Chirchiq davlat pedagogika instituti


Tokembriy geologik davrlarining foydali qazilma boyliklari



Download 29,42 Mb.
bet89/138
Sana30.12.2021
Hajmi29,42 Mb.
#94235
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   138
Bog'liq
geologiya-maruza-matni

Tokembriy geologik davrlarining foydali qazilma boyliklari.

Foydali qazilma boyliklarining hosil bo‘lishi. Yer sayyorasining geologik rivojlanishi tarixidagi tabiiy va ajratib bo‘lmaydigan jarayon va voqealardir. Shuning uchun ham har bir geologik era va uning davrlarida xox cho‘kindi jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lsin, xox magmatik jarayonlar bilan yuzaga kelgan bo‘lsin bir-birovlaridan genetik farq qiladigan qazilma boyliklar hosil bo‘lishi aniqlangan. Demak, Arxey va proterozoy eraldarida hosil bo‘lgan qazilma boyliklar ham boshqa eralardan konlarning genetik xili, uning zaxiralari, kimyoviy va mineralogik tarkiblari, geografik tarqalib joylashishi va x.q. bilan ajralib turadi.

Shuni ham ta’kidlab o‘tish zarurki, u yoki bu genetik xildagi konlar arxey erasiga ta’luqli yoki bo‘lmasa mana bu konlar proterozoy erasida hosil bo‘lgan deb aniq ayta olish juda qiyin, chunki tokembriy davrlarida hosil bo‘lgan barcha konlar kuchli metamorfizm ta’siri ostida, tektonik harakatlari natijasida, magmatizm hamda vulqon jarayonlari munosabati bilan batamom o‘zgarib ketgan. Birlamchi holatlarning xossa va xususiyatlari keskin o‘zgargan va x.k.

Bas, shunday ekan umumiy tarzda bir yo‘la tokembriy qazilma boyliklari to‘g‘risida so‘z yuritamiz.

Ushbu sarlavhada yana, navbatdagi hamma o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lgan fikrlarni uqtirib o‘tishni lozim topdik.

Hozirgi vaqtda Yer sayyorasining mutloq yoshini 5.5-5.7 hatto 6 mlrd. yil deb hisoblayotirlar.

Agar, Yerning shu mutloq yoshini 100% deb qabul qilsak, shundan 85%ga to‘g‘ri keladigan fizik-geografik va geologik tarix o‘z o‘rnini olgan.

Bu tarix qatog‘iga Katarxey, Arxey va Proterozoy eralariga kiradi; bu degan so‘z kriptozoy eoni Yer rivojlanish tarixining 85%ni ishg‘ol qilgan. Qolgan 15% geologik tarixning rivojlanishi paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralariga ya’ni fanerozoy eoniga to‘g‘ri kelyapti.

15%li rivojlanish tarixni nisbiy arifmetik yilga aylantirsak fanerozoy eoni nisbatan juda qisqa-570 mln.yil (geologik vaqt nazarda tutiladi) burun boshlangan xolos.

Tokembriy davrlarida sayyoramizda uchraydigan temir konlari zaxirasining 90% (dunyo temir ma’dani qazib chiqarishning 65%zi),titan konlari ham shunday, oltin konlarining 70%, uran va nikel konlari ham shunday, mis va marganesning 25%, muskovit va flogopit (izolyatsiya xom-ashyo) konlarining 100% hosil bo‘lgan.



Hozirgi kunlardagi ma’lumotlarga ko’ra, eng qadimgi tog’ jinslarining xosil bo'lganiga 3,8 mlrd yil bo'lgan. Ko’pgina meteoritlarning yoshi esa 4,55 mlrd yil. Quyosh tizimining yoshini ko'pchilik 5 mlrd yil atroflarida xisoblashadi. Amaliyotda geologlarning ko'pchiligini tog’ jinslarining aniq yillar bilan ifodalangan izotop yoshidan ko’ra ularning nisbiy yoshi ko’proq qiziqtiradi. Qatlamlanish ketma - ketligi qonuniyatiga ko'ra qari tog’ jinslari qatlamlari eng pastda, qatlamlarning asosida yotadi. Bu qoida, burmalangan, uzilmalarga uchragan qatlamlar uchun xam o'z kuchini saqlaydi, lekin u xolda katlamlarning boshlang’ich xolatini strukturasi va teksturasiga, fatsial belgilariga asosan tiklash zarur bo'ladi. Bu fundamental qonuniyat 1669 yilda Steno tomonidan kiritilgan.

Yerining yoshini yillar bilan ifodalab berishga qilingan urinishlar absolyut geoxrologiya deb nom olgan.

Geologik yil xisobining yana bir usuli bor. U shundan iboratki, Yer tarixini organik dunyoning taraqqiyotiga qarab bo'ladilar. Organik qoldiqlarni o'rganish shuni ko'rsatadiki, qazilma holda uchraydigan formalar asta-sekin bir-birlari bilan almashib turgan, shu bilan birga organizmlar progressiv taraqqiyot yo'lida muayyan jarayondan o'tgan. Eng qadimgi qatlamlarda yuqori tipdagi hayvonlar va o'simliklarning vakillari bo'lmagan holda, juda sodda organizmlarni uchratamiz. Organizmlarning formalari asta-sekin mukammallashib borgan va yangilari bilan almashinib turgan. Shunday qilib, bu formalarning ma’lum almashinishini va demak, ularga muvofiq keladigan Yer tarixi bo'laklarini ham aniqlash imkoniyati tug’ildi.

**Bu usul bilan aniqlanadigan nisbiy geologik xronologiyada birlik sifatida era va eraning bulaklari qilib davrlar qabul qilingan. Davr o'z navbatida bir necha mayda bo'laklarga bo'linadi. Ma’lum bir era davomida hosil bo'lgan cho'kindilar qatlami gruppa va ma’lum bir davr davomida hosil bo'lgan cho'kindilar qatlami esa, sistema deyiladi.

Ma’lumki 5 ta era bor:

  1. Arxey erasi. bu erada Yerda hali hayvon organizmlari ham, o'simlik
    organizmlari bo'lmagan.


  2. Proterozoy erasi, bu erada bizgacha qoldiqlari juda kam saqlanib
    qolgan eng sodda organizmlar paydo bo’lgan.


  3. Paleozoy erasida quyi o'simlik va hayvon tiplari paydo bo’lgan.

  4. Mezazoy erasi, unda hozirgilardan juda kam farq qiladigan, lekin
    ancha yuqori tuzilgan o'simlik va hayvonlar bo’lgan.


  5. Kaynazoy erasi. bu erada o'ismlik va hayvonlar hozirgilarga o'xshash
    bo’lgan.


Organik qoldiqlarni tekshirish natijasida yer qatlamlarining eng oldin paydo bo'lgani va undan keyin xosil bo'lganlari aniqlanadi va shu asosda geoxronologik shkalani o'rganish tartibi tuzildi.

Geologik yotqiziqlarning xronologik bo'linishi, vaqtlar, bo'yicha bo'linishi quyidagicha ifoda etiladi: Gruppa - era; Sistema - davr; Bo'lim - epoxa; Yarus - asr.


Download 29,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish