Yersayyorasiningrivojlanishtarixi-paleogeografiyasi.
Yerning togeologik va geologik tarixi.
Yerning togeologik (geologik jarayonlar boshlanmasdan oldin yoki «gacha” degan ma’noda) tarixi yoki davri haqida fikr yuritayotganimizda 5-6 mlrd. yil burun bo‘lib o‘tgan hodisa va voqealar haqida ilmiy farazlar, tekshirishlar natijasida olingan fikr va taxminlarga suyanishga to‘g‘ri keladi.
Sayyoramizning togeologik rivojlanish davri fazodagi kosmik materiallarning bir orbita va tekisligi bo‘ylab harakati, muayan bir joyda to‘planib joylashishi, jipslanishi, yangi-bo‘lajak sayyoraning paydo bo‘lishi uchun kosmik zarra va bo‘laklarning differensiatsiyaga dus kelishi, kontraksion jarayonning avj olishi-zichlanish, siqilish kabi vokea va hodisalarga to‘g‘ri keladi.
Bu vaqtda hech qanday haqiqiy geologik jarayonlar kechmaydigan kosmik davr hisoblanadi. Boshqacharoq tushuntiradigan bo‘lsak, Yerning na ichki qismida, na tashqida endogen, ekzogen jarayonlar hali boshlanmagan, magmatizm va vulqon portlash hodisalari bo‘lmagan, demak o‘z-o‘zidan ma’lumki minerallar, tog‘ jinslari va foydali qazilma boyliklar ham bo‘lmaydi.
Madomiki, bu togeologik davrlarda qanday voqea-hodisalar yuz berishi mumkin.
Bunday vokeq va hodisalarni tushuntirib berish maqsadida olimlarning Yer sayyorasi yoki umuman Quyosh sistemasi paydo bo‘lishi haqidagi ilmiy farazlarni eslatib o‘tish zarur. Olimlar I.Kant, P.Laplas, Djins va J.Byuffon Quyosh sistemasining, jumladan Yerning ham paydro bo‘lishi haqida yurgizilgan fikri bo‘yicha, avvalida koinotda katta tumanlik bo‘lgan. Bu tumanlikning zarralari issiq holda bo‘lib, o‘z markazining atrofida aylana boshlagan.
Aylanish harakatining tezlanishi natijasida markaz tomon to‘planish hodisasi ro‘y bergan. Bu hodisa davomida umumiy tumanlikdan ajralgan alohida bir halqa yuzaga kelgan. Halqaning ichidagi modda va zarralar keyinchalik o‘zaro o‘ralib, to‘planib yumoloqlashgan. Shuningdek, hodisa va vokealar boshqa ufqlarda ham bir qancha sayyoralar va hatto ularning yo‘ldoshlari ham paydo bo‘lgan.
Bizning misolimizda Yer va uning yo‘ldoshi Oy paydo bo‘lgan. O‘rtada qolgan olovsimon holidagi (cho‘g‘simon) tumanlikdan Quyosh paydo bo‘lgan. Planetalar asosiy markaz hisoblangan Quyosh atrofida va bir tekislik yuzasida aylanadi.
Shunday savol tug‘ilishi muqarrar, xaligi yuqorida aytib o‘tilgan tumanlik qanday paydo bo‘lgan. O‘sha tumanlik fazosida Quyoshdan bir necha mln. marotaba katta bo‘lgan Quyosh kabi yonib-porlab turgan faeton degan yulduz portlab ketgan, olovsimon zarra va bo‘laklar har tarafga yoyilib ketib tumanlikni paydo qilgan. Faeton yulduzning portlashi haqida faraz ma’lumotlari yaqin keyingi yillarda paydo bo‘ldi. Bordan yo‘q bo‘lmaydi deganlaridek.
Sayyorani bunyod etgan (Er haqida so‘z borayapti) zarra va bo‘laklar tarkibida ridioaktiv moddalar ham bo‘lgan, shundan radioaktiv yemirilish yoki bo‘lajak sayyoraning radiogen xolatiga o‘tish nazariyasi paydo bo‘ldi.
Keyingi radioaktiv reaksiyalar va ularning hosila va natijalari, endi Yerning geologik rivojlanish tarixi-davri bilan bog‘liq bo‘ladi.
Yer sayyorasi ilk bor sovuq xolatida bo‘lgan, keyinroq esa radioaktiv reaksiyalar avj olgandan so‘ng esa bir meyyorda emas, balki radioaktiv reaksiyalar sodir bo‘lgan qismida, aytishlaricha Yerning hozirgi yadrosida o‘ta qizish jarayoni xukmronlik qilgan; yadro qismidagi olovsimon massalar anashu tariqa yuzaga kelgan.
Bu faraz tushuncha tarafdorlari V.G.Fesenkov, O.Yu.Shmidt, B.Yu.Levin, A.P. Vinogradov, G.V. Votkevich va boshqalardir.
Mutaxassis olimlarning ilmiy ma’lumotlarini taxlil etib ko‘rsak, juda qadimiy vaqtlarda Yerda radioaktiv mineral xom-ashyolarning miqdori nisbatan ko‘p bo‘lgan ekan.
Vaqt o‘tishi bilan radioaktiv xom-ashyolarningparchalanib ketishi tufayli, ularning miqdori kamayib boravergan va natijada hozirgi zamon zahirasi darajasiga yetib kelgan, bu zahiralar Yer po‘sti tarkibida minerall ma’danlar xolatida saqlanib qolgan.
Masalan, bundan taxminan 4.5 mlrd. yil burun Uran-238 izotopining zahirasi shu kunga nisbatan 2 marotaba ko‘p bo‘lgan. Bundan tashqari avvalgi qadimiy geologik davrlarda, hozircha bizga noma’lum bo‘lgan – “Uzoq vaqtlar mobaynida emas, balki tezda radioaktiv tarzda parchalanib so‘nadigan” izotop xom-ashyolar mavjudligi ma’lum bo‘lmoqda. Ularning parchalanish davri nisbatan qisqa 10 mln. yildan tortib, to 1 mlrd. yilgacha davom etgan. Yerning yoshi esa 6 mlrd. yil deb tan olinmoqda.
Bu radioaktiv izotoplar qatorida qanday elementlar (unsurlar) bo‘lishi mumkin?
Kaliyni sun’iy yoki tabiiy ravishda atomlarini barbardimon qilinsa K40, argondan Ar40, S (karbon)-dan S12 va S40, So (kobalt) hisobidan So-radioaktiv izotopi, N hisobidan, vodorod radioaktiv xili paydo bo‘ladi. Keltirilgan misollarga dalil sifatida shu kunlarda uran izotopining atomini parchalatib plutoniy-yangi urandan ham kuchli ralioaktiv metall-element ishlab chiqarilmoqda.
Demak, yuqorida qayd etilgan bir elementning parchalanishi hisobidan ikkinchi izotopning paydo bo‘lishi Yer yadrosi va mantiya ufqlarida kechishi haqiqatga to‘g‘ri bo‘lib chiqayapti.
Bizga anashu hodisa ma’lumki Yerning ichki kesimi konsentrik tuzilishiga ega;. Bunday tuzilish-geosfera deb ataladi.
Geosferaning yuzaga kelishiga asosiy sabab: Sayyora tarkibidagi moddalarning differensiatsiyaga uchrashish jarayonidir, ya’ni moddalarning almashtirma og‘irliklari va kimyoviy xossalari bo‘yicha o‘ziga xos va mos joylarni-ufqlarni tanlab olish, taqsimlanishidir.
Masalan, og‘ir elementlarning pastki ufqlarga intilib joylashishi va aksincha yengil elementlarning yuqori ufqlar tomon harakatlanishi yaqqol misol bo‘laoladi.
Shuning uchun ham bo‘lsa kerak, ko‘pchilik geoximik-mineralog olimlarEr mantiyasining ichki-pastki ufqlarida elementlar-metallar o‘z solishtirma og‘irliklariga bo‘ysingan xolda navbatma-navbat-qatlam-qatlam tarkibda joylashgan, degan farazlarni ilmiy xodimlar muhokamasiga taqdim etganlar.
Masalan, eng og‘ir metall-element platina-solishtirma og‘irligi-21; oltin-15-19gacha (oltin qanchalik sof toza bo‘lsa, uning og‘irligi shunchalik ortib boradi), kumushniki 10-11, temirniki 7-8, misniki 8-9, qo‘rg‘oshinniki 7-8, volframniki 7-7.5, qalayi- 6-7, bariyniki 4-5, olmos- 3.5, kvarsniki 2-3 va x.k.
Agar Yer bag‘rida kechadigan diferensiatsiya qonuniyati haqiqatdan ham to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, unda yuqorida keltirilgan metall-elementlar o‘sha solishtirma og‘irliklari tartibida joylashgan bo‘lishi kerak. Biroq bu muammoni hozirgi kunda yechib hal qilib berish juda mashaqqat, chunki hozirgi yillardagi qazilayotgan chuqur , o‘ta chuqur burg‘ulash quduqlarining chuqurligi endi 16 km masofagacha borib yetdi. Bunday o‘ta chuqur burg‘ulash ishlari Kola yarim orolida, Alsheron yarim orolida, Markaziy Sibir o‘lkasida, AQShdagi Arkanzas, Texas, Oklaxoma shtatlarida ishlab turibdi, ammo lekin bu chuqurliklarda (15-16km) hozircha metall-elementlarning solishtirma og‘irliklari tartibi bo‘yicha joylashish sharoitlari aniqlanganicha yo‘q, sulfidlarni tashkil etuvchi ko‘pchilik mineralar (8500-9000-10.112 metrlar chamasida) eritma xolida bo‘lishi aniqlandi, harorat ilgari vaqtda taxmin qilingan harorat gradienti tasdiqlanmadi, aksincha harorat kutilgandan darajadan bir qancha yuz marotaba oshib ketdi. Balki metall va nometall elementning va ular birkmalarining navbatma-navbat yokiketma-ket joylashishi keyinroq chuqurroq ufqlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Buni albatta kelajak burg‘ulash ishlari natijalari aniqlashi mumkin. Yer po‘sti yuqori qismlarida avvaliga (quyi qismida) silikat moddalar, keyin esa alyumo-silikatlar qavatlari joylashish fazalari ham hozircha tasdiqlanganicha yo‘q.
Yuqorida aytib o‘tilgan ufqlardja metall va nometall moddalardan tashqari, ular orasida radioaktiv minerallar, elementlar va ularning izotoplari birgalikda muayan muhitlarda assimilyatsion, diffuzion hamda o‘zaro modda almashuv jarayonlar o‘tib bo‘lganidan so‘ng mana endi endogen geologik jarayonlar boshlanib, Yer po‘stida, mantiyasida haqiqiy geologik rivojlanish davri yuzaga keladi.
Yerning gelogik rivojlanish tarixida geotemirlik omillar ham o‘z ta’sir kuchini ko‘rsatadilar.
Geotermiya yoki geotermika- Yerning harorati haqidagi bilim. Shunga ko‘ra, Yer yuzini quyosh o‘z nurlari bilan isitib turadi. Bu issiqlik ta’siri 20-30 m. chuqurlikkacha yetib boradi; tog‘ jinslarining harorati (yuqori qismida-yuzasida) nisbatan past bo‘lganligi sababli quyoshdan tushayotgan issiqlikni tezda qabul qilib oladi.
Yer po‘stining ostki qismidan pastga tushgan sari harorat ortib boradi. Bu harorat Yer yadrosi, quyi va yuqori mantiyalaridan doimo ko‘tarilib chiqib turib, yuqorida aytilgan o‘zaro modda almashinuv hodisalariga katalizator vazifasini o‘taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |