Ordovik geologik davri va uning poleogeografiyasi
Ordovik so‘zi qadimiy vaqtda UELS viloyatida yashagan (Buyuk Britaniya) ordoviklar qabilasi nomiga qo‘yilgan. Ordovik davrini 1879-yilda Angliya geologi Ch.Lapvort aniqlagan. Bu davr 490 mln. yil burun boshlanib, 435 mln. yil avvali tugagan. Davom etgan yili 55 mln. yil bo‘lib chiqadi.
Organik dunyosi
Ordovik davrining organik dunyosi ham asosan suv xavzalaridagi umurtqasiz hayvonot olamini tashkil etadi. Bularning soni va avlodlarining xillari Kembriy davrdan o‘tib, ordovik davrida yana rivojlana boradi. Bular orasida skeleti karbonat moddasidan iborat: sromatoporatlar, tabulyatorlar, geliolitoideya, rugoza, ignatanlilar (dengiz nilufarlari, dengiz ko‘piksimonlari), qulfli braxiapodalar (artidlar, srofomenidlar), rinxonella penta-meridlar ko‘paygan davr bo‘lgan.
Ordovik davrida yashagan Trilobitlar Kembriy davridagiga nisbatan ancha rivojlangan – tana qismi, bosh qismi va dumlari qimirlay boshlagan.
Mollyuskalar orasida boshoyoqli chig‘anoqli mollyuskalar keng tarqalgan, bu davrda ular dengizlarda eng vaxshiy hisoblanib, boshqa jonzodlarga qiron keltira boshlaganlar. Ular ichida endosiratoidyalar e’tiborga sazovor.
Ordovik tog‘ jinslari tarkibida eng qadimiy-ilk umurtqali jonzodlarning skeletlari topilgan. Bular baliqsimon hayvonlardir – telodontlar deb atashadi. Quruqlik satxida hayvonot olamining hech qanday belgilari hali yo‘q. Suv osti o‘simliklaridan yashil-ko‘k, yashil, qizil va qip-qizil cho‘psimon yoki ipsimon xillari topilgan. Stratigrafik ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy ordovik faunalari 23-rasmda ko‘rsatilgan.
Ordovik haqida umumiy ma’lumotlar
Poleazoy erasi davomida Yer yuzida eng katta va keng maydonalarni zabt etgan transgressiya hodisasi ordovik davrida bo‘lib o‘tgan.
Ordovik davri yotqiziqlari shimoliy yarim sharning hududlarining deyarli yarmini egallagan.
Masalan, transgressiya vaqtida va transgressiyadan so‘ng yuzaga kelgan tog‘ jinslari Xitoy platformasining 4 dan 3 qismini, Sibir platformasining 3 dan 2 qismini sharqiy Ovrupa platformasining 5 dan 2 qismini va shimoliy Amerikaning ham 5 dan 2 qismini egallaganligi aniqlandi.
Gondvana supermaterigi hududlarida transgressiya hodisasi bo‘lmagan. Ordovik davriga tegishli transgressiya hosilalari faqat Avstraliya qit’asining shimoli-sharq taraflarida uchraydi xolos.
Ordovik geologik davri davomida Kaledon tog‘ burmalanish epoxasi xamon davom etib turgan vaqt bo‘lib, bu davrning oxirida takon deb nomlangan tektonik-orogenik fazasi boshlangan.
Ordovik geologik davrining poleogeografik xaritasi 24-rasmda ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |