchi (litogenez) jarayon bilan shug‘ullanadi. Nazariy geologiya, geologik razvedka ishlari yer po‘stini geofizik usullar yordamida tekshrish, neft qidirish geologiyasi, muxandislik geologiyasi (geologiyaning qurilishlarda qo‘llanilishi), qarbiy geologiya va boshqa amaliy geologiya fanlari bilan bog‘liqdir.

qazilma boyliklarni qazib chiqarish haqidagi birinchi geologik va geografik tushunchalar qadim zamonlardan beri mavjud. Arxeologiya fani odamlar eng oldin tosh qurollar ishlatganligini qadimgi topilmalarga asosan o‘sha davrlar ( neolit)da yasalgan buyumlardan isbot qildi. Odamlar keyinroq mis, qo‘rg‘oshin, qalay, kumush, oltin, undan keyin esa, temir rudasi bilan tanishadilar, asta-sekin mineral va tog‘ jinslari - yantar, lazurit, feruza va boshqalardan ziynat buyumlari yasay boshlaganlar.

qulchilik davrdagi geologik bilimlar, bu davr kishilarining tabiat xodisalari, yer tuzilishi va qazilma boyliklar to‘g‘risidagi tushunchalari juda ham sodda bo‘lib, ularda din ta’siri kuchli edi.

Yer haqidagi yozma ma’lumotlar dastlab vaviloniya davridangina boshlangan. Dunyoning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi dastlabki rivoyatlar Mesopotamiya va Xaldeya shaharlarida topilgan gildan yasalgan doskaga yozib qoldirilgan.

Vavilonlarning dunyoni paydo bo‘lishi haqidagi rivoyatlari qadimgi yaxudiylar bibliyasiga xristian va musulmon dinining “muqaddas” kitoblariga ham kirib qoldi.

Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi tabiiy bilimlarning rivojlanishi uchun moddiy baza yaratdi, tabiiy bilimlar Xitoy, Gresiya, Rim, Eron, O‘rta Osiyo davlatlarida ( Xorazmda, So‘g‘diyonada) nisbatan yuksaldi.

Tahminan eramizdan avvalgi XX-XIX asrlarda Xitoyda kollektiv bo‘lib yozilgan “San Xey Din” tog‘ va dengizlar haqidagi qadimgi rivoyatlar degan to‘plam tuzila boshlangan. Oldinroq uning ayrim qismlari suyak, yog‘och, nefritdan qilingan taxtalarga yozilgan. Keyingi asrlarda unga qo‘shimchalar kiritilib turilgan “San Xey Din” ning so‘nggi nusxasini yaratilishi eramizdan avvalgi 400 yillarga to‘g‘ri keladi.

Bu qo‘lyozmada 17 ta mineral; oltin, kumush, qalay, mis, temir, magnetit, kuprit, aragonit, realgar, yashma, nefrit va boshqalar haqida ma’lumotlar berilgan.

Yaponiya va Sharqiy Xitoy dengizlari orollarida tez-tez bo‘lib turadigan zilzilalar yerli aholini juda qiziqtirdi va bu xodisani o‘rganish uchun 132- yilda Chjan Xen eng oddiy seysmograf ixtiro qildi.

Qadimgi greklar Yerni tekis doira shaklida atrofi suv bilan o‘ralgan jism deb tushunganlar. Lekin sinfiy kurashlar natijasida Gresiyada materialistik ilmiy tushunchalarga ega bo‘lgan olimlar ham otilib chiqdilar. Ular dunyoning tuzilishi va tabiat xodisalari haqidagi to‘g‘ri fikrlarni qo‘rqmay aytdilar. Bu olimlar Fales (eramizdan avvalgi VII-VI asrlar) Geraklit (eramizdan avvalgi VI asr), Demokrit (eramizdan avvalgi V-IV asrlar), Empedokl (eramizdan avvalgi V asr) va boshqalar bo‘lib ular tabiatdagi hamma xodisa va voqealarning sabablarini xudoga emas balki tabiatdagi moddiy kuchlarga uning o‘ziga hos qonuniyatlarga bog‘lab tushuntirdilar. Bu qarashlar diniy qarashlarga butunlay zid bo‘lib, o‘sha vaqtda qurila boshlagan ilm-fanning ulug‘ binosiga qo‘yilgan birinchi g‘isht edi.

Bu davr vakillaridan biri Anaksimondir, u (er,av. 611-547 y.m.) birinchi bo‘lib yerning rivojlanishi tarixida hamma organizmlar suvda paydo bo‘lganligi va dunyoning abadiy ekanligi haqida o‘z fikrini bayon etgan.

Gerodot (eramizdan avvalgi 484-466 yillar )Misr yerining paydo bo‘lishi tarixini yozgan. U Misrning O‘rta dengizning o‘tmishda Efiopiyagacha cho‘zilgan va keyingi vaqtlarda quruqlikka aylangan qo‘ltig‘i ekanligini shu yerdagi tog‘larda topilgan dengiz chig‘anoqlari va qoldiqlari hamda boshqa faktlar bilan isbotlab bergan. Grek olimi Arastu ( eramizdan avvalgi 384-322 y.y.) geologiya fanlarini rivojlantirishiga o‘z xissasini qo‘shdi.

Mashxur geograf Strabon quruqlikda dengiz chig‘anoqlarining topilish sabablarini tushuntirib, yerning dengiz tagidagi qismi harakat qilib turishini - uning ko‘tarilishi va cho‘kishini natijasida orollar xatto materiklarning hosil bo‘lishini ko‘rsatib o‘tgan. Sitsiliya bir zamonlar Italiya bilan bir -biridan ajralgan deydi. Strabon bu yerdagi vulqon harakatlari yer po‘stinining tik harakat qilishining natijasi deb tushuntirgan.

A leksandriya olimlari astronomiyani - osmon jinslari haqidagi fanni ancha taraqqiy ettirdilar. Aristarx Samosskiy (eramizdan avvalgi 320-250 y.y.) quyosh va Oyning kattaligini o‘lchashga uringanlar, dunyoning markazi Yer emas balki quyoshdir, Yer quyosh atrofidan aylanadi, deb taxmin qilganlar. Ularning qarashlari Nikolay Kopernik g‘oyasidan XVIII asr oldin bayon etilgan.



Абу Райҳон Беруний, геоморфологиянинг отаси


Abu Rayxon Beruniy (979 - 1048 yillar) o‘zining arab tilida yozgan bir qator asarlarida Yer, mineral, ma’danlar, geologik jarayonlar to‘g‘risida juda ajoyib fikrlarni aytib o‘tadi.

U yerning dumaloqligiga ishonish bilan birga uning kattaligini ham birinchilar qatorida o‘lchaydi. Uning astranomik traktatidagi sxematik xaritasi Beruniyning eski dunyoni yaxshi bilganligidan habar beradi. U bu sohada arab geograflaridan oldinda turgan. Beruniy o‘sha vaqtdagi o‘zining xaritasiga afsonaviy mamlakatlar va Kaspiy mamlakatlarini joylashtirmaydi, balki Xorazm va Xindistonning geologiyasini tiklashga o‘rinib, oqar suvlar faoliyati qaqidagi ilmiy fikrlarni chiroyli qilib tasvirlab beradi.

Beruniy ayrim olimlarning xudoning hohishi bilan ariqdagi suv orqaga qarab oqishi mumkin, degan noto‘g‘ri fikrlarni fosh etib suv oqimining asl ma’nosini yechib va u tabiat qonunlariga mos jarayon ekanligini tasdiqlab beradi.

Uning fikricha, suv markazga intilish kuchiga ega, binobarin u pasdan yuqoriga oqa olmaydi. Agar suv tog‘ bag‘ridan buloq yoki yer tagidan yuqoriga fantan bo‘lib oqar ekan, uni Beruniy yer ostidagi bosim kuchiga bog‘lab tushuntirgan. Daryo yotqiziqlari haqida esa Beruniy o‘zining “Aholi yashaydigan yerlar orasidagi masofalarning oxirgi chegarasini aniqlash” degan asarida bunday deydi: “Kimki bu xaqda fikr yuritar ekan u shunday xulosaga keladi: tosh va shag‘allar qamda mayda zarrachalar turli kuch ta’siri tog‘dan ajraladi: keyin ular uzoq vaqt davomida suv va shamol kuchi tufayli qirralari sinib silliqlashadi, qamda yumaloq shaklga kiradi. Ulardan o‘z navbatida mayda donachalar-qum va changlar paydo bo‘ladi.Agar bu shag‘allar daryo o‘zanida to‘plansa orasiga gil va qum kirib bir butun “hamirga” aylanadi. Vaqtning o‘tishi bilan aralashgan narsalar suv tagida ko‘milib ketadi.

Agar biz ana shunday dumaloq toshlardan tashkil topgan tog‘larni uchratsak ular albatta yuqorida yozgaimizdek paydo bo‘lgan desak bo‘ladi. Ular yer ustida yoki qatlamlar orasida uchrashi mumkin. Bunday jarayon uzoq vaqtni talab etadi va bizning tasavvurimizdan tashqaridagi doimiy o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘langan xolatda yuz beradi”. (Abu Rayhon Beruniy - A.M. Beleniskiy, Leningrad universiteti nashri 1949, 207).

Beruniy bu mulohazalarida XVIII asrda M.V. Lomonosov XIX asrda Lyayell tomonidan alohida kashf etilgan aktualizm g‘oyalarini birinchilar qatorida bayon etgan. Shu asarda Beruniy yana bunday deydi: “Dengiz o‘rni uning quruqlik o‘rni esa dengiz bilan almashadi”.

Beruniy XI asr boshlarida birinchi bo‘lib daryo o‘zanlarida cho‘kindilar katta-kichikligining suv oqimi tezligiga qarab o‘zgarishi qonuniyatlarini yaratganligini, bu qonuniyatlarning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini so‘nggi yillarda, ishlab chiqilgan cho‘kindi hosil bo‘lishining uch bosqichi V.I. Popovning fatsial paragenetik mintaqalariga mos keladi.
Beruniy o‘zining “Mineralogiya” degan asarida (IV asrning birinchi yarimi) minerallar haqida chuqur va aniq ilmiy ma’lumotlar bergan. Minerallarni aniqlash va tasniflashda Beruniy faqat ularning rangi va tiniqligini emas, balki qattiqligi va solishtirma og‘irligidan ham foydalangan.

B eruniyning zamondoshi buyuk olim tabiatshunos va faylasuv Abu Ali Ibn Sino (980-1037) qam geologiya fanining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Ibn Sinoning geologik dunyoqarashlari uning ilmiy qomusi - “Ashshifo” ( qalbni davolash) degan kitobining “Tabiat” degan bo‘limida yoritilgan.

Ibn Sinoning toshlarning paydo bo‘lishida zilzila va tog‘ qulashlari yerlarning o‘pirilishi katta rol o‘ynashini hayvon va o‘simliklarning toshga aylanishini ko‘rsatuvchi ajoyib fikrlari bor. Ibn Sino tomonidan temir va tosh materiallarning paydo bo‘lishi xaqida aytilgan fikrlari juda qiziqarlidir. Ibn Sino hozirgi aholi yashaydigan o‘lkalar o‘tmishda hayotsiz yerlar va dengiz osti bo‘lgan degan progressiv fikrlarni ilgari surdi. Mashhur ozarbayjon matematigi- astronomi Muhammad Nasriddin tabiatshunoslik sohasidagi juda ko‘p ishlari bilan birga minerallar haqida “Javohirnoma” degan asarni yaratdi. Bu asarda 34-mineral: zumrad; l’al, shpinel, feruza, azurit, agat, yashma va boshqa minerallar tasvirlangan. Ularning fizik hossalari - rangi, yaltiroqligi, qattiqligi solishtirma og‘irligi, tiniqligi, mo‘rtligi batafsil bayon etilgan.Ibn Sino va Beruniyning mineralogiya traktatlaridan keyin Muqammad Nasriddin asari o‘z zamondoshlarining aytganlarini takrorlagan qimmatli ilmiy ma’lumotlar bilan to‘lgan birdan-bir asar bo‘ldi.

1 445 yilda polyak olimi N.Kopernik “Osmon jinslarining aylanishi to‘g‘risida” nomli asarida Yer o‘z o‘qi atrofida va boshqa planetalar bilan esa, birgalikda quyosh atrofida aylanishini isbot etdi. Mirzo Ulug‘bekning matematika va astronomiya fanlarining taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi cheksizdir. U osmon jismlari tarqalish qonuniyatini, harakatini, sonini aniqlash masalalarini to‘g‘ri talqin qilib bergan buyuk olimdir.

Rus olimi M.V.Lomonosov geologiya faniga ulkan xissa qo‘shgan. Uning “Er qatlamlari haqida” asari juda katta ahamiyatga ega. V.M.Severgin “Mineralogiya lug‘ati” ni yaratdi. XVIII - asr oxirlarida Jems Smit stratigrafiya va paleontologiyaga asos soldi.

Ingliz olimi Ch.Layell “Geologiya asoslari” degan kapital asarida aktualizm uslubini asoslab berdi.

Fransuz olimi Eli-de-Bomon Yerning tektonik yo‘l bilan paydo bo‘lishi haqidagi kontraksiya gipotezasini yaratdi.

XIX asrning oxirlarida O‘rta osiyo geologiyasini yaxshi o‘rgangan buyuk rus olimlari I.V. Mushketov, G.D.Romonovskiylar Turkistonning birinchi geologik xaritasini tuzganlar. O‘zbekistonni geologiyasini o‘rganish 1950- yillaridan keyin nihoyat rivojlanib, uning behosob yer osti boyliklari birin-ketin qidirib topila boshladi.

Mashhur o‘zbek geolog olimlaridan X.M.Abdullaevning nomini uning asarlarini aloxida ta’kidlab o‘tish joizdir. Ma’danlarning intruziyalar bilan genetik bog‘liqligi” Daykalar va ma’danlanish”, “O‘rta Osiyoda magmatizm va ma’danlanish” kabi asarlar foydali qazilmalarni qidirishda asosiy qo‘llanmalar hisoblanadi.

Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi sohasida /.A.Mavlonov, litologiya sohasida O.M. Akramxo‘jaev, V.I.Popov, petrografiya sohasida I.K. Xamraboev, T.N.Dolimov tektonika sohasida O.M. Borisov, M.O. Axmadjonov kabi yirik olimlarning nomini qayd etish va ularning O‘zbekiston Respublikasi yer osti boyliklarini qidirib topish borasidagi ishlari alohida e’tiborga sazovordir.

O‘zbekistonda qazilma boyliklarining ko‘pligi jixatdan dunyo mamlakatlari ichida eng yuqori o‘rinlardan birida turadi. Bunda o‘zbek geolog olimlarining hissalari salmoqli o‘rinni egallaydi.


Download 29,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish